1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya
“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi (keyingi o‘rinlarda
Download 109.3 Kb.
|
507 09.08.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasidan foydalanuvchilar
“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy platforma) — davlat organlari va tashkilotlarining xotin-qizlarga oid ma’lumotlar, axborot tizimlari, axborot resurslari va boshqa axborot manbalaridagi statistik ma’lumotlarini o‘zida jamlovchi, tahlil qiluvchi va qayta ishlovchi, ma’lumot beruvchi yagona axborot tizimi;
“Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasidan foydalanuvchilar — davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo elektron so‘rovlarni yuborish va ushbu so‘rovlar asosida tegishli ma’lumotlarni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslari, ochiq kontentdan foydalanuvchilar; axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki va ma’lumotlar bazasi; axborot tizimi — axborotlarni to‘plash, saqlash, qidirish, ishlash va ulardan foydalanish imkonini beradigan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan yig‘indisi; idoralararo elektron so‘rov — davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumot bor bo‘lgan boshqa davlat organlari va tashkilotlarga elektron shaklida yuborilgan ma’lumotni taqdim etish to‘g‘risidagi talabi; Oldingi tahrirga qarang. texnologik yo‘riqnoma — Milliy platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlaridan idoralararo elektron so‘rovlar orqali ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha o‘zaro elektron hamkorlik tartibi, ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar, shakl va muddatlarini ifoda etuvchi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadigan idoraviy hujjat. (2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son) Oldingi tahrirga qarang. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi Milliy platformani ishlab chiqish va joriy etish loyihasi buyurtmachisi hisoblanadi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son) 4. Quyidagilar Milliy platformaning asosiy vazifalari hisoblanadi: axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda, tezkor tahliliy ma’lumotlardan samarali foydalanish va bu orqali davlat organlarining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid faoliyatining samaradorligini oshirish; vazirlik va idoralardan xotin-qizlar bilan bog‘liq ma’lumotlar tezkor yig‘ilishi va real vaqt rejimida tahlil qilinishini ta’minlash; xotin-qizlarning ta’lim olishlariga ko‘maklashish; xotin-qizlarni turmushga tayyorlash, ularda farzand tarbiyasiga oid ko‘nikmalarini shakllantirish; xotin-qizlarni turli tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish; xotin-qizlar, shu jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etishga yordam berish; xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga ko‘maklashish; xotin-qizlarning o‘z huquqlarini ta’minlanishi bo‘yicha murojaat qilishlari uchun yanada qulayliklar yaratish; oilalarning mustahkamligini ta’minlash, ajralishlarning oldini olish; xotin-qizlar bo‘yicha yuritilayotgan statistik hisobotlarning haqqoniyligini ta’minlash va yagona tizimini yaratish; Respublika va hududiy xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining faoliyatini keng ommaga yetkazish. 2-bob. Milliy platformadan foydalanish 5. Milliy platformaga ma’lumotlarni taqdim etish tartibi har bir davlat organi va tashkilotining axborot tizimlari va axborot resurslaridan kelib chiqib, ularni Milliy platformaga integratsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqiladigan texnologik yo‘riqnomalar bilan belgilanadi. 6. Texnologik yo‘riqnomalar O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda, Milliy platformaga integratsiya qilinadigan axborot tizimi yoki axborot resursi egasi bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tasdiqlanadi. 7. Milliy platforma uchun kerakli ma’lumotnoma va klassifikatorlar “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimida yuritiladi. Bunda davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘zlarining axborot tizimlarida va axborot resurslarida “Elektron hukumatning ma’lumotnoma va klassifikatorlar registri” axborot tizimida joylashtirilgan ma’lumotnoma va klassifikatorlaridan foydalanishlari shart. 8. Milliy platforma foydalanuvchilarining vazifalari quyidagilardan iborat: a) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi: Milliy platformaga egalik qiladi, uning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi; Milliy platformada ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari jamlanadigan hamda tahlil etiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini shakllantiradi va ularni taqdim etish davriyligini belgilaydi; b) davlat organlari va tashkilotlari: Milliy platformaga jamlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni belgilangan ro‘yxatga va muddatlarga muvofiq elektron hamkorlik orqali taqdim etadi yoxud tizimga doimiy ravishda kiritishni ta’minlaydi; taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi, haqqoniyligi va dolzarbligini ta’minlaydi. 3-bob. Milliy platforma orqali ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish 9. Milliy platforma orqali ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. 10. Davlat organlari va tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlaydi. 11. Milliy platformada jamlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning davlat organlari va tashkilotlari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi so‘roviga asosan taqdim etilishini ta’minlaydi. 12. Milliy platforma bilan idoralararo elektron hamkorlik qilish talablarini ishlab chiqish orqali davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan elektron hamkorlikni bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlaydi. Oldingi tahrirga qarang. 13. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda tasdiqlangan ma’lumotlar to‘plami asosida ma’lumotlarni Milliy platforma orqali yig‘adi va tahlil qiladi. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son) 14. Milliy platforma doirasida idoralararo elektron so‘rovlarni yuborish, qayta ishlash va qabul qilishni avtomatlashtirish uchun davlat organlari va tashkilotlarning tegishli ma’lumot va axborotlar mavjud bo‘lgan axborot tizimlari va resurslari “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va markazlashgan ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinadi. 15. Davlat organlari va tashkilotlari mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq ma’lumotlar va axborotlarni Milliy platformadagi idoralararo elektron o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlaydi. 16. Idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarni o‘z ichiga olgan idoralararo elektron so‘rovlar hamda tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 4-bob. Idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshirishda tegishli ma’lumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlarining huquq va majburiyatlari 17. Idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq ro‘yxatda belgilangan tegishli ma’lumotni Milliy platforma doirasida boshqa axborot tizimiga taqdim etish uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlardan ma’lumotlarni so‘rash va qabul qilishga haqli. Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 18. Davlat organlari va tashkilotlari axborot ta’minotida Milliy platformadan foydalangan holda, o‘zaro elektron hamkorlikning texnologik yo‘riqnomaga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshiradi: o‘z axborot tizimlari va resurslarining Milliy platformaga integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha veb-xizmatlarni ishlab chiqadi hamda ularning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi; Milliy platformaga ulangan axborot tizimlari va axborot resurslari dasturiy va texnik vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi; Milliy platformadan foydalangan holda ma’lumotlarni qabul qiladi, tahlil qiladi va taqdim etadi; Milliy platformadan foydalangan holda taqdim etilayotgan ma’lumotlarning dolzarbligini va to‘g‘riligini ta’minlaydi; texnologik yo‘riqnoma talablariga muvofiq ma’lumotlarni belgilangan formatlarda va shaklda taqdim etadi. 19. Idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari so‘ralgan ma’lumotlarni to‘liq hajmda taqdim etishlari, shuningdek, ularning ishonchliligini ta’minlashi shart. 20. Milliy platformadan foydalanuvchilar idoralararo elektron hamkorlik doirasida jo‘natiladigan va qabul qilinadigan hujjat va ma’lumotlarning belgilangan tartibda saqlashi va himoyasini ta’minlashi shart. 21. Davlat organlari xodimlariga idoralararo elektron hamkorlik orqali ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni, jismoniy shaxsning shaxsiy hayoti, yuridik shaxsning faoliyatiga doir ma’lumotlarni, ularning yozma roziligisiz, shuningdek, qonun himoyasidagi boshqa sir va ma’lumotlarni oshkor etishga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar 22. Milliy platformadan foydalanuvchilar davlat organlarining idoralararo elektron so‘rovlari yuzasidan so‘ralgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish uchun javobgardir. 23. Idoralararo elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari Milliy platforma orqali taqdim etiladigan ma’lumotlarning haqiqiyligi uchun javobgardir. 24. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi. “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish SXEMASI Oldingi tahrirga qarang.
Download 109.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling