1. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari, funksiyalari va prinsiplari


Download 45.47 Kb.
bet16/24
Sana02.01.2022
Hajmi45.47 Kb.
#190224
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Huquq ijodkorligi t

3)Qonunni muhokama qilish-bu bosqich siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan bosqich bo’lib,uning mas’uliyatliligi shundaki,bunda qonun loyihasiga rasmiy yuridik kuch baxsh etiladi,u qonunga aylanadi.

O’zbekiston Respublikasining qonunlari ikki yo’l bilan qabul qilinadi:



birinchi-qonunning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi va Senat tomonidan ma’qullanishi;

ikkinchi-qonunni umumxalq ovoz berish(referendum) yo’li bilan qabul qilish.

Qonun loyihasiga ovoz berish uch xil shalda amalga oshiriladi:

1)moddama-modda;

2)bo’lim yoki bob bo’yicha alohida-alohida;

3)loyihaga to’laligicha ovozga qo’yiladi.

Birinchi o’qishda muhokama qoida tariqasida,mas’ul qo’mita vakilining yoki qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining yoxud uning vakilining ma’ruzasi bilan boshlanadi.Qonun loyihasi ko’rib chiqilayotganda deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan deputatlarning qonun loyihasini mohiyati bo’yicha savollariga javob qaytarish uchun vaqt ajratilishi mumkin,shundan keyin deputatlar birlashmalari,deputatlar,muhokamada ishtirok etish uchun taklif etilgan boshqa shaxslarning takliflari va mulohazalari eshitiladi.( “O’z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti”125-modda).

Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo’yicha qonun loyihasini maromiga yatkazish va keyingi o’qishda ko'rib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish muddatini belgilagan holda uni birinchi o’qishda qabul qilish yoki qonun loyihasini rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi.

Qonun loyihasining muhokamasi tugaganidan keyin qonun loyihasini birinchi o’qishda qabul qilish to’g’risidagi taklif ovozga qo’yiladi.Agar ovoz berish yakunlariga binoan qonun loyihasini birinchi o’qishda qabul qilish to’g’risidagi taklif zarur ovozlar sonini to’plamasa,qonun loyihasi qo’shimcha ovoz berish o’tkazmagan holda rad etilgan hisoblanadi.Rad etilgan qonun loyihasi keyinchalik ko’rib chiqilimaydi va u qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi.( “O’z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti”126-modda).

Muqobil qonun loyihalari kiritiliganida Qonunchilik palatasi har bir qonun loyihasi bo’yicha alohida-alohida ovoz berish orqali berish orqali ularni bir vaqtda ko’rib chiqadi.Agar alohida-alohida ovoz berish yakunlariga ko’ra qonun loyihalarining bir nechtasi ularni qabul qilish uchun yetarli ovozlar sonini to’plasa,eng ko’p ovozlar sonini olgan qonun loyihasi birinchi o’qishda qabul qilingan hisoblanadi.Agar alohida-alohida ovoz berish yakunlariga ko’ra qonun loyihalaridan birortasi ham qabul qilish uchun yetarli darajada ovozlar sonini to’plamasa,eng ko’p ovozlar sonini to’plagan qonun loyihasi uzil-kesil ovozga qo’yiladi. Agar uzil-kesil ovozga qo’yish vaqtida deputatlar umumiy sonining yarmidan ko’pi uni yoqlab ovoz bersa,mazkur qonun loyihasi birinchi o’qishda qabul qilingan hisoblanadi.Ovoz berish natijasi Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinmagan muqobil qonun loyihalari rad etilgan hisoblanadi.To’xtam qo’shimcha ovoz berilmagan holda Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasi qarorlari nusxalari rad etilgan qonun loyihalari bilan birgalikda q“O’z Res.Qonunchilik Palatasi Reglamenti”onun loyihalarini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga yuboriladi.(127-modda).

Qonunchilik palatasining qonun loyihasini birinchi o’qishda qabul qilish to’g’risidagi qarorida qonun loyihasiga doir tuzatishlarni taqdim etish muddati belgilanadi,bu muddat,qoida tariqasida,o’n besh kundan kam bo’lmasligi kerak. Agar deputatlar qonun loyihasiga belgilanganidan boshqa muddatni belgilash to’g’risida takliflar mavjud bo’lsa, qonun loyihasiga oid tuzatishlar berish muddati deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadigan qaror bilan belgilanadi. Qonunchilik palatasi birinchi o’qishda qabul qilingan qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga qo’yish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. Qonunchilik palatasining qonun loyihasini birinchi o’qishda qabul qilish to’g’risidagi qarori besh kun ichida qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuboriladi.

Qonun loyihasi birinchi o’qishda qabul qilingan taqdirda Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi,ikkinchi va uchinchi o’qish tartib-taomillarini istisno qiligan holda,mas’ul qo’mitaning qonuni qabul qilish to’g’risidagi taklifini ovozga qo’yishi mumkin.Agar ushbu taklifga deputatlarda e’tiroz bo’lsa,raislik qiluvchi ularning har biriga o’z yondashuvlarini asoslash uchun 3 daqiqagacha vaqt beradi.Mas’ul qo’mita vakili har bir e’tiroz bo’yicha mas’ul qo’mitaning fikrini bayon etishga yoki qonunni qabul qilish to’g’risidagi taklifni qaytarib olishga haqli.Agar mas’ul qo’mita qonunni qabul qilish taklifini qaytarib olmasa,raislik qiluvchi muhokama tugaganidan keyin ikkinchi va uchinchi o’qish tartibi taomillarini istisno qiligan holda,mas’ul qo’mitaning qonuni qabul qilish to’g’risidagi taklifini ovozga qo’yadi. Agar deputatlar umumiy sonining ko’pchiligi qonun qabul qilinishini yoqlab ovoz bersa,u qabul qilingan hisoblanadi.Agar qaror qabul qilimasa,qonun loyihasi ustidagi ish ushbu Reglamentda belgilangan tartibda davom ettiriladi.( “O’z Res.Qonunchilik palatasi Reglamenti”128-modda).

Qonun loyihasi unga doir materiallar bilan birgalikda,qoida tariqasida,uni ikkinchi o’qishda Qonunchilik palatasida ko’rib chiqishga kamida o’n kun qolganida deputatlarga tarqatiladi.

Qonun loyihasi ikkinchi o’qishda Qonunchilik palatasida ko’rib chiqilayotgan mas’ul qo’mitaning vakili ma’ruza bilan so’zga chiqadi.Ma’ruzachi qonun loyihasini mas’ul qo’mitada ko’rib chiqish yakunlari to’g’risida,kelib tushgan takliflar va ularni natijalari haqida ma’lum qiladi.Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o’qishda ko’rib chiqish chog’ida mas’ul qo’mita ma’qullagan takliflar ham,ma’qullamagan takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi bo’yicha ovoz berish moddama-modda o’tkaziladi.Moddama-modda ovoz berish nayijalari bo’yicha Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi o’qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish muddatini belgilagan holga uni ikkinchi o’qishda qabul qilish to’g’risidagi taklifni ovozga qo’yiladi.Agar ovoz berish yakunlariga ko’ra bunday taklif ovozlarning zarur sonini to’plamagan bo’lsa,qonun loyihasi maromiga yetkazish uchun mas’ul qo’mita qaytariladi.Maromiga yetkazilgan qonun loyihasi ikkinchi o’qishda qayta ko’rib chiqiliganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi loyihani ikkinchi o’qishda qabul qilish to’g’risidagi taklifni ovozga qo’yadi.Agar ovoz berish yakunlariga ko’tra bunday taklif ovozlarning zarur sonini to’plamagan bo’lsa,qonun loyihasi rad etilga hisoblanadi va bundan buyon ko’rib chiqilmaydi.Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuboriladi.( “O’z Res.Qonunchilik palatasi Reglamenti”132-modda).

Ikkinchi o’qishda qabul qilingan qonun loyihasi moddalarning o’zaro bog’liqligini aniqlash va ikkinchi o’qishda ko’rib chiqish vaqtida loyiha matniga kiritilgan o’zgartirishlar bilan bog’liq bog’liq zarur tahririy tuzatishlar kiritish uchun mas’ul qo’mitaga yuboriladi.Ushbu ish tugatilganidan keyin qonun loyihasi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ish rejasi loyihasiga kiritish uchun mas’ul qo’mita tomonidan Kengash taqdim etiladi.( “O’z Res.Qonunchilik palatasi Reglamenti”134-modda).

Kengash qonun loyihasini qonu sifatida qabul qilish maqsadida ovoz berish uchun loyihaning uchinchi o’qishini tayinlaydi.Agar qonun loyihasini ikkinchi o’qish jarayonida unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan bo’lsa,Kengash qonun loyihasi matnini deputatalarga yetkazishni tashkil etadi.Uchinchi o’qishda qonun loyihasi uni muhokama qilmay to’laligicha ovozga qo’yiladi.qonun loyihasi uchinchi ko’rib chiqilayotganida unga tuzatishlar kiritilishiga hamda qonun loyihasini to’laligich yoki uning ayrim bo’limlari,boblari,moddalarini muhokama qilish uchun qaytishga yo’l qo’ymaydi.Agar qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan uchinchi o’qishda ham qabul qilinmasa,u rad etilgan hisoblanadi.Qonun loyihasi bo’yicha to’xtam qo’shimcha ovoz berish o’tkazilmagan holda Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektida yuboriladi.Ayrim holda deputatlar birlashmalarining talabiga binoan Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi qonun loyihasini ikkinchi o’qish tartibiga qaytarish to’g’risidagi masalani ovozga qo’yishi shart. .( “O’z Res.Qonunchilik palatasi Reglamenti”136-modda).

“ O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi Reglamenti”da Qonunchilik palatasining Senat tomonidan rad etilgan qonunlarni qayta ko’rib chiqish tartibi berilgan. Senat tomonidan rad etilgan va Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan xulosa tayyorlash uchun mas’ul qo’mitaga topshiriladi.qonuni ko’rib chiqish yakunlari bo’yicha mas’ul qo’mita Qonunchilik palatasiga:



  • yuzaga kelgan kelishmovchilikni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasi tuzishni;

  • qonunni Qonunchilik palatasi qabul qilgan avvalgi tahrirda qabul qilishni;

  • qonunni Qonunchilik palatasida qayta ko’rib chiqmaslikni tavsiya etish mumkin.

Senat tomonidan rad etilgan qonun bo’yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi va Senat deputatlar va senatorlar orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyalari tuzishi mumkin.Ushbu norma “ O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti” to’g’risidagi qonunning 12-moddasida ham belgilangan. Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasi tuzish to’g’risidagi tashabbus Qonunchilik palatasi Spikeridan,mas’ul qo’mitadan deputatlar birlashmalaridan chiqishi mumkin.Kelishuv komissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat raisi tomonidan o’zaro maslahatlashuvlar o’tkaziladi.Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan saylangan tarkibi Qonunchilik palatasining majlisida tasdiqlanadi. Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasi a’zolari o’z tarkibidan ko’pchilik ovoz bilan komissiya hamraisini saylaydilar.Kelishuv komissiyasi tarkibiga saylangan deputat uning majlislarida qatnashishi shart.Deputatning kelishuv komissiyasi majlisida ishtirok etish imkoniyati bo’lmasa,bu haqda Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasi hamraisini oldindan xabardor qiladi.Kelishuv komissiyasining ishini tashkiliy,axborot,hujjatlashtirish va boshqacha tarzda ta’minlash kelishuv komissiyasi qayerda ishlashiga qarab,tegishincha Qonunchilik palatasi devoni yoki Senat devoni tomonidan amalga oshiriladi.Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko’rib chiqadi.Agar muayyan o’zgartirish Senatning kelishuv komissiyasi tomonidan qo’llab-quvvatlangan taklifi asosida ishlab chiqilgan qonun moddasining yangi tahriri bilan asoslangan bo’lsa,kelishuv komissiyasi qonuning Senat tomonidan e’tiroz bildirilmagan ayrim moddalari tahririni o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qilishga haqli. Kelishuv komissiyasining qarorlari kelishuv komissiyasi deputatlar va senatorlarning alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul qilinadi.Agar komissiyaning har bir palatadan saylangan a’zolarining ko’pchiligi qarorni yoqlab ovoz bergan bo’lsa,qaror qabul qilingan hisoblanadi.Agar kelishuv komissiyasi tomonidan boshqacha tartib belgilanmasa,qaror ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.Kelishuv komissiyasining majlisida bayonnama yuritiladi.Zarurat bo’lganda,kelishuv komissiyasining qaroriga binoan uning majlisi snetogramma qilinadi. Kelishuv komissiyasi o’z ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo’yicha takliflarni o’z ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Kelishuv komissiyasining xulosasi komissiya hamraislari tomonidan imzolanadi.Xulosaga qonunga doir o’zgartirish va qo’shimchalar loyihasining matni ilova qilinadi. Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan saylangan hamraisi qonunni qayta ko’rib chiqish sanasini belgilash uchun quyidagi hujjatlarni Kengash muhokamasiga kiritadi:

  • kelishuv komissiyasining xulosasi;

  • kelishuv komissiyasi majlisining bayonnomasi va qiyosiy jadval;

  • qonunning kelishuv komissiyasi taqdim etayotgan,kelishuv komissiyasining qonunchilik palatasidan saylangan hamraisi tomonidan tasdiqlangan tahriri.

Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasi xulosasi taqdim e’tilgan kundan e’tiboran o’n kun ichida uning takliflarini ko’rib chiqishi va qaror qabul qilishi kerak. Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda qonun qonunchilik palatasida qayta ko’rib chiqilishi kerak.Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining takliflari bo’yicha deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi. Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etish uchun Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni taklif qilishi mumkin.Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan kelishuv komisiyasining tahririda qabul qilingan raqdirda,u Senatga ma’qullash uchun zarur materiallar ilova qilingan holda besh kun ichida yuboriladi.Agar kelishuv komissiyasining ish yakunlariga ko’ra qonun bo’yicha kelishuvga erishilmasa,Qonun Senat tomonidan rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko’rib chiqilishi kerak.

Agar Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko’rib chiqish vaqtida Qonunchilik palatasi uni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilimasa va Senatning qonunida rad etish to’g’risida qaroriga rozi emasligini bayon etsa,qonun avval qabul qilingan tahrirda ovozga qo’yiladi.

Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan qonunni takroran ma’qullasa,qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash hamda e’lon qilish uchun Qonunchilik palatasi tomonidan o’n kun ichida yuboriladi.

Agar Qonunchilik palatasida Senat tomonidan rad etilgan qonun bo’yicha avval qabul qilingan tahrirda ovoz berish vaqtida ushbu qonun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismining ovozini to’plamasa,ko’rib chiqilayotgan qonun qabul qilinmagan hisoblanadi.




Download 45.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling