1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi


Download 59.88 Kb.
bet2/2
Sana12.10.2023
Hajmi59.88 Kb.
#1699695
1   2
Bog'liq
490 29.09.1994

TURLARI VA MIQDORLARI
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
Qo‘shimcha to‘lovlar quyidagilarga belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 50-51-son, 540-modda)
2. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari, shifokorlar malakasini oshirish institutlari va tibbiyot fakultetlarining professor-o‘qituvchilariga sog‘liqni saqlash idoralarining klinikalari va klinik baza bo‘lgan boshqa muassasalarida davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha haq to‘lanadi:
kafedra mudirlari, professorlar va dotsentlarga — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida;
assistentlarga — lavozim maoshining 25 foizi miqdorida.
Shu toifadagi xodimlarga — bemorlarni operatsiya qiluvchi jarrohlarga, operativ faoliyatni, reanimatsiya tadbirlarini va jadal terapiya usullarini qo‘llovchi anesteziolog va reanimatologlarga, davolash tadbirlarini amalga oshiruvchi endoskopchilarga qo‘shimcha to‘lovlar ularning lavozim maoshining 25 va 30 foizi miqdorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ta’lim muassasalarining chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilariga qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarida — lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 30 foizi miqdorida, qolgan ta’lim muassasalarida — bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 15 foizi miqdorida oylik ustamalar belgilanadi, bunda quyidagilar majburiydir:
asosiy ishidan ajralgan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur bo‘yicha belgilangan tartibda malaka oshirish;
tegishli ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat olib borish uchun zarur malaka va chet tilini bilishni aniqlash bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlaridan o‘tish. Test sinovlarini o‘tkazish tartibi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi;
malaka oshirish to‘g‘risidagi davlat namunasidagi sertifikat mavjudligi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar tarkibiga (chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno), shu jumladan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘quv mashg‘ulotlari olib boruvchi professor-o‘qituvchilar tarkibiga chet tilida ayrim maxsus o‘quv fanlarini o‘qitganlik uchun fanni o‘qitish kursining davomiyligiga va chet tilini o‘qitish kasb mahoratiga qarab budjet mablag‘lari hisobiga ularning lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorining) 25 foizidan 40 foizigacha bo‘lgan miqdorda oylik ustamalar belgilanadi.
Shtatdagi professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun chet tilida o‘quv fanini o‘qitish kursining davomiyligi bir semestrda kamida 36 soatni tashkil etishi kerak.
Professor-o‘qituvchilar tarkibining lavozim maoshlariga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ustamalar tegishli fakultetlarning dekanlari taqdimnomalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 16-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-dekabrdagi 312-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 50-51-son, 540-modda)

Download 59.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling