1 Huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat siyosatining muhim yo’nalishi


Download 187.35 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi187.35 Kb.
#1528708
  1   2   3   4
Bog'liq
Bobonazarov Jo\'rabek


REJA;
I.Kirish:
II.Asosiy qism.
1..Huquqiy madaniyatni yuksaltirish - davlat siyosatining muhim yo’nalishi
2. Fanning predmeti , maqsad va vazifalari
3. Fanning ijtimoiy va yuridik fanlar tizimidagi o’rni
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Qo’qon davlat pedagogika instituti

Tarix fakulteti Milliy g’oya va ma’naviyat huquq ta’limi yo’nalishi 3-kurs 20/02-guruh talabasi


BOBONAZAROV JO’RABEKNING
“Huquqiy ma’daniyat va huquqiy tarbiya’’ asoslari fanidan
“Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyotining o’ziga xos xususiyatlari’’ mavzusida tayyorlagan KURS ISHI
Kurs ishi rahbari : Xudoyberganov SH
1..Huquqiy madaniyatni yuksaltirish - davlat siyosatining muhim yo’nalishi

Shaxsning huquqiy madaniyati — huquqiy ongni aniq maqsadni ko’zlab tarbiyalash natijasi, uning eng yuqori bosqichidir. Demokratik huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida «Biz odamlarning eskicha psixologiyasini o’zgartirib, ularda yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim. Shunday bo’lsinki, har bir kishi insoi erkinliklari — ayni vaqtda muayyan burch, majburiyat va mas’uliyat ekanligini chuqur his etib tursin».


Fuqarolar siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirishda dav-latning fuqarolar murojaatlariga munosabati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan faqat fuqarolargina emas, balki davlat ham manfaatdordir. Chunki fuqarolarning murojaatlari mamlakatda ularning umumiy ahvolini, siyosiy faolligini va turmush darajasini hamda ehtiyojlarini, talab-istaklarini ko’rsatuvchi ko’zgu vazifasini bajarishi, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda o’z natijasini berishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardanoq davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi mamlakatda huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolarning siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirokini kengaytirish bo’lib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning «Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli ma’ruzasida qayd etilganidek: «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz, avvalgicha qoladi — bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini qurish, bozor iqtisodiyotini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo’lidan og’ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishdir».

1
Bugungi kunda jamiyatning umumiy madaniyatini, jumladan, fuqarolarning siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish — huquqiy davlatni barpo etish, shuning barobarida adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omili sifatida maydonga chiqmoqda.


Demokratik huquqiy davlat ma’naviy jihatdan yuksak darajadagi huquqiy madaniyatga tayanadi. Ushbu muhim metodologik qoida jamiyatimiz a’zolari tomonidan o’z vaqtida chuqur anglab yetildi. Birinchi Prezident Islom Karimov respublika huquq-tartibot idoralari rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan maxsus uchrashuv o’tkazib (1997 yil 20 may), xalqning huquqiy madaniyatini oshirish ma-salasini jiddiy tarzda kun tartibiga qo’ydi. Bu bejiz emas edi, chunki aynan aholining siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali ularni demokratik yangilanishlar va isloxotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish mumkin. Uchrashuvda Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagilarni alohida ta’kidladi: birinchidan, «O’zbekiston... o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’lini tanlab oldi. Bu yo’lning mohiyati bozor munosabatlariga asoslangan erkin fuqarolar jamiyatini qurish, xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratib berishdan iboratdir». Bunga erishish uchun, avvalo, jamiyatning siyosiy faolligini oshirish taqozo qilinadi, ikkinchidan, «aholiga chuqur huquqiy bilimlar berishni yo’lga qo’yish, bu orqali huquqiy madaniyatni oshirishga erishish, ... tom ma’nodagi huquqiy ongni shakllantirish talab etiladi. Bu jamiyatning to’g’ri, demokratik yo’ldan rivojlanishi uchun zarurdir» .
Bugun biz tarixiy bir davrda — mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bosqichida aholining, bolalar va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ayniqsa, Konstitutsiya va qonunlarga g’oyatda chuqur hurmat g’oyasi hayot qoidasiga aylangan, jamiyat huquqiy tafakkurini rivojlantirish borasida to’g’ri va aniq maqsadni ko’zlab, ulkan natijalar qo’lga kiritilayotgan zamonda yashamoqdamiz.

2
Huquqiy madaniyat kuzatish qiyin bo’lgap murakkab ijtimoiy hodisadir. Huquqiy madaniyatning axborot, baholash va erk-xohish kabi elementlari mavjud. Inson qonunni anglab, uni baholab, qonunda nazarda tutilgan shartlarda nima qilish lozimligini hal etadi. Zero, qonun asosida harakat qilish shaxs, jamiyat va davlat manfaatiga to’liq mos keladi. Huquqiy madaniyatsiz shaxs, jamiyat, davlat hayotipi tasavvur etib bo’lmaydi. Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o’zbek modeli»ga mos holda barcha demokratik islohotlar Konstitutsiya va qonun ustuvorligi asosida amalga oshirilayotgani barchamizga ayon. Fuqarolarning xuquqiy ongi va madaniyati islohotlarni amalga oshirishning, erkin va farovon jamiyat barpo etishning, huquqiy tafakkurli komil insonni shakllantirishning muhim tadrijiy shartidir. Milliy huquqiy tizimning jadal rivojlanayotgan sharomtida huquqiy madaniyatga ega bo’lgan shaxsgina islohotlarni amalga oshirishda faollik ko’rsata olishi, jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashimiz uchun fidoiylik bilan kurashishga qodir bo’lishi mumkin. O’tmishdan farqdi o’laroq, huquqiy madaniyat fuqarolik jamiyatining zaruriy belgisi, huquqni amalga oshirish va uni himoya qilishning sharti sifatida insonni inson bo’lib shakllantirishda, qonunchilikka asoslangan barcha islohotlarni harakatga keltiruvchi kuch va yuridik «boylik» sifatida muhim ijtimoiy omyl bo’lmoqda. Eng avvalo, huquq normalari talablari bevosita insonlarga qara-tiladi. SHu sababli bu talablar ularning erki-xohishi, huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuridik ustqurmaning ajralmas qismi sifatida shaxs va jamiyatning ma’naviy yuksalishi uchun zarurdir. Huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1997 yil 25 iyundagi «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huqukiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o’rganish ishini yaxshilash haqida»gi


3
Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi», 2019 yil 9-yanvarda”Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida” Prezident farmoni qabul qilingani buning yaqqol isbotidir. Ushbu huquqiy hujjatlarning bajarilishi bo’yicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirildi, tajribalar to’plandi. Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga itoatgo’ylik va hurmat ruhida tarbiyalash—bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi.


Fuqarolik jamiyati huquqiy madaniyati o’z tarkibiy tuzilishi bo’yicha ancha serqirradir. Bu yerda huquqiy madaniyatni ifodalash shakllari, uning ijtimoiy darajasi, mazmuni va hokazolar to’g’risida so’z yuritish mumkin. Xuquqiy madaiiyat jamiyatning aloxdda rivojlanish darajasi sifatida, avvalo, uning ilg’or huquqiy g’oyalar va qonunlarni, bilim va ko’nikmalarni qabul qilishga tayyorligida, shuningdek, bu bilimlar, ko’nikmalarning qo’llanishida, amaldagi huquqqa, mavjud qonunchilik tizimiga munosabatida o’z ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan, u tegishli siyosiy, huquqiy, madaniy tamoyil va me’-yorlarning shakllangani hamda yuksak huquqiy qadriyatlarni o’ziga singdirgani bilan tavsiflanadi. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi» tom ma’noda milliy huquqiy donishmandlikning tarixiy an’analariga, inson manfaatlariga mos keladigan, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik huquqiy hujjat vazifasini bajarmoqda. Bunday hujjatning xorijiy davlatlar qonunchilik amaliyotida kuzatilmasligi uning jahon miqyosida obro’-e’tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida barchaning havasini keltiradigan normativ-huquqiy hujjat ekanidan dalolat beradi. Inson huquqi — ijtimoiy-ma’naviy, demokratik-huquqiy ong o’zagidir.

4
Huquqiy madaniyat haqqoniy ahamiyat kasb etishi uchun insonlar nafaqat huquqni bilishi, balki ularda qat’iy ishonch, kafolat va hissiyot bo’lishi kerak. Shu ma’noda ham, yuksak huquqiy madaniyat barcha sohadagi islohotlar, reja va dasturlarni ro’yobga chiqarishga xizmat qiladigan, eng muhimi, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlashda huquqiy tizimning yetuklik ko’rsatkichi vazifasini bajaradigan bashariyat e’zozlaydigan dunyoviy qadriyatdir. Qolaversa, huquqiy madaniyat shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladigan buyuk ijtimoiy-yuridik qadriyatdir. Boshqacha aytganda, huquqiy madaniyat milliy g’oyamiz — yurt tinchligi. Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarga hamohang qadriyatdir. Huquqiy madaniyat dialektik juftlik bo’lgan davlat va jamiyatning ajralmas elementidir. Yuksak huquqiy madaniyat — erkinlik va qonunga bo’ysunib yashash demakdir. Hayotimizni huquqsiz tasavvur etib bo’lmaydi, binobarin huquqni amalga oshirish va uni himoya qilish uchun shaxs huquqiy madaniyatga ega bo’lishi shart. Shu bois, huquqiy madaniyat demokratik taraqqiyotga erishishning davlat-huquqiy vositasidir.


Ma’lumki, konsepsiyaning asosiy maqsadi aholi barcha qatlamlarining huquqiy savodxonlikka erishishi, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishi hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo’llay olishi uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir. Ushbu maqsadga erishish borasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
— huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomshshashtirish;
— barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hamda huqukka hurmat bilan munosabatda bo’lishiga erishish;
— aholining huquqiy savodxonligini oshirish;
— fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini ta’minlash.
_________________________
O’zbekiston Respublikasi «Sudlar to’g’risida»gi Qonun

5
Huquqiy madaniyatni shakllantirish va yuksaltirish sohasidagi davlat siyosati quyidagi prinsiplarga asoslanadi:


— inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi;
— Konstitutsiya va qonunning ustunligi;
— demokratiyaga asoslanganlik;
— ijtimoiy adolat;
— ilmiylik;
— uzluksizlik;
— huquqiy tarbiyadagi vorislik hamda umumiylik;
— huquqiy axborotning hamma uchun ochiqdigi;
— huquqiy tarbiya va huquqiy maorifning birligi hamda ularga tabaqalashtirilgan yondashuv.
Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish bo’yicha davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
— fuqaro, jamiyat va davlatning o’zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati hamda ijtimoiy faolligi yuksalishini ta’minlash;
— aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
— aholini huquqiy axborot bilan ta’minlash, ilmiy-ommabop yuridik adabiyotlar nashr qilinishi va tarqatilishini dav-lat tomonidan qo’llab-quvvatlash;
— huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya vositalari va usullarini takomillashtirish;
— yuridik ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini rivojlantirish;

6
— huquqiy madaniyatning ilmiy asoslarini tadqiq etishni rag’batlantirish, ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlarni tashkil etish;


— milliy an’analar hamda jahon tajribasidan foydalanish asosyda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish. Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish bo’yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, bir tomondan, jamiyatning har bir a’zosi huquqiy bilimlarning muayyan darajasini o’zlashtirib olishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoit yaratishni, ikkinchi tomondan, turli ijtimoiy guruhlarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy maorifni tabaqalashtirishni nazarda tutadi.
Huquqiy ong va huquqiy madaniyat huquq normasini anglashning zarur omilidir. U huquq normasini aniq va to’liq amalga oshirishning g’oyatda muhim va zarur shartidir. Mustaqillik yillarida qonun hujjatlarining son va sifat jihatdan tobora rivojlanib borayotgani fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalasi davlat siyosati darajasida har qanday islohotning negizi qonun ekanligvda yorqin namoyon bo’lmoqda.
Huquqiy madaniyatning davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani ham mustaqillik qadriyatlari hayotiy ro’yobga chiqayotganining yorqin dalilidir. Har bir insonning huquqiy madaniyatli bo’lishi, qonunlarga qat’iy rioya etishi, umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlagan holda qonun ustuvorligini ta’minlashda jamoatchilik fikri va nazoratini uyg’unlashtirishning demokratik asoslarini takomillashtirib borish kuchli fuqarolik jamiyatini qurishning muhim omili bo’lib xizmat qiladi. Zero, huquq fuqarolik jamiyati rivojlanishida muxim o’rin tutadi. U fuqarolik jamiyati a’zolari xulq-atvor qoidalarini belgilovchi oliy yuridik qadriyat sifatida jamiyat farovonligini ta’minlash hamda inson manfaatlarini himoya qilish vositasi hisoblanadi.
Aholining huquqiy madaniyatini shartli ravishda quyidagi bir nechta turlarga ajratish mumkin: konstitutsiyaviy-huquqiy madaniyat; tadbirkorlik huquqiy madaniyati; xalqaro — huquqiy madaniyat; ekologik huquqiy madaniyat; tibbiy huquqiy madaniyat; soliq huquqiy madaniyati;

7
fuqarolarning huquq va manfaatlarini davlat organlari va sudda ximoya qilish bo’yicha protsessual-huquqiy madaniyat; ijtimoiy ta’minot huquqiy mada-niyati; mehnat huquqiy madaniyati; ta’lim huquqiy madaniyati; fuqarolar erkinligi madaniyati; fuqarolar burchlarini baja-rish madaniyati; oilaviy huquqiy madaniyat; saylov huquqi madaniyati; iqtisodiy-huquqiy madaniyat; xavfsizlik huquqiy madaniyati; bola huquqlari madaniyati va h.k.


Mamlakatda qonui ustuvorligiga erishish, butun davlat hokimiyati tizimida qonunning mavqei va vazifasini kengaytirish, qonunga bo’ysunib yashashni hammaning turmush tarziga aylantirish demokratik davlatning sifat ko’rinishi, fuqarolik jamiyatining beqiyos fazilati ekani ma’lum. Jamiyatga shaxsni huquqiy tayyorlashda yuridik bilimlarga ega bo’lishning o’zi kifoya qilmaydi, balki uni hayotga tatbiq eta bilish kerak. SHaxsning huquqiy ongi darajasi orqali jamiyatning huquqiy mada-niyati holatini anglab olish mumkin. Milliy mustaqillikka erishish zamirida ham milliy ma’naviy jasorat va huquq mujassamlashganini e’tirof etish joiz. Huquqiy madaniyat va tafakkurga ega bo’lgan shaxsgina keng ma’noda islohotlarning bardavomligini ta’minlashga qodir bo’ladi.
Bizga ma’lumki, huquqiy tafakkur — bu huquq asosida shakllanadigan ong va uning yo’lchi yulduzidir. U yuridik amaliyotda, huquqiy fanlarni o’qitishda, huquqiy tarbiya va targ’ibotda keng qo’llanadi. Bu tafakkur o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, haqqoniylik, aniqlik, huquqiy me’yorlar mohiyatini chuqur anglash, huquqiy idrok etish qobiliyatining namoyon bo’lishida ifodalanadi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirshda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarning tizimli amalga oshirilishi fuqarolarning orzu va intilishlarini qonunlar asosida ro’yobga chiqarish hamda dunyoga namoyish etishning amaliy ifodasi hisoblanadi.

8
Fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish muammosi ulkan ijtimoiy, siyosiy ahamiyatga egadir. Fuqarolar siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mahashshy davlat hokimiyati organ-larining vazifalari haqida qarashlar, tasavvurlarni tinglov-chilarda hosil qilish muhim hisoblanadi. Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun quyvdagi muammolarni hal etish zarur:


— jamiyatimizda ma’naviy yangilanish, demokratik o’zgarishlar sharoitida fuqarolarda, ayniqsa, yoshlarda yuqori siyosiy-huquqiy madaniyatni tarbiyalash borasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’uliyatini oshirish zaruriyati;
— mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirishdagi istiqbol vazifalari;
— huquqiy tarbiyaga kompleks yondashishning mohiyatini ko’rib chiqish, uning o’ziga xos tomonlarini yoritish;
— fuqarolar siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish borasida davlat tuzilmalari va jamoat birlashmalarining keng hamkorligini ta’minlash;
— mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyatining fuqarolar siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish borasidagi faoliyatini kuchaytirish;
— fuqarolar siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirishda hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan o’zaro munosabatlari;
— davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati to’g’risida NIZOMning mazmun-mohiyatini keng izoxlash;
Demak, huquq madaniy fenomen sifatida umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismidir. Xuquqiy madaniyat kishilar ijtimoiy hayoti huquqiy shakllarining barcha jihatlarini qamrab oladigan va ularning jamiyatda faolligini ta’minlaydigan barometrdir. Huquq jamiyat huquqiy madaniyatining ajralmas qismi va tarkibiy elementidir.


9
Huquqiy madaniyat - bu inson madaniyatining bir qismi, muayyan jamiyatda (tsivilizatsiya) odamlarning ijtimoiy-huquqiy yo'nalishi vazifasini bajaradigan normalar, qadriyatlar, huquqiy institutlar, jarayonlar va shakllar yig'indisidir.
Huquqiy madaniyat madaniyatning biron bir turi (moddiy, ma'naviy va boshqalar) bilan to'liq mos kelmaydi, shuning uchun moddiy va ma'naviy komponentlarning o'ziga xos, o'ziga xos kombinatsiyasini yaratadi. Huquqiy madaniyat siyosiy madaniyat bilan muayyan umumiy chegaralarga ega, chunki davlat, siyosiy munosabatlar sub'ektlari faoliyati huquqiy munosabatlar doirasiga kiradi. Shuningdek, u madaniyatning axloqiy, estetik, diniy va boshqa turlari bilan o'zaro aloqada ishlaydi.
Huquqiy madaniyatning jamiyat hayotidagi o‘rni ko‘p qirrali. Huquqiy madaniyat insoniyatning uyg'un rivojlanishining o'ziga xos shakli bo'lib, u orqali umumiy ijtimoiy taraqqiyotga erishiladi. Ushbu taraqqiyot shaxsni boyitib, jamiyatni tinch va tartibli rivojlanish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar bilan ta'minlaydigan tegishli huquqiy qadriyatlarni (ijtimoiy nizolarni hal qilish usullari va vositalari, inson huquqlarini ta'minlash institutlari va boshqalar) yaratishni nazarda tutadi. Huquqiy madaniyat insoniyat tomonidan to'plangan huquqiy qadriyatlarning yo'nalishi bo'lib, uning barcha elementlari (normalar, huquqiy hujjatlar, institutlar, jarayonlar, rejimlar, maqomlar) inson ruhi, tarixiy tanlovi, mehnati, hayotiy aprobatsiya. Bu tur madaniyat amalda yagona global shakl bo'lib, u orqali milliy huquqiy hodisalarning qadr-qimmati va o'ziga xosligi - davlatchilik, huquq-tartibot, huquq tizimi takrorlanadi.
Huquqiy madaniyat huquqiy ong bilan chambarchas bog'liq, unga tayanadi, lekin nisbatan mustaqil kategoriyadir, chunki. jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-psixologik jarayonlarnigina emas, balki jamiyat a’zolarining huquqiy ahamiyatli xulq-atvorini, qonun ijodkorligi shaklidagi yuridik faoliyat va uning natijalarini, qonun ijodkorligi an’analarini, umuman, huquqiy institutlarning faoliyat yuritish amaliyotini ham o‘z ichiga oladi.
10
Jamiyatda huquqiy madaniyatning rivojlanish darajasi huquqiy davlatchilikning shakllanishining ko‘rsatkichidir. Jamiyatning huquqiy madaniyati yuksak bo‘lmasa, qonun ustuvorligini ta’minlash mumkin emas.
Qonuniylik va huquqiy madaniyatning o'zaro bog'liqligini ta'kidlash kerak. Umumiy va huquqiy madaniyati past bo‘lgan jamiyatda qonun ustuvorligini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Umumiy madaniyatning bir qismi sifatida huquqiy madaniyat huquqiy bilimlarning mavjudligini, huquqning ijtimoiy ahamiyatini tushunishni, qonun talablarini maqsadga muvofiq va adolatli deb baholashni, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo'lishni va ularga ixtiyoriy va ongli ravishda rioya qilishni nazarda tutadi. O'z navbatida, qonuniylik jamiyat madaniyatining shakllanishiga yordam beradi.
Adabiyotlarda “huquqiy madaniyat” tushunchasiga turli ta’riflar berilgan. Shunday qilib, V.I. Kaminskaya. Bu muammoni birinchilardan bo‘lib o‘rgangan Ratinov huquqiy madaniyatga “huquq doirasi, ularning odamlar ongi va xulq-atvorida aks etishi bilan bog‘liq bo‘lgan moddiylashgan va ideal elementlar tizimi” deb ta’rif bergan.
V.P. Salnikov huquqiy madaniyatni shaxsning ham, jamiyatning ham sifat huquqiy holati sifatida qabul qilinishi mumkin bo'lgan, turli davlatlarda tuzilishi mumkin bo'lgan maxsus ijtimoiy hodisa sifatida tavsiflaydi.
Huquqiy madaniyat” tushunchasiga nisbatan boshqa pozitsiyalar ham mavjud. Ammo, ko'rinib turibdiki, barcha ta'riflarda huquqiy madaniyat ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo'ladi, uni shaxs va uning faoliyatisiz, bu faoliyatning progressiv yo'nalishi va ilg'or tafakkurisiz amalga oshirish mumkin emas. Bu tushuncha murakkab va koʻp qirrali hodisadir. Shuni ta'kidlash kerakki, huquqiy madaniyat:
1. muayyan jamiyatning huquqiy institutlari, jarayonlari, shakllari, faoliyatining qiymatini baholashni o'z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, u jamiyatning huquqiy qadriyatlarini, huquq sohasidagi ilg'or yutuqlarni tavsiflaydi;
11
2. mamlakat huquqiy hayotining sifat holatini aks ettiradi. Shuning uchun har bir davlatning o'ziga xos huquqiy madaniyat darajasi mavjud;
3. huquqiy tartibga solishda jamiyat manfaatlari va ehtiyojlarini anglashning oliy shaklidir, shuning uchun huquq ijtimoiy qadriyat, huquqiy boylikning bir turidir;
4. umumiy madaniyatning bir qismidir. Shu bilan birga, u ijtimoiy-madaniy makonda mustaqil, ajratilgan joyni egallaydi;
5. ko'p jihatdan jamiyat axloqiga va huquqiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi kishilarning axloqiy sifatlariga bog'liq;
6. huquqiy davlat va butun huquqiy jamiyat shakllanishining ajralmas sharti va zaruriy sharti bo‘lib xizmat qiladi.

Download 187.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling