1. Ichki ishlar vazirligining tuzilishi, vazifalari


Download 129.5 Kb.
bet1/5
Sana09.04.2023
Hajmi129.5 Kb.
#1344606
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Dastlabki tergov va surishtiruv organlari


Dastlabki surishtiruv organlari
Reja:
1 Ichki ishlar vazirligining tuzilishi, vazifalari.
2.Milliy xavfsizlik xizmati organlarining vazifalari va vakolatlari.
3. Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatining asosiy printsiplari.
1. Ichki ishlar vazirligining tuzilishi, vazifalari.
Ichki ishlar vazirligi (IIV) juda katta vazifalarni bajaradi. U idoraviy hujjatlar bilan tasdiqlangan murakkab tuzilishga ega. IIV rahbariyati vazir. vazirning birinchi o'rinbosari, bir necha o'rinbos;irlari va yordamchisidan tashkil topgan. Vazir qoshida kollegiya mavjud. U bir oyda bir marta yig'iladigan maslahat organidir.
Ichki ishlar vazirligi rahbariyatida bosh nozirlar guruhi bor. Bu guruhning bosh inspektori vazirlik boshqarmasi o'rinbosarlarinmg huquqlariga ega.
Ichki ishlar vazirligining «aqliy markazi» Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasidir. Unga tashkil iy-inspektorlik bo'limi, navbatchilik qismlarining ishini tashkil etish bo'limi - navbatchilik qismi tahliliy bo'limi, ikkinchi maxsus bo'lim kiradi.
Mustaqillikdan so'ng huquqni muhofaza qilish organlarining xalqaro aloqalari faollashdi. Natijada mazkur aloqalarni amalga oshiruvchi bo'linmaga ehtiyoj tug'ildi. Shunday bo'linma tuzilgan bo’lib, u xorijiy aloqalar bo'limidir. Bu bo'lim ko'plab mamlakatlarning politsiya muassasalari bilan katta ish olib bormoqda. Yozishmalar hajmining kattaligi tufayli uning tarkibida kanselariya mavjud. Kanselariyada mudir, katta ish yurituvchi, ish yurituvchi va kotib ishlaydi.
Ichki ishlar organlarining huquqiy axborot bilan ta'minlanganligi va ular ishida oshkoralikning kuchayishi talabi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligida Huquqiy ta'minlash va ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish boshqarmasi faoliyat ko'rsatmoqda. U huquqiy ta'minlash bo'limi, jumladan, normativ hujjatlarni tayyorlash bo'linmasi, yuridik byuro, matbuot-markazi va kanselariyadan iborat. Bu tuzilma ichki ishlar organlarini barcha zarur huquqiy hujjatlar bilan ta'minlaydi va Ichki ishlar vazirligiga ommaviy axborot vositalari bilan yaxshi aloqada bo'lishiga imkon beradi.
Ichki ishlar Vazirligi tizimida olib borilayotgan islohotlar narijasida, ushbu tizirnda quyidagi o'zgarishlar amalga oshdi. Birinchidan, IIV tizimida mavjud bo'lgan Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi tugatilib, ularning o'rniga Terrorizmga qarshi kurash va jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi (TQK va JQBB) tuzildi. Ana shu asosda Qoraqalpog'iston IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB, Transport IIBda terrorizmga qarshi kurash va jinoyat qidiruv boshqarmalari tashkil etildi. Shahar, turnan va temir yo'l IIBlailda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va jinoyat qidiruv bo'limlari tashkil etildi. Ikkinchidan, UV Tergov boshqarmasi o'rniga IIV Tergov bosh boshqarmasi tuzifdi. Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB va Transport IIBda mavjud bo'lgan tergov bo'limlari o'rnida tergov boshqarmalari tashkil etildi. Bunda tergov boshqarmalarining boshliqlari IIB boshliqlarining o'rinbosariari bo'lib hisoblanishi ko'zda tutildi.
Quyi ichki ishlar idoralarida ham hudud shunday holat amalga oshirildi. Bunda shahar, tuman, temir yo'i I7B tergov bo'limi boshliqlari tergovni olib borishda yuqori tumvchi tergov boshqarmalari boshlig'iga bo'ysunishi, ichki xizmat bo'yicha esa DB boshliqlariga bo'ysunishi ko'zda tutilgan. Uchinchidan, 13V Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi o'rniga IIV Yo'l harakati xavfsizligi davlat xizmati tashkil etildi. U o'z ichi^a IIV Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasini, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB yo'l harakati xavfsizligi bo'yicha boshqarmasini, shahar, tuman IIBlarda esa avtotransport vositalarini nazorat qilish bo'yicha bo'limlarini qamrab oladi. To'rtinchidan, IIV Jamoat tartibini saqlash va patrul-post xizmati bosh boshqarmasi tashJkil etildi. Qoraqalpog'iston IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIBda esa boshqarmalar, shahar, tuman IIBlarda bo'limlar tashkil etildi. Beshinchidan, IIV profilaktika xizmati boshqarmasi, ozodlil:dan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan jazoni ijro etish bo'ykja boshqarma, jazoni ijro etish bosh boshqarmasi o'rniga 1JV Huquqbuzarliklarni oldini olish bosh boshqarmasi (HOOBB) tashkil etildi. Oltinchidan, Yong'indan saqlash boshqarmasi qayta tashkil etilib, IIV Yong'in xavfsizlik davlat xizmatiga aylantirildi. Ushbu xizmat tarkibiga IIV Yong'in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Qoraqalpog'iston Iffi yong'in xavfsizligi bosh boshqarmalari, shahar, tuman IIB yong'in xavfsizligi bo'limlari, yong'in xavfsizligi qismlari kiritildi.
\ Ichki ishlar organlari tizimida qidiruv xizmati asosiy bo'g'in hisoblanadi. Uning asosiy kuchi - Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasidir. U bir qator bo'linmalarai o'z ichiga olib, quyidagi yo'nalishlarda ishlaydi: uyushgan jinoyatchilik va shaxsga qarshi jinoyatlarga, jumladan, barqaror jinoiy tuzilmalar va o'ta xavfli jinoyatlarga qarshi kurash; xorijiy fuqai-olar bilan bog'liq jinoyatlarga qarshi kurash; mulkka qarshi jinoyatlarga (bosqinchilik, talonchilik, o'g'rilik, avtoulovlarni olib qochish, haydovchilarga bosqinchilik maqsadida hujum qilish) qarshi kurash; narkotiklarga qarshi (narkotikiar bo'yicha axborotlarni to'plash va ishlash; giyohvartdlik moddalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish; noqonuniy yetishtirish) kurash;
qidiruvni tashkil etish (jinoyatchilarni, bedarak yo'qolganlanii qidirish, jasadlarning shaxsini aniqlash).
Jinoyat qidiruv xodimlari operativ-qidimv tadbirlarini o'tkazadilar, jinoyatprotsessual qonunlarida ko'zda tutilgan kechiktirib bo'lmas tergov harakatlarini amalga oshiradilar (gumonlanuvchini ushlash, hodisa joyini ko'zdan kechirish va h.k.). Jinoyat qidiruv xodimlari takroriy jinoyatchilikka qarshi kurashning holati uchun bevosita javob beradi va jinoyatlarning oldini olish bo'yicha katta ishlar olib bormoqda. Bundan tashqari, Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasida axborot, tahlil va nazorat bo'limi mavjud.
Ichki ishlar vazirligi tarjibadagi katta xizmatlardan biri Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatidir. Unga vazir o'rinbosari rahbarlik qiladi. Uning tarkibida quyidagi bolinmalar mavjud: xizrnat bo'limi (bo'linmalar: patrul-post xizmati ishini tashkil qilish bo'limi, ommaviy tadbirlar o'tkazilayotgan va aholi migratsiyasi paytida jamoat tartibini saqlash bo'linmasi, ruxsat berish tizimi bo'limi); qo'riqlash-karantin tadbirlarini ta'minlash bo'limi; IIO maxsus muassasalarining ishiga rahbarlik bo'limi; diplomatik vakolatxonalarni qo'riqlash ishlarini tashkil qilish bo'limi. Bu boshqarma ham o'z kanselariyasiga ega.
Ushbu boshqarma tarkibida patrul-post naryadlari, mexanizatsiyalashgan ko'chma patrul-post guruhlari faoliyat ko'rsatadi. Hududiy boshqarmalar, bo'limlar va ichki ishlar bo'linmalarida navbatchilik qismlari mavjud. Ular xizmat ko'rsatadigan mikrotumanlarda uchastka profilaktika vakillari muhim funksiyalarni bajaradi.
Xorijga chiqishkelish va fuqarol ik boshqarmasining faoliyatida IIO faoliyatining ko'pqirraligi namoyon boladi. Unda pasport bo'limi eng katta tuzilmadir. Ishi muhim bo'lgan boshqa bo'limlar ham mavjud. Masalan: xorijiy fuqarolarni hisobga olisb va qayd etish bo'limi; O'zbekiston Respublikasiga kelish va xorijga chiqish bo'limi; «Toshkent» aeroportida xorijiy fuqarolarni hisobga olish va qayd etish bo'limi; operativ hisob bo'limi; «Shimoliy» temir yo'l vokzalida xorijiy fuqarolarni hisobga olish va qayd etish bo'limi; «Janubiy» vokzalda va «Toshken't» avtovokzalida xorijiy fuqarolarni hisobga olish va qayd etish bo'limi; tashkiliy-tahlil bo'linmasi; kanselariya.
Profilaktik xizmati bilan HVdagi barcha xizniatlar shug'ullanadi. Lekin alohida, mustaqil Huquqbuzarlikning oldini oUsh bosh boshqarmasi ham mavjud.
Huquqbuzariikning oldini olish bosh boshqarmasi uch bo'lim va devonxonadan iborat. Bu bo'limlar quyidagilar: profilaktika uchastka vakillarining ishiga rahbarlik bo'limi, ijtimoiy axloq sohasidagi qonunbuzarliklarning oldini olish bo'limi, voyaga yetmaganlar va yoshlar
orasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo'limlari. Aytib o'tilgan bo'limlar tarkibida ixtisoslashgan bo'linmalar mavjud. Masalan, voyaga yetinaganlar va yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo'limi o'z ichiga quyidagilami oladi: voyaga yetmaganlar ishi bo'yicha inspeksiya; voyaga yetmaganlarni qabul qilish - taqsimlash muas-sasalarining ishini va boshqa maxsus muassasalar bilan hamkorligini tashkil qilish guruhi; yoshiar orasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish guruhi; jamoatchilik bilan hamkorlik, istiqbolni aniqlash va tahlii guruhi; devonxona. Bunday tuzilish voyaga yetmaganlar orasida tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil qilishga imkon beradi.
Yo'l harakati xavfsizligi davlat xizmatiga katta vazifalar yuklangan. Avtomotransport vositalari sonining ko'payib borayotganligi va avtohalokatlar YHXDXning murakkab tuzilishini belgilab beradi. Ushbu boshqarmada quyidagi bo'limlar mavjud: yo'1-patrul xizmati; yo'l harakatini tashkil etish; texnik nazorat; targ'ibot va tashviqot; ma'muriy amaliyot; qidiruv va surishtiruv; tashkiliy-tahlil bo'limi va kanselariya.
YHXDXning asosiy ishi ko'chalar, maydonlar va boshqa jamoat joylarida o'tadi. Ushbu xizmatning «bosh figurasi» YHXDX nazoratchisidir. Hozirgi kunda YHXDX xodimlari tarkibini malakali kadrlar bilan to'ldirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida tegishli o'quv guruhlari tashkil qilingan.
Jinoyatlarning taxminan 65%ni ichki ishlar organlari tergovchilari tergov qilishadi. Ichki ishlar vazirligining eng qudratli tergov apparatiga ega ekanligi tasodif emas. IIV Tergov bosh boshqarmasi quyidagi tuzilmalardan tashkil topgan: nazorat-metodik bo' lim; yo'1 harakati hodisalari, yong'inlar va o't qo'yishlar bo'yicha jinoyatlar tergovini tashkil qilish bo'linmasi; umumiy tusdagi jinoyatlarni tergov qilish bo'limi; iqtisodiyotdagi o'ta xavfli va og'ir jinoyatlarni tergov qilish bo'limi; korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish bo'limi; kanselariya va surishtiruv bo'limi.
Tergovchi - mustaqil protsessual shaxs. Shuning uchun Tergov bosh boshqarmasidagi barcha ishlar tergovchilar tomonidan olib boriladi.
Ichki ishlar vazirligi tizimining murakkabligidan kelib chiqib, uning tarkibida Ijtimoiy va moliyaviy ta'minlash xizmati faoliyat ko'rsatadi.
Unga vazirning o'rinbosari rahbarlik qiladi. Bu xizmatning yetakchi bo'linmasi Moliya-iqtisod boshqarmasi dir. U vazirlikning barcha moliyaviy ishlarini yuritadi, loyihalar va smetalar ekspertizasini o'tkazadi, nazorat-taftish faoliyatini amalga oshiradi, mehnatga ish haqi, buxgalteriya hisobi va hisoboti masalalarini hal qiladi.
Ichki ishlar vazirligining Xo 'jalik boshqarmasi ichki ishlar organlarini avtotransport, moddiy texnika, qurollar bilan ta'minlash va ichki ishlar
organlari xodimtarining komrnunal-maishiy ishlari, maktabgacha tarbiya va bolalar muassasalarining xizmatini bajarish bilan shug'ullanadi.

Download 129.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling