1-idum majburiy blok (Ona tili) 1-variant 1


Download 90.13 Kb.
bet3/12
Sana18.12.2022
Hajmi90.13 Kb.
#1028543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
23-iyulga

27. Sho'rabashat shahri xarobalari qayerda joylashganligini aniqlang.
A) Afg’onistonda B) Farg’onada
C) Surxandaryoda D) Hindistonda
28. Qaysi yili O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo Hamdo’stligi (MOH) tashkilotiga asos olindi?
A)1995-yil B)1998-yil C) 1993-yil D) 2001-yil
29. Mezolit davriga oid O’zbekistondagi mufassal o’rganilgan manzilgohlarni aniqlang.
A) Obishir, Qo’shilish, Jarqo’ton
B) Teshiktosh, Ko’lbuloq
C) Zamonbobo, Sopollitepa, Jarqo’ton
D) Obishir, Qo’shilish, Machay
30. Qachon Abulxayrxon ,,O‘zbek ulusi“ deb atalgan davlatga asos soldi?
A) 1428-yilda B) 1431-yil
C) 1435-yilda D) 1439-yilda

Ona tili va adabiyoti 1-variant.
1. Qaysi gapda tovush o’zgarishi bilan yozilgan ot+ot tipidagi qo’shma sifat qatnashgan?
A) Bolalar ichida eng sheryuragi Odiljon edi.
B) Achchiq ko’z yoshlarin ichiga yutdi, Ilojsiz hayotning qo’lidan tutdi.
C) U o’zining shirinso’zligi bilan boshqalardan ajralib turardi.
D) Achchiqtosh xalq tabobatida keng qo’llanib kelingan.
2. Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so’z bilan shakldosh bo’la oladigan sodda yasama so’z mavjud emas?
A) Men yozgi ta’tilda “O’tkan kunlar” romanini o’qib chiqmoqchiman.
B) Dildan chiqqan kulgi umrni uzaytiradi.
C) Kuzning sovuq kunlari keldi-yu, yog’ini kelmadi.
D) Biz hovli to’ridagi o’yma naqshli eshikka qarab yurdik.
3. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog’liq xatolik bor?
A) “Qo’shiq – qalb mulki”, - dedilar ustozimiz.
B) “Yaxshi do’stni, deyiladi o’zbek xalq maqolida, - yomon kunda sinamoq kerak”.
C) Mahmud Koshg’ariy: “ Botir jangda, dono majlisda sinaladi”, - deb aytgandi.
D) “Millatlarni, elatlarni, - deydi ijodkor, - buyuk do’stlik birlashtiradi”.
4. Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so’zlar hyaqidagi to’g’ri ma’lumotni toping.
A) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan
B) Sodda yasama fe’llar otdan yasalgan
C) Sodda yasama sifat fe’ldan yasalgan
D) Sondan yasalgan sifat qatnashgan
5. Qaysi javobda yetakchi qismi yasama fe’l bo’lgan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi ravishdosh shaklida qo’llangan?
A) Ular bizni o’sha yerga borishimizni taqiqlab qo’yishgani uchun boshqa joyda o’ynashga qaror qildik.
B) Birovlarning oldida seni masxaralab tashlaydigan do’stlaringdan voz kech, bunday odamlardan hech qachon haqiqiy do’stlar chiqmaydi.
C) Biz sizning oldingizda kecha bo’lgan voqeaning asl mohiyatini anglab olgani keldik.
D) Onasining ovutishlaridan keyin biroz tinchib qolgan bola qandaydir o’yinchoqni o’ynash bilan ovora edi.
6. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?
A) Podsho vazir-u a’yonlar davrasida otdan tushib, tog’ bag’riga qarab yuribdi.
B) Uning qattiq qo’rqqanini ko’rib, gapirolmay, shoshkancha ko’chaga otildi.
C) “Maqtanayapti”, - demang, cho’l havosi yaxshi!
D) Yurtimizda 9 may xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi.
7. Qaysi gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’zda metonimiya usulida ma’no ko’chishi yuz bergan?
A) Anavi qora ko’ylak Mamatqulning o’g’li-ku! Aytsang, olib ketadi.
B) Bu ishimizni ko’rgan ko’zlar xursand bo’ladi, rahmatlar aytadi.
C) Akasining hovlisiga kirishi bilan oshrayhonning yoqimli hidi dimog’ini qitiqladi.
D) Do’stim, dasturxonga qarang, tortinmang, noz-ne’matlardan oling.
8. Olimlarni fikriga qaraganda, qulupnay buyrakdagi toshlarni yemirish xususiyatiga ega, shu bilan birga, u buyrakda tosh hosil bo’lishining yo’l qo’ymaydigan tabiiy omillardan biri hisoblanadi.Ushbu gapdagi uslubiy jihatdan noto’g’ri qo’llangan qo’shimchalar sonini aniqlang.
A) 4ta B) 1ta C) 3ta D) 2ta
9. Qaysi gapda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud?
A) Yo’l yoqasidagi azim yong’oqlar, sizlar ham yaxshi qoling.
B) Xalqimiz uchun o’sha davrlarda bunday tushunchalar butunlay yot edi.
C) Bu kasallikning davosini toppish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda.
D) Mevasini ko’tarolmagan shoh qarsillab sindi.
10. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko’rsatilgan so’zlarning asoslari o’zaro shakldosh bo’la oladi?
A) U eshikning chiroyli shisha tutqichini avaylabgina ushlab ko’rardi. Oradan biroz vaqt o’tgach xonaga tutqunni olib kirishdi.
B) Uning tushkun kayfiyati atrofdagilarga ham ta’sir qilayotgan edi. Bog’da ishlayotganlar allaqachon tushlikka chiqishgan.
C) Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi. Bolakay mevazor bog’da aylanib yurdi.
D) Otlar kelishik qo’shimchalari bilan turlanadi. Anjumanda turli millat vakillari ishtirok etayotgan edi.
11. Qaysi gapda ham tub, ham yasama mavhum otlar ishtirok etgan?
A) Hunaringni ishga solib did bilan chiroyli bino solib bersalaring, bas.
B) Vatanimga qaytgach, vujudimni quvonch, shukronalik hislari chulg’ab oldi.
C) Hayo qalbning haqiqiy oynasidir.
D) Yalqovlik muhtojlikka olib keladi.
12. Qaysi gaplar juftligida berilgan -siz shaxs-son qo’shimchasi har ikki o’rinda ko’plik ma’nosini ifodalab kelgan?
A) Kech bo’lib qoldi, qani, turinglar, yigitlar, endi ketasiz. Akramjon, siz hammasini yig’asiz, keyin birga jo’naymiz.
B) Nimaga qarab turibsiz, hammangiz o’z ishingizni davom ettiring. Shunaqa ham uxlaysizmi, turinglar, tush bo’lib ketdi-yu.
C) Hozir mana bu rasmni chizasiz, o’g’lim, keyin ikkovlashib kamchiligini to’ldiramiz. “Siz ham menga juda yoqasiz”, - dedi ustozga.
D) Nimaga bitta o’zingiz turibsiz, qolgan yigitlar qani? Oyijon, bugun siz ham borasizmi, iltimos, bora qoling.
13. Tuproq to’shagida yotgan ko’p ko’rdim, Qaro yer bag’riga botgan ko’p ko’rdim. Ushbu gapdagi qo’shimchalar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotni aniqlang.
A) Faqat bitta so’z tarkibida ikkita munosabat shakli qo’shimchasi qatnashgan
B) Egalik qo’shimchasi faqat bitta so’z tarkibida qatnashgan
C) Ushbu gapda shakl yasovchi qo’shimcha ta’sirida so’z imlosida bir unlining tushib qolishi kuzatiladi
D) Ot yasovchi qo’shimcha ta’sirida tovush o’zgarishi bilan yozilgan so’z qatnashgan
14. Qaysi gapda ko’makchini unga ma’nodosh bo’lgan kelishik qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin?
A) Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman.
B) U mumtoz qo’shiqlarni zavq bilan kuylardi.
C) U do’stining gaplarini diqqat bilan eshitdi.
D) Xatni olib, ko’k qalam bilan ostiga chizgan satrlarni o’qidi.
15. Qaysi gapdagi so’zlar imlosida ro’y bergan tovush o’zgarishlari faqat turlovchi qo’shimchalar ta’sirida yuzaga kelgan?
A) Qalb qiynog’i og’ir bo’ladi, ko’nglingizni ezib qo’yadi, shuning uchun pushaymon bo’ladiganb ishlarga yo’l qo’ymang.
B) Ikkala qiz ham og’zini ochmay jim o’tirishar, bunisi ham, unisi ham miq etmasdi.
C) Shundan ehtiyot bo’lingki, odamning ko’ngli guldan ham nozik bo’ladi, shuning uchun odamlar ko’ngli bilan hazillashmang.
D) Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar, To’rtovlon tugal bo’lsa, ko’kdagini undirar.
16. Qaysi gapda otga xos bo’lgan lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha qatnashmagan?
A) Xalqimizda farzandga nisbatan: “O’nta bo’lsa, o’rni boshqa”, - degan maqol bejiz aytilmagan, chunki o’zbek xalqi juda bolani sevadigan xalq sanaladi.
B) Dilbar kelinchakning ko’ksida g’ulu, Zardoli shoxiga tashlar ko’z qirin.
C) Qalbi quvonchga to’lgan kishilar xushbaxtdir, oyoq kiyim kiygan kishi uchun yerlar teri bilan qoplanganday emasmi?
D) Hovlida koptok o’ynayotgan bir to’da bolalar yoniga borib birpas ularni tomosha qilib turdi.
17. Qaysi gapda qatnashgan yasama fe’l va yasama otning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega?
A) Yog’ayotgan yomg’ir tomchilari ajib ohang bilan derazani tiqillatib chertar edi.
B) Kimki farog’atli kunni istasa, u fe’l-atvorini sozlash lozim.
C) Begona bilan quyon ovlama, Ovlasang ham, otini yoningga bog’lama.
D) Ona yuzin qoplar g’am, chimirgancha qoshini, Asta suyar qo’liga oppoq sochli boshini.
18. Do’stlikni e’zozlashning zarur sharti do’stlar bilan uchrashib turishdir. Ushbu gapda ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar soni nechta?
A) 3ta B) 4ta C) 6ta D) 5ta
19. Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi. Ushbu gapda tarkibi faqat til undoshlari va unlilardan iborat bo’lgan nechta so’z qatnashgan?
A) 2 B) 4 C) 3 D) 1
20. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til undoshlariga mansub bo’lgan sifatlarni aniqlang.
1) yig’ma; 2) tushuncha; 3) qishki: 4) qaqshatqich:
5) tortinchoq: 6) ostki
A) 3,5,6 B) 2,4,5 C) 1,3,4 D) 3,4,6
21. Quyida berilganlardan so’z tarkibi ot+so’z yasovchi qo’shimcha+ lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha + sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha tartibida joylashmagan so’zlar ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) she’rxonlarning; 2) bilimdonliging; 3) qayg’urishdi;
4) bostirmada: 5) tushirtirmoq: 6) ranjitdi
A) 1,2,4 B) 1,3,5 C) 3,5,6 D) 2,4,5
22. Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan so’z birikmasida tobe qismi kelishik qo’shimchasi bilan shakllanmagan?
A) Havo birdan sovidi-yu, sharros yomg’ir yog’a boshladi.
B) U kishi yolg’onni haqiqatdan farqlay olar edi.
C) Nosirjon qayoqqa yurishini bilmay qolgan edi, kimdir uni chaqira boshladi.
D) Men ham shunga ko’ngan edim, Menga shu ham yetardi.
23. Qaysi javobda “Ravshan” dostoni voqealari bayoni to’g’ri berilgan?
A) Go’ro’g’li Gulanorni Ravshanbekka so’rab kelganida Avazxon bundan juda xursand bo’ladi, ammo Ravshanbek Avazxon va uning qizini o’ziga teng ko’rmaydi.
B) Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersak polvonlar Ravshanxon Shirvon elda o’g’il tutingan kampirning o’z farzandlari bo’lib, Qoraxon podsho ulardan juda qo’rqar edi.
C) Zulxumor Ravshanxonning ahvoli haqida ota-onasiga xat bitadi, uni mayna qushning bo’yniga mahkam bog’lab, qushni uchirib yuboradi va mayna qush ham kelib Xon Dallining qo’liga qo’nadi.
D) Ravshanxonning zindonda yotganini eshitgan Go’ro’g’li G’irko’k otini minib, yo’lga chiqadi va uch oylik yo’lni yigirma kunda bosib o’tib, nevarasini dor ostidan qutqarib oladi.
24. Raviy undosh tovush bilan ifodalangan mutlaq qofiyali baytni toping.
A) Mehnat-u alamlarga mubtalo, Uvaysiyman, Qayda dard eli bo’lsa, oshno Uvaysiyman.
B) Qaysi gulning men kibi bir andalib zori bor? Qaysi bulbulning seningdek bir guli bexori bor?
C) Sipehri husn ichinda moh, sen-sen, Zamona xo’blarga shoh, sen-sen.
D) Bo’lmasa jinsi jamolingg’a xaridor oftob,
Ne uchun zarpo’shlig’lar aylar izhor oftob.
25. Qaysi baytda tanosub, tashxis va husni ta’lil she’riy san’atlari qo’llangan?
A) Sendek menga bir yori jafokor toipilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.
B) Hech kim mendek, ilohi, yoridin ayrilmasun, Mehribon munis o’shal dildoridan ayrilmasun.
C) Boshimg’a yoqqan g’am toshi mingdin biricha bo’lmag’ay,
Gardun agar ming Besutun yog’dursa farhod ustina,
D) Labingdin chun suchuklik qand o’g’urlar,
Solurlar el ani suvg’a yalang’och.
26. Anvar Obidjon qaysi she’rida yurtimiz – Turonzamin tarixida kechgan xatarli va sharafli hodisalarning ko’pchiligi tarix kitoblari, solnomalarda “tarixiy voqea” deb atalishini yodimizga solar ekan, birdan bugungi O’zbekiston hayotiga shu nuqtayi nazardan qarab ko’rishni taklif qiladi?
A) “Vatanjon” she’rida B) “Yer” she’rida
C) “Tinch kunlar” she’rida
D) “Hayotning har lahzasi go’zal” she’rida
27. “Shayx Sa’diy” voqeasining hissasini toping.
A) Ustiga kitob ortilgan eshak,
Na olim va na donodir beshak.
B) O’z qabohatini ko’rgan kishining o’zgalarning qabohatlarini ko’rmakka vaqti bo’lmas.
C) Erta kun arpaga zor bo’lmay desang,
Bukun ek, shoyadki, bug’doy non yesang.
D) Arablarda bir so’z bordir, yaxshi boq,
Odobsiz boladan yo’g’i yaxshiroq.
28. Musa Jalilning qaysi asari butun mamlakatda katta dovruq qozonadi va davlat mukofoti bilan taqdirlanadi?
A) “Oltin soch” B) Okopdan xatlar”
C) “Ordenli millionerlar” D) “Xat tashuvchi”
29. “Mahbub ul-qulub”da Navoiy:”…hodisalar to’la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo’ladi va insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirishga ham bo’ladi”, - deya ta’rif qilgan narsa nima?
A) yaxshilik B) yumshoq ko’ngillilik
C) saxovat D) izzat-hurmat
30. Qaysi asarda mahallalarga chayon solig’ini solgani, odamlarni chayon zahri bilan o’ldirgani aytilgan?
A) “Yulduzli tunlar” B) “Zulmat ichra nur”
C) “O’tkan kunlar” D) “Ulug’bek xazinasi”

Download 90.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling