1. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari, funksiyalari va prinsiplari


Huquq va qonun ijodkorligi jarayonida qonunchilik va yuridik texnikaning roli


Download 45.47 Kb.
bet20/24
Sana02.01.2022
Hajmi45.47 Kb.
#190224
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Huquq ijodkorligi t

4.Huquq va qonun ijodkorligi jarayonida qonunchilik va yuridik texnikaning roli.

Yuridik texnika-bu muayyan malakatda vakolatli davlat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish,qabul qilish,rasmiylashtirish,amaldagilariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish,eskilarini bekor qilishda hamda individual yuridik hujjatlar,ya’ni huquqni qo’llash hujjatlarini qabul qilish,jarayonida foydalaniladigan uslublar,usullar,yo’llar va vositalar,shunindek,amaliy ko’nikmalar majmuidir.

Yuridik texnika deganda,keng ma’noda,fuqarolik jamiyatining boshqaruv organlari ko’zlaydigan maqsadlarni tegishli vositalar va usullar majmui orqali huquqiy normalar oqimiga molashtirish va ushbu normalarni ijro qilinishiga erishish tushuniladi.Tor ma’noda esa,yuridik texnika tushunchasi huquq tilini ishlatish,yuridik fikrlash shartlarini belgilaydigan va aniqlaydigan masalalar,yoki har-xil texnik usullar va qoidalarni qo’llash bilan chegaralanadi.

Yuridik texnikaning eng muhim talablaridan biri-har bir yaratilga normativ-huquqiy hujjat,eng avvalo,mantiqiy muntazamlikka asoslangan holda,bir-biriga bog’liq va har biri oldingi normaning mazmunidan kelib chiqadigan normalar tizimidan iborat bo’lishi kerak.Boshqacha qilib aytganda,har bir norma yaxlit bir tizimning mustaqil,biroq o’zgacha va o’zodan keyingi normalarga mazmunan bog’liq birligi sifatida joylashtirilishi lozim.

Bunda,normativ-huquqiy hujjatning biron-bir normasi boshqa normaga mazmunan zid kelmasligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.Har bir norma yagona tizimning bo’g’ini sifatida normativ hujjat yo’nalishiga mos kelishi lozim.Alohida olingan normativ-huquqiy hujjat yaxlit qonunchilik tizimidagi barcha huquqiy normalarga zid kelmasligi lozim.Shu jihatdan olganda,huquqiy tizimda o’zaro ziddiyatlar bo’lmasligiga erishish hamda huquq ijodkorligining samaradorligini oshirishda yuridik texnika muhimaahamiyatga egadir.10

O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan qonunchilik faoliyatidan kelib chiqqan holda qonunchilik texnikasiga shunday ta’rif berish mumkin:qonunchilik texnikasi-normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning huquq ijodkorligi amaliyotiga tayanuvchi va nazariy jihatdan chuqur mushohada etilgan qoidalari va usullari tizimi bo’lib,u normativ-huquqiy qoidalar shakli mazmuniga to’la va aynan muvofiq bo’lishini,normativ materialni tushunarli,oddiy hamda oson ilg’ash,kuzatib borishga imkon berishni,tartibga solinadigan masalalarni bekamu-ko’st qamrab olinishni ta’minlaydi.Qonunchilik texnikasi qoidalarini shakllantirishda tabiiy-texnikaviy fanlar huquqshunoslik ilmining yutuqlari bilan bir qatorda tilshunoslik,informatika nazariyasi kabi boshqa fanlar ham muhim manbaa bo’lib hisoblanadi.Huquqiy adabiyotlarda qonunchilik texnikasi nuqtai nazaridan normativ-huquqqiy hujjatlar loyihalariga qo’lidagan eng umumiy talablar mufassal yoritilgan.Qonunchilik texnikasi talabalri va qoidalariga amal qilish tufayli quyidagi afzalliklarga erishiladi:



  • muayyan ijtimoiy munosabatlar to’la-to’kis normativ tartibga solinadi,bu boradagi bo’sh jihatlar va huquqiy qoidalar bayonidagi kamchiliklar bartaraf etiladi;

  • huquqiy tartibga solish konkretlashadi v aaniq belgilanadi;

  • huquqiy aktga kiritilgan normativ qoidalarning mantiqiy izchilligi hamda uzviy aloqadorligi ta’minlanadi;

  • normativ akt mazmunida va butun qonunchilik tizimida qarama-qarshilik istisno etiladi,o’z ahamiyatini yo’qotgan va eskirgan hujjarlarni o’z vqtida bekor qilish imkoniyati yaratiladi;

  • bir toifa ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar soni keskin qisqaradi,normativ materialdan foydalanish,uni bir tizimga solish osonlashadi;

  • huquqiy qoidalar bayoni qat’iy va bir usulda ifoda etiladi;

  • normativ-huquqiy hujjat tilining ravon,aniq,tuishunarli bo’lishiga,huquqiy iboralarning bir ma’noda qo’llanilishi va anglanishiga erishiladi.


Download 45.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling