1. Huquq tizimi tushunchasi va uning tuzilishi. Huquq


Jinoyat huquq - jamiyat uchun


Download 23.99 Kb.
bet4/5
Sana23.09.2023
Hajmi23.99 Kb.
#1686676
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ommaviy va xususiy huquq faqlashga oid asosiy ta’limotlar

Jinoyat huquq - jamiyat uchun xavfli bo‘lgan hamda ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini apiqlaydi, jinoyat sodir qilgan shaxslarga jazo choralarini belgilaidi. Bu huquq Jinoyat Kodeksidan iborat.
Jinoyatni ijro etish huqo‘qi-sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazo choralarini ijro etish, jazoni o‘tash tartibi va shartlarini, maxkumlarni axloqini tuzatish va ularni qayta tarbiyalaydigan huquqiy normalar yig‘indisidir. Bu huquq manbai O‘zRsi jinoyatni ijro etish kodeksida jamlangan.
Jinoyat protsessual xuquqi — sud, prokuratura, tergov surishtiruv organlari, advakatura bilan fuqarolar uchun jinoiy ishlarni ko‘rish tartibini o‘rgatadi. Bu huquq normalari O‘zRsining Jinoyat —Protsessual Kodeksida aks ettirilgan.
Fuqarolik - protsessual xuquqi sudlarning fuqarolik, oilaviy mehnat, yer, moliyaviy va boshqa ishlarning ko‘rish tartibini o‘rgatadi. Bu huquq manbai O‘zRsining Fuqarolik — protsessual Kodeksida aks ettirilgan.
Xo‘jalik-protsnssual-huquq — xo‘jalik sudi tomonidan har xil shakildagi mulkka ega bo‘lgan korxonalar, jamoa xo‘jaliklari, xususiy korxonalar hamda O‘zbekiston Respublikasi boshqa davlatlar o‘rtasidagi xo‘jalik nizolarini tartibga soladi. Bu huquq normalari O‘zRniig Konstitutsiyasida va O‘zRning Xo‘jalik — Protsessual Kodeksida mustaxkamlangan. Bu sohalaridan dastlabki o‘ntasi moddiy va keyingi uchtasi protsessual xuquq sohalarga kiradi.
Huquq tizimida har bir huquq sohasini paydo bo‘lish va rivojlanishi jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining obyektiv qonunlari bilan belgilanadi, Masalan hozirgi vaqtda O‘zRsi bozor iqtisodiga o‘tish davrida xususiy mulk huquqi bojxona huquqi, xo‘jalik xuquqi va boshqa yangi huquq, sohalari paydo bo‘lmoqda.
Huquq tizimida xalqaro huquq alohida o‘rin egallaydi. U biron davlatning milliy huquq tizimiga kirmaydi. Xalqaro huquq, turli ijtimoiy sistemadagi davlatlar o‘rtasida tinch — totuv yashash tamoyillariga va ular o‘rtasidagi diplomatiya va boshqa turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Xalqaro huquqning subyekti faqat davlatlar bo‘ladi. Bu huquq manbai turli xalqaro shartnomalar, bitimlar, konvensiyalar va boshqa xalqaro normalar qisoblanadi. Xalqaro huquq xalqaro umumiy va xususiy sohalari mavjud. Xalqaro dengiz huquqi xalqaro havo huquqi, xalqaro kosmos huquqi va boshqa huquq sohalari mavjud.

Download 23.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling