1. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari, funksiyalari va prinsiplari
Qonun ijodkorligi jatrayoni:tushunchasi,prinsiplari,bosqichlari
Download 45.47 Kb.
|
Huquq ijodkorligi t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonun ijodkorligi
3.Qonun ijodkorligi jatrayoni:tushunchasi,prinsiplari,bosqichlari.
Qonun ijodkorligi-huquq ijodkorligining eng muhim shaklidir.Qonun davlat hokimiyatining maxsus faoliyati mahsuli sifatida vujudga keladi.Davlat amrining oliy ifodasi bo’lmish qonun hokimiyatning alohida vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladigan murakkab jarayon natijasida yaratiladi. Qonun ijodkorligi-vakolatli davlat vakillik organining qonunlar loyihasini ishlab chiqish va qabul qilishga qaratilgan,aniq maqsadga yo’naltirilgan irodaviy faoliyat.Davlat qonunchilik faoliyati orqali siyosiy,iqtisodiy,ijtimoiy-madaniy va mafkuraviy hayotning hamma sohalaridagi eng muhim masalalarni hal etishga qaratilgan normativ-huuquqiy hujjatlar yaratadi.Qonun ijod etishning mohiyati shundaki,unda hokimiyatning vakolatli vakillik organi(referendumda bevosita xalq) davlat irodasini qonun darajasiga ko’tarib,unga siyosiy,yuridik tus beradi.Qonunchilik ijodkorligi jarayonining muhim xususiyati,uning mazmunini tashkil etuvchi harakatlar tartibi va ularni amalga oshirish taomili konstitutsiyaviy tarzda belgilab qo’yiladi.O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan qonun jiodkorligi faoliyati,bizningcha,jahon davlatlari tajribasining sinovidan o’tgan bir qator prinsiplarga tayanadi.Ularga alohida to’xtalamiz. Qonun chiqaruvchi hokimiyat,avvalo,hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipidan kelib chiqmog’i,Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan vakolatlari doirasida mustaqil,qat’iyat va yuksak mas’uliyat bilan faoliayat yuritmog’i lozim. Parlament kollegiallik(jamoa bo’lib muhokama qilish)prinsipida asoslanishi kerak.Xalqimizda “maslahatli to’y tarqamas “degan gap bor.Bizning qonun chiqaruvchi idoramiz mana shu fikrga rioya qilib,bamaslahat ish tutmog’i va har bir deputatning qonun yaratishda faol ishtirokini ta’minlab,jamiyat irodasini davlat qarori darajasida shaklllantirmog’i lozim. Qonun chiqaruvchi idora o’z faoliaytida xalq hokimiyatchiligi,davlat suvereniteti prinsipiga tayanishi shart.Qonu ijod etishda o’tmish ajdodlarimiz yaratgan hayotiy ijobiy tajribaga,boy madaniy va ma’naviy merosga,milliy urf-odat va an’analarga vorislik,ya’ni tarixiylik prinsipiga tayanish maqsadga muvofiqdir. Qonun qabul qilishda ijtimoiy adolat prinsipi ustunlik qilishi kerak.Aynan odillik qonun hal etayotgan muammoni yechishning,ijtimoiy munosabatni tartibga solishning asosiy mezoni bo’lishi kerak. Qonun loyihalalarini umumxalq muhokamasiga havola etish prinsipi.u qonun ijodkorligining demokratik asosda tashkil etilganligidan dalolatdir.Jamiyatning umumiy taqdiriga dahldor muhim qonunlarning loyihalarinigina umumxalq muhokamasiga chiqarish maqsadga muvofiqdir. Joriy qonunchilik hujjatlarining Konstitutsiyaga qat’iy mos bo’lishiga erishish talab etiladi.Shu bois Konstitutsiyaning,undan so’ng esa,qonunlarning ustunligi prinsipini sobitqadamlik bilan hayotga joriy etish zarur. Qonun chiqaruvchi idoraning faoliyatida qonuniylik prinsipi muhim o’rin tutadi.Bu prinsip qonun chiqaruvchi organ uchun ham,qonunlar ijrosini ta’minlovchi davlat organlari,tashkilotlar,muassasalar,korxonalar va jamoat birlashmalari uchun ham birdek majburiydir. Mamlakatdagi eng muhim munosabatlarni,ayniqsa, fuqarolarning huquqiy mavqeiga taalluqli masalalarni faqat qonun shaklidagi normativ-huquqiy hujjat bilan mustahkamlash prinsipini qo’llash;qonun chiqaruvchi idora tomonidan huquqiy(qonuniylik yo’li bilan)tartibga solish ehtiyoji mavjudligini oqilona hisobga olish zarur.
Download 45.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling