II. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
FHDY organlari faoliyatiga tatbiq etish
8.
|
Fertil yoshdagi ayollarni hisobga olish va homiladorlikni uning erta bosqichlaridan bola tug‘ilgunga qadar hisobini yuritish bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish.
Ushbu tizimning “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiyalashuvini ta’minlash.
|
Tadbirlar rejasi
|
2018-yil dekabr
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
|
9.
|
Tug‘ilish va o‘lish to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini o‘z vaqtida qayd etish maqsadida axborotni tezkorlik bilan ayirboshlash uchun FHDY, ichki ishlar va sog‘liqni saqlash organlarining elektron tizimlarini integratsiyalash
|
Tadbirlar rejasi
|
2018-yil dekabr
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
|
10.
|
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish maqsadida FHDY organlari o‘rtasida so‘rovlarni jo‘natish va ularga o‘z vaqtida javob olish uchun “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini takomillashtirish.
|
Tadbirlar rejasi
|
2018-yil sentyabr
|
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
|
11.
|
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimi yaratilgan paytdan (XIX asr) boshlab hozirgi vaqtgacha saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini (dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 60 milliondan ko‘proq yozuvlar) raqamlashtirish hamda FHDYning yagona elektron arxiv fondini shakllantirish, uni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiyalash.
|
Tadbirlarni tashkillash-tirish
Raqamlashti-rish va integratsiya-lashni yakunlash
|
2018-yil avgust
2021-yil dekabr
|
Adliya vazirligi
|
12.
|
Elektron to‘lov tizimi orqali davlat boji, davlat yig‘imlari va boshqa to‘lovlarning elektron (mobil) to‘lovi imkoniyatlarini kengaytirish
|
Tadbirlar rejasi
|
2018-yil sentyabr
|
Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi
|
13.
|
Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali nikohni qayd etishga ariza berish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish
|
Tadbirlar rejasi
|
2019-yil yanvar
|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi
|
14.
|
Tug‘ilish, o‘lish, nikoh, ajralish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkorlik bilan ayirboshlash uchun FHDY, sog‘liqni saqlash va davlat statistika organlarining elektron tizimlarini integratsiyalash
|
Tadbirlar rejasi
|
2018-yil sentyabr
|
Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi
|
|