1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]


III. FHDY organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash va faoliyat samaradorligini ta’minlash


Download 83.16 Kb.
bet4/4
Sana10.03.2023
Hajmi83.16 Kb.
#1257731
1   2   3   4
Bog'liq
PQ-3785 12.06.2018

III. FHDY organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash
va faoliyat samaradorligini ta’minlash


15.

FHDY bo‘limlari tuman (shahar) hokimliklari ixtiyoriga o‘tishi munosabati bilan FHDY bo‘limlarining mudirlarini attestatsiyadan o‘tkazish.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil iyul

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Psixologik fanlar va yuridik faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa fan va ko‘nikmalar (stressni boshqarish, ixtiloflarni boshqarish, ish vaqtini samarali tashkil etish)ga o‘qitib-o‘rgatish bo‘yicha fanlar joriy etilishini nazarda tutgan holda FHDY organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil iyul

Adliya vazirligi

17.

FHDY organlari uchun yagona logotipni tasdiqlash.

Qo‘shma qaror

2018-yildekabr

Xotin-qizlar qo‘mitasi, Adliya vazirligi

18.

FHDY organlari xodimlarining yagona forma libosiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish.

Qo‘shma qaror

2018-yil dekabr

Xotin-qizlar qo‘mitasi, Adliya vazirligi

IV. FHDY organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

19.

“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimining ish samaradorligini va tezkorligini oshirish maqsadida fuqarolik holati dalolatnomalarini raqamlashtirish, idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish uchun zarur bo‘lgan skanerlash qurilmalari, server va boshqa uskunalarni, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlarni xarid qilish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil sentyabr

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, DBQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi

20.

Buxoro shahrida nikoh uyi, Sho‘rchi, Sayxunobod tumanlarida va Olmaliq shahrida FHDY bo‘limlari qurilishini tugallash

Tadbirlar kompleksi

Belgilangan muddatlarda

Adliya vazirligi

21.

Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarining adliya bo‘limlarini, davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarini joylashtirish uchun binolar, shuningdek, Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga zamonaviy kutubxona binosini qurish, bunda, istisno tariqasida, 2018-yilning 1-sentabriga qadar qurilish-montaj ishlarini ayni vaqtda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan birgalikda olib borishga ruxsat etiladi va obyektlar qurilishi doirasida Jizzax viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib; “ASILBEK POWER PROJECT” MChJ — bosh loyiha tashkiloti etib; “Yangi Avlod Qurilish Invest” MChJ — bosh pudrat tashkiloti etib tayinlandi.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil sentyabr

Jizzax viloyati hokimligi, Adliya vazirligi

LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima..
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son qaroriga
2-ILOVA
Qayd etilmagan tug‘ilganlik, o‘lim holatlarini aniqlash bo‘yicha hududiy komissiyalarning
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Tuman (shahar) hokimi — komissiya rahbari
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i — komissiya rahbari o‘rinbosari
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar) bo‘yicha Xalq qabulxonasi mudiri
4. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo (tuman, shahar) sudi raisi
5. Tuman (shahar) prokurori
6. Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
7. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi bosh vrachi
8. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i
9. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i
10. Tuman (shahar) statistika bo‘limi boshlig‘i
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
12. Tuman (shahar) bosh imom-xatibi (kelishuv bo‘yicha)
13. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari (kelishuv bo‘yicha)
14. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman (shahar) bo‘linmasining raisi
15. Tuman (shahar) FHDY bo‘limining mudiri — komissiya kotibi
Izoh. Tegishli hududdagi fuqarolar yig‘inlari raislari ham komissiya tarkibiga kiritiladi.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima..


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2018-y., 07/18/3785/1346-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)

Download 83.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling