1. I bob boshqaruv vazifa va turlari


I-Bob. BOSHQARUV VAZIFA VA TURLARI


Download 112.22 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi112.22 Kb.
#1618892
1   2   3   4   5   6
I-Bob. BOSHQARUV VAZIFA VA TURLARI
1.1. Boshqaruvning mohiyati, maqsad va vazifalari: Boshqaruv tushunchasi tor m a’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur bo’lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi, faoliyat yo'nalishini to ‘g‘ri tanlay bilish, qarorlar qabul qilaolishgan hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayonning borishiga bog‘liq bo ‘ladi. Boshqaruv nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir jamiyat, davlatni o ‘z tanlagan yo‘li maqsad va intilishlariga yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda muhim ta ’sir etuvchi kuch hisoblanadi. Boshqaruvni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o ‘rganish lozim. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog 'liq bo ‘lib, boshqaruv maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar sam arali m ehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ulam i ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta ’m inlash va aholining kam ta ’m inlangan qatlam larini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir. Boshqaruvning mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy m unosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarning murakkablashuvi bilan kengayib bo rad i. Boshqaruv ishlab chiqarish 5 jarayonida ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo ‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar o 'rtasida raqobatni shakllantirish, foydani m aksim allashtirishga qaratilgan b o ‘lsa, u bu ­ tun bir iqtisodiy tizim da ishlab chiqarish evaziga jam iyat ehtiyojini qondira oladigan bozor infratuzilm a elem entlari va ulam ing o ‘zaro aloqasini ta ’m inlovchi m exanizm ning barqaror ishlashiga, har bir fuqaro, guruh, uyushma, tashkilot va muassasalar m anfaatlarini e ’tiborga olgan holda ularning jahon sahnasida o ‘z o ‘rniga ega b o ‘lishiga qaratilgan bo ‘ladi. Boshqaruvning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlari o ‘rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo ‘lishini hisobga olgan holda xo‘jalik rahbarlari respublika iqtisodiyotini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar. 1991-yil 31-avgustda 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e ’lon qilindi, shunday bir sharoitda davlat va iqtisodiyotni qayta qurishning bosh maqsadi Prezidentim iz I. Karimov tomonidan quyidagicha aniqlab berildi: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuch demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat». Uning amalga oshirilishi turli sohalarda olib boriladigan islohotlarga va boshqariladigan vazifalarga nechog‘lik bog‘liq bo ‘ladi. Ijtimoiy siyosiy sohada: — m a’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizm idan va tuzilmalarida; — davlat qurilishining demokratik huquqiy tamoyil va me’yorlariga o ‘tish; — fuqarolik jamiyatiga o ‘tishning poydevorini qurish va boshqalar. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada: — iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish; — mulkchilikning xilma-xilligi; — narx erkinligini ta’minlash; — raqobat kurashiga o ‘tish; — ko‘ptarmoqli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga o‘tish va boshqalar. Ma ’naviy sohada: — mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash, aqidabozlik va o ‘ta siyosatlashgan mafkura hukm ronligidan qutulish. Xalqaro munosabatlar sohasida: — butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o ‘zini chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish; — jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo‘1 ochish. Bozor munosabatlariga o ‘tish ishlab chiqarish va bozom ing samarali o‘zaro ta ’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalam ing o ‘z-o ‘zini boshqarishning mutanosib nisbatda boMishini ta ’m inlovchi takom illashgan iqtisodiy mexanizmini yaratishga yo‘naltirilgandir.

Download 112.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling