1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya


Download 109.3 Kb.
bet4/5
Sana18.12.2022
Hajmi109.3 Kb.
#1030293
1   2   3   4   5
Bog'liq
507 09.08.2021

T/r

Tashkilot nomi

Taqdim etiladigan ma’lumotlar

Amalga oshirish muddati

1.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

1. Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari milliy bazasi (ish.mehnat.uz) veb-sayti bilan integratsiya qilish.

Bir oy muddatda

2. Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatadigan onlayn to‘garaklarni tashkil etish.

Bir oy muddatda

3. Kasbga o‘rgatadigan o‘quv qo‘llanmalari va videomateriallarni yuklab borish.

Har o‘n besh kunda

4. “Ishga marhamat” monomarkazlari va o‘quv markazlari manzillari, ulardagi o‘quv kurslari va ularning muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab borish.

Har oyda

5. Hududlar kesimida ishsiz ayollar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

2.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, AT Xalq banki, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

1. Tadbirkor ayollarning motivatsion maqola va videodarslarini yuklab borish.

Har oyda

2. Tadbirkor xotin-qizlar statistikasini yuritish maqsadida ularning ro‘yxatini shakllantirib, yuklab borish.

Har chorakda

3. Xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun tayyor biznes namunalarni (elektron kitoblar, audio va videoqo‘llanmalar, biznes g‘oyalari) yuklab borish.

Har oyda

3.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

1. Platforma orqali huquqiy maslahat so‘rab qilingan onlayn murojaatlarni qabul qilib, zarur maslahatlarni berib borish.

Doimiy

2. Xotin-qizlar huquqlari, jumladan, homiladorlik va tug‘ish ta’tillariga chiqish, ijtimoiy nafaqalar olish, pensiyaga chiqish, tadbirkorlikni boshlashda xotin-qizlarga berilgan imtiyozlar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni yoritib borish.

Har oyda

4.

O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi

1. Platforma orqali tibbiy maslahat so‘rab qilingan onlayn murojaatlarni qabul qilib, zarur maslahatlarni berib borish.

Doimiy

2. Erta tug‘ruqlar haqidagi statistik ma’lumotlarni yuklab borish.

Har oyda

3. Tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi ma’lumotlar, videomateriallarni yuklab borish.

Har oyda

5.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi

1. Platforma orqali psixologik maslahat hamda zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalanish maqsadida yordam so‘rab qilingan onlayn murojaatlarni qabul qilib, zarur maslahatlarni berib borish.

Doimiy

2. Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga murojaat qilgan xotin-qizlar haqidagi statistik ma’lumotlarni yuklab borish.

Har oyda

3. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashining oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga huquqiy, psixologik, tibbiy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha maslahatlar, videoroliklar va ko‘rsatmalar yuklab borish.

Har o‘n besh kunda

6.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

1. Platforma orqali “Ayollar daftari”ga kiritish va chiqarish masalalari bo‘yicha qilingan onlayn murojaatlarni qabul qilib, zarur maslahatlarni berib borish hamda muammolarni hal etish.

Doimiy

2. Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olishga platforma orqali onlayn murojaatlar qabul qilish.

Har yili 30-maydan 8-iyunga qadar

3. Xotin-qizlarning manfaatlariga qaratilgan loyihalar haqidagi ma’lumotlar, normativ-huquqiy hujjatlarda xotin-qizlarga berilgan imtiyozlar haqidagi ma’lumotlarni yuklab borish.

Har haftada

4. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sovrindorlari, tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab borish.

Doimiy

5. “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni sovrindorlari soni, ko‘krak nishoni olish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab borish.

Doimiy

6. “Mahalla iftixori” va “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini ol�an xotin-qizlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab borish.

Doimiy

7. Mamlakatda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va oila institutini mustahkamlash yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar, bu borada qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab berish.

Har o‘n besh kunda

8. Rahbarlikka zaxiraga olingan xotin-qizlar to‘g‘risida ma’lumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

7.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Platforma orqali xotin-qizlarni imtiyozli uy-joy bilan ta’minlash va boshqa taalluqli masalalarda qilingan onlayn murojaatlariga zarur maslahatlarni berib bo�ish hamda muammolarni hal etish.

Doimiy

2. Davlat mukofoti sovrindorlari (Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sovrindorlaridan tashqari) bo‘lgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab borish.

Doimiy

8.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Platformaga oilaviy qadriyatlar, er-xotinlik munosabatlari va farzand tarbiyasiga oid videolavhalarni, madaniy tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda badiiy adabiyotlarni yuklab borish.

Har oyda

9.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi

Platformaga jismoniy tarbiya va sportga xotin-qizlarning keng qatlamlarini jalb qilish, sog‘lom turmush-tarzini, yosh avlodni jismonan sog‘ bo‘lishini, oilaviy sportni targ‘ib qiluvchi videomateriallar va qo‘llanmalarni yuklab borish.

Har oyda

10.

Oliy attestatsiya komissiyasi

1. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bo‘lgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab borish

Har chorakda

2. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi bo‘lgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

11.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘quvchi qizlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab borish.

Har olti oyda

2. Iqtidorli (respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlarda faxrli o‘rin olgan va boshqa yutuqlarga erishgan) qizlar to‘g‘risida ma’lumotlarni yuklab borish.

Har olti oyda

12.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

1. Oliy ta’lim muassasalaridagi talaba xotin-qizlar soni haqidagi ma’lumotlarni yuklab borish.

Har olti oyda

2. O‘rta maxsus, professional muassasalardagi o‘quvchi xotin-qizlar soni haqidagi ma’lumotlarni yuklab borish.

Har olti oyda

3. Iqtidorli (respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlarda faxrli o‘rin olgan va boshqa yutuqlarga erishgan) qizlar to‘g‘risida ma’lumotlarni yuklab borish.

Har olti oyda

13.

Davlat statistika qo‘mitasi

1. Umumiy aholi soni, shundan xotin-qizlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan:
0 — 2; 3 — 6; 7 — 17; 18 — 30; 31 yosh va undan yuqori;
16 — 54 yoshdagi xotin-qizlar;
55 va undan yuqori yoshdagi xotin-qizlar.

Har yilning iyun oyida

2. Oilalar soni.

Har yilning iyun oyida

3. “Gender.stat.uz” elektron platformasi bilan integratsiya qilish.

Doimiy

14.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi

1. Qayd etilgan erta nikohlar soni (hokim qaroriga asosan nikoh yoshi qisqartirilgan) to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

2. Nikohdan ajralgan�ik qayd etilgan oilalardagi voyaga yetmagan bolalar soni to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

3. 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida qayd etilgan nikohdan ajralishlar soni to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

4. 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida qayd etilgan nikohlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab borish.

Har chorakda

5. Oilaviy ajralishlar, tuzilgan nikohlar va tug‘ilganlik haqidagi statistik ma’lumotlarni yuklab borish (qayd etilgan tug‘ilish, nikoh va ajralishlar qiyosiy).

Har oyda

15.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Ikki oy muddatda

16.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1. Ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar (shuningdek jinoyatda ishtirok etgan xotin-qizlar) haqidagi statistik ma’lumotlarni yuklab borish.

Xar oyda

2. Xotin-qizlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar haqidagi statistik ma’lumotlarni yuklab borish.

Xar oyda

3. JIEMdan qaytgan xotin-qizlar haqidagi statistik ma’lumotlarni yuklab borish.

Xar oyda

4. Probatsiya hisobida turganlar (ayollar) haqidagi statistik ma’lumotlarni yuklab borish.

Xar oyda

5. Himoya orderi berilgan xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlarni yuklab borish.

Xar oyda

6. Uzoq muddatga xorijiy davlatlarga ketganlar hamda kelgan xotin-qizlar haqidagi statistik ma’lumotlarni yuklab borish.

Xar oyda

7. Notinch oilalar/jinoyatchilikka moyilligi borlar haqidagi statistik ma’lumotlarni yuklab borish.

Har oyda

17.

AT Xalq banki

Download 109.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling