1. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari, funksiyalari va prinsiplari


Download 45.47 Kb.
bet14/24
Sana02.01.2022
Hajmi45.47 Kb.
#190224
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Huquq ijodkorligi t

1)Qonunchilik tashabbusi-muayyan organlar,nodavlat tashkilotlar va mansabdor shaxslarning qonun chiqarish masalasini qo’yish va ularning loyihalarini ko’rib chiqish uchun qonun chiqaruvchi organga taqdim etish huquqidir. Qonunchilik tashabbusi Konstitutsiyada belgilangan vakolatli organlar,tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyan qonun loyihasini yoki yangi qonun qabul qilish to’g’risida,shuningdek amaldagi qonunni o’gartirish yoki bekor qilish to’g’risidagi taklifni Oliy Majlis e’tiboriga taqdim etilishi va parlamentning bu masalani belgilangan tartibda ko’rib chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishidir. Qonunchilik tashabbusi subyektlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida berilgan,unga ko’ra: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti,O’zbekiston davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog’iston Republikasi,O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi,Oliy sudi,Oliy xo’jalik sudi,Bosh prokurori qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.Aynan shu norma “O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi to’g’risida”gi qonunning 27-moddasida, “O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi Reglamenti”ning 111-moddasida, “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”giqonunning 1-moddasida belgilangan.

Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo’lmagan davlat va jamiyat tashkilotlari yoki alohida fuqarolar taklif etgan qonun qonun loyihalari yoki qonunchilik xarakteridagi takliflari mazkur huquqqa ega bo’lgan idoralar va shaxslar orqali parlamentga kiritilishi mumkin.




Download 45.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling