1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq nima? Ijara shartnomasi


Pudrat shartnomasi bo’yicha ishning bahosi to’g’risidagi qoidalarni to’liq tahlil qiling


Download 168.3 Kb.
bet13/51
Sana26.01.2023
Hajmi168.3 Kb.
#1125344
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51
Bog'liq
Fuqarolik huquqidan javoblar

23. Pudrat shartnomasi bo’yicha ishning bahosi to’g’risidagi qoidalarni to’liq tahlil qiling
632-modda. Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishlar Pudrat shartnomasi ashyoni tayyorlash yoki uni qayta ishlash (ishlov berish) yoxud boshqa ishni bajarib, natijasini buyurtmachiga berish yoki boshqacha tarzda topshirish haqida tuziladi. Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ish pudratchining materiallari, uning kuchi va mablag‘lari hisobidan bajariladi. Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachining topshirig‘ini bajarish usullarini pudratchi mustaqil belgilaydi. Pudratchi o‘zi bergan materiallar va uskunalarning sifati tegishli darajada bo‘lmaganligi uchun, shuningdek uchinchi shaxslar huquqlari bo‘lgan materiallar va uskunalarni berganligi uchun javobgar bo‘ladi. Pudrat shartnomasi (rus. podryad — bir yoʻla) — fuqarolik-huquqiy bitim, unga koʻra, bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirigʻiga binoan, muayyan ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi. Buyurtmachi esa, ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq toʻlash majburiyatini oladi. Oʻzbekiston Respublikasida Pudrat shartnomasining maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyiha va qidiruv ishlari pudrati, ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati singari alohida turlari bor. Pudrat shartnomasi buyumni tayyorlash yoki qayta ishlash yoxud boshqa ishni bajarib, uning natijalarini buyurtmachiga topshirish borasida tuziladi. Buyum tayyorlash uchun tuzilgan Pudrat shartnomasi boʻyicha pud-ratchi buyumga boʻlgan huquqni buyurtmachiga beradi. Agar shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, pudratchi buyurtmachining topshirigʻini bajarish usullarini oʻzi belgilaydi. Agar Pudrat shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ish pudratchining qaramogʻida — uning materiallaridan, uning kuchi bilan va vositalaridan foy-dalangan holda bajariladi. Pudratchi oʻzi bergan materiallar va uskunalarning sifatiga, shuningdek, uchinchi shaxslarning huquqlari boʻlgan materiallar va uskunalarni berganligi uchun javob beradi. Agar qonun yoki Pudrat shartnomasidan pudratchining shartnomada nazarda tutilgan ishni shaxsan bajarish majburiyati kelib chiqmaydigan boʻlsa, pudratchi oʻz majburiyatlarini bajarish uchun boshka shaxslar (subpud-ratchilar) ni jalb qilishga haqlidir. Bu hodda pudratchi bosh pudratchi vazi-fasini bajaradi. Pudrat shartnomasiga oid huquqiy holatlar Oʻzbekiston Respublikasi FKda bayon qilingan.

Download 168.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling