1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash
Download 38.12 Kb.
|
532 02.12.1997
[TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori DAVOLASh-PROFILAKTIKA MUASSASALARINI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA LexUZ sharhi Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan. Davolash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sog‘liqni saqlashni mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltirilayotgan budjet mablag‘laridan yanada oqilona foydalanish, turg‘un davolanishdagi fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1998-yil 1-yanvardan boshlab turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan kishilar uchun ovqatlanish (nonushtadan tashqari) to‘lovi joriy etilsin, 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan kasalliklarning ayrim turlariga chalingan shaxslar to‘lovdan ozod qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovi fuqarolarning shaxsiy mablag‘lari, korxonalar, tashkilotlar, xayriya jamg‘armalarining va boshqa homiylarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlariga, mehnat jamoalari bilan kelishilgan holda, turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovini ularning tasarrufida qoladigan foyda (budjet muassasalari xarajatlari smetasi bo‘yicha tejamlar) hisobiga amalga oshirishga ruxsat etilsin. 3. Turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq to‘lashning vaqtinchalik tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga, joylardagi sog‘liqni saqlash organlariga va davolash-profilaktika muassasalari rahbarlariga davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishning vrachlar tavsiyalariga hamda sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq tashkil etilishi uchun javobgarlik yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan fuqarolar uchun, kasalxonalarning oziq-ovqat bloklari mavjud bazasidan samarali foydalanish asosida, sifatli shifobaxsh ovqatlanishni tashkil qilsin. Zarurat bo‘lganda turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarni vrachlar tavsiyalariga, sanitariya normalariga muvofiq ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan, tayyorlanayotgan shifobaxsh ovqatlar sifati uchun tomonlarning javobgarligini belgilagan holda, davolash-profilaktika muassasalari bilan ixtisoslashtirilgan korxonalar o‘rtasida shartnomalar tuzilishini bir oy muddatda ta’minlasin; Oldingi tahrirga qarang. (4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda) 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari: turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarning ayrim toifalari uchun ovqatlanish to‘lovi joriy etilishi, shuningdek aholini dori-darmonlar bilan ta’minlashning tartibga solinishi munosabati bilan bo‘shaydigan budjet mablag‘laridan davolash muassasalarini zamonaviy tibbiy texnika, asbob-uskunalar, maxsus avtotransport bilan jihozlash, shuningdek kasalliklarning oldini olish ishlarini kuchaytirish maqsadida sog‘liqni saqlashning boshlang‘ich bo‘g‘inlarini rivojlantirish uchun maqsadli foydalansinlar; ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi to‘g‘risida har yili Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi: kasalxona muassasalari kassasiga ovqatlanish to‘lovi sifatidagi naqd tushumni qabul qilib olish va nazorat qilish hamda uni inkassatsiya qilishning Markaziy bank bilan kelishilgan tartibini; turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarga beriladigan, ularning ovqatni olishga huquqini tasdiqlovchi talonlarni chiqarish, hisobga olish va nazorat qilish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq to‘lashning yangi tartibi joriy etilishi munosabati bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun o‘z aylanma mablag‘lari normativini ko‘paytirish yuzasidan ikki hafta muddatda takliflar kiritsin; turg‘un davolash-profilaktika muassasalari tomonidan zarur oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida sotib olish maqsadida har yili ushbu muassasalarni belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda zarur aylanma mablag‘lar bilan ta’minlashni nazarda tutsin. 8. Ovqatlanish uchun haq to‘lash tizimidan qat’i nazar, davolash muassasalarida davlat tomonidan ta’minlanadigan muassasalar uchun nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash manbalari saqlab qolinsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xizmat ko‘rsatiladigan kontingentlarning ovqatlanishini tashkil etishda turg‘un davolash-profilaktika muassasalariga yordam ko‘rsatsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: dispanserlar va qishloq uchastka kasalxonalari tarmoqlarini ushbu turdagi kam quvvatli muassasalarni qayta tashkil qilish va tugatish hisobiga tartibga solish yuzasidan 1998-yil 1-yanvargacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mablag‘ bilan ta’minlashni statsionar yordam ko‘rsatishdan ambulatoriya-poliklinikada yordam ko‘rsatishga ustuvorlik bergan holda o‘zgartirsin; ambulatoriya-poliklinika muassasalari huzurida bemorlarga hamshiralar xizmat ko‘rsatadigan kasalxonalar va uydagi shifoxonalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rsin. 10. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini amaliyotga joriy qilish, bunda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini muvofiq holda oshirish, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar turi va shakllarini kengaytirishni nazarda tutish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifasi hisoblansin. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari stomatologiya, fizioterapiya (davolash va salomatlikni tiklash), vrachlik-jismoniy tarbiya tibbiyot muassasalarining, shuningdek mustaqil diagnostika markazlarining mulkchilik shakllarini o‘zgartirish to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini dori-darmonlar bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1993-yil 8-yanvardagi 15-son qarorining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari A.A. Azizxo‘jayev va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV Toshkent sh., 1997-yil 2-dekabr, 532-son Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga 1-ILOVA Shaxslarni turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qiluvchi kasalliklar ro‘yxati (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari) 1. Onkologik kasalliklar 2. Sil kasalligi 3. Ruhiy kasalliklar 4. Ixtisoslashtirilgan muassasalarda giyohvandlik 5. Moxov kasalligi 6. Nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar 7. Yuqumli kasalliklar 8. Sifilis 9. OIV kasalligini yuqtirganlar (OITS) 10. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish chog‘ida bemorlarning shifoxonada bo‘lishi cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari bo‘yicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv terapiyani talab etuvchi holatlar 11. Darajasidan qat’i nazar kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar va tuqqan ayollar 12. Endokrinologik kasalliklar. (1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-sonli qarori tahririda) Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga 2-ILOVA Turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadigan aholi toifalarining ro‘yxati (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari) 1. Bolalikdan nogironlar 2. G‘irt etimlar 3. I va II guruh nogironlari 4. 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar 5. Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda) 6. 1941—1945-yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari 7. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar 8. Baynalmilalchi jangchilar 9. 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar 10. Mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18—27 yoshli chaqiriq yoshidagilar. (2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-sonli qarori tahririda) 11. “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi 202-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 374-modda) Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga 3-ILOVA Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq to‘lashning VAQTINChALIK TARTIBI 1. UMUMIY QOIDALAR 1.1 Mazkur Vaqtinchalik tartib (keyingi o‘rinlarda — Tartib) turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan kontingentning ovqatlanishi uchun haq to‘lash joriy qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga muvofiq joriy etiladi. 1.2. Ovqatlanish to‘lovi (nonushtalardan tashqari) fuqarolarning shaxsiy mablag‘lari, shuningdek, korxonalar, Tashkilotlar, jamg‘armalar va boshqa homiylar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 1.3. Mazkur tartib turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan barcha kontingentga joriy etiladi, ovqatlanish to‘lovi hukumat qaroriga muvofiq davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan aholi toifalari va ayrim kasalliklarga chalingan shaxslar bundan mustasno. Ko‘rsatib o‘tilgan tartib bemorlar kontingenti imtiyozlilar toifasiga to‘liq kiradigan davolash-profilaktika muassasalariga joriy etilmaydi. 1.4. Mazkur tartibga muvofiq haq kasalxona muassasalari yoki davolash-profilaktika muassasalari buyurtmanomalariga ko‘ra xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa korxonalar tomonidan faqat taomlar tayyorlash uchun sarflangan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati uchun to‘lanadi. Taomlar tayyorlash uchun asbob-uskunalar sotib olish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar, oziq-ovqat bloklari binolarini saqlash, taomlar tayyorlash bilan band bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari va boshqalar davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi. 2. OVQATLANTIRIShNI TAShKIL ETISh 2.1. Turg‘un davolash-profilaktika muassasalaridagi bemorlarni ovqatlantirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi davolash-profilaktika muassasalarida shifobaxsh ovqatlanishni tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 19-martdagi 122-son buyrug‘iga muvofiq mavjud oziq-ovqat bloklari negizida tashkil etiladi. 2.2. Davolash-profilaktika muassasalarining bosh shifokorlari ovqatlantirishni tashkil etish uchun shaxsan javob beradilar. 2.3. Davolash-profilaktika muassasasi taom tayyorlash uchun shartnomaviy shartlarda boshqa ixtisoslashtirilgan korxonalarni jalb etishi mumkin. Bunday hollarda davolash-profilaktika muassasalari buyurtmachi hisoblanadi va shifobaxsh ovqatlanishni tashkil etish uchun bemorlar oldida javob beradilar. 2.4. Bemorning shifobaxsh ovqati kimyoviy tarkibi va quvvatliligi jihatidan bemorga yozib berilgan parhez talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Ovqatni tayyorlash belgilangan sanitariya me’yorlariga to‘liq muvofiq bo‘lishi kerak. 2.5. Bemor o‘z xohishiga ko‘ra davolash-profilaktika muassasasi tavsiya etayotgan ovqatni to‘liq yoki qisman rad etishi mumkin. Bunday xollarda uni ovqatlantirish qarindosh-urug‘lari yoki yaqin kishilari tomonidan, shifokor yozib bergan parhezga rioya qilinishini hisobga olgan holda, tashkil etiladi. Ovqatlanish to‘lovi uchun foydalanilmagan mablag‘lar davolash-profilaktika muassasalari tomonidan to‘lovchiga qaytariladi. 2.6. Ixtisoslashtirilgan korxonalar bilan shartnomaviy shartlarda ovqatlantirish tashkil etilganda davolash-profilaktika muassasasi taomnoma va buyurtma qilinadigan taomlarga har haftalik buyurtmanoma taqdim etadi. Shartnoma shartlariga ko‘ra buyurtma berilayotgan taomlar miqdori har kuni aniqlashtirilishi mumkin. 3. OVQATLANISh UChUN HAQ TO‘LASh TARTIBI 3.1. Bemor reja bo‘yicha kasalxonaga yotqizilganda ovqatlanish to‘lovi, bemor tomonidan davolash-profilaktika muassasasiga joylashtirilgunga qadar, u yerda bo‘lishi rejalashtirilayotgan barcha muddat uchun to‘liq yoki qisman, lekin belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. Bemor reja bo‘yicha kasalxonaga yotqizilganda u ovqatlanish uchun haq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoxud davolash-profilaktika muassasasi tomonidan beriladigan ovqatni rad etish haqida ariza taqdim etishi kerak. Davolash-profilaktika muassasasida pulli ovqatlanishni dastlab rad etgan bemor, buyurtiriladigan davr uchun oldindan haq to‘lagan holda, ovqatlanish uchun xohlagan paytda buyurtma berishi mumkin. Ovqatlanish uchun oldindan qisman haq to‘langanda to‘liq hisob-kitob bemor kasalxonadan chiqqunga qadar amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Tasdiqlangan standartlarga muvofiq bemorlar shifoxonada bo‘lishining cheklangan muddatlariga binoan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab etuvchi holatlar bekor qilinganda davolanishni davom ettirayotgan shaxslarning ovqatlanishi uchun haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (3.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-sonli qarori tahririda) 3.3. Davolash-profilaktika muassasasida ovqatga haq to‘lanmagan, to‘liq to‘lanmagan yoki ovqatlanish uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi hujjatlar taqdim etilmagan barcha hollarda bemor kasalxonadan chiqqandan so‘ng berilishi lozim bo‘lgan kasallik varaqalari bemorning ish joyiga yoki ijtimoiy sug‘urta organlariga yuqorida sanab o‘tilgan bemorlarga ovqatlantirish uchun amalda sarf qilingan xarajatlarni to‘liq to‘lash uchun yuboriladi. 3.4. Ovqatlanish to‘lovi uchun mablag‘larni qabul qilish uchun davolash-profilaktika muassasalari o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankda alohida depozit schyoti ochadilar. Ko‘rsatilgan schyotga bemorlarning ovqatlanishi uchun to‘lov sifatida ularning shaxsiy mablag‘laridan tushuvchi barcha mablag‘lar, shuningdek, ularning ovqatlanish haqini to‘lagan korxonalar va tashkilotlarning mablag‘lari kelib tushadi. Ko‘rsatib o‘tilgan schyotga imtiyozlarga ega bo‘lgan kontingentlarning ovqatlanishi uchun to‘lashga mo‘ljallangan budjet mablag‘lari o‘tkaziladi. 3.5. Ovqatlantirish davolash-profilaktika muassasalarining oziq-ovqat bloki orqali tashkil etilgan taqdirda, ovqatlanish uchun haq naqd pul bilan to‘langanda — u bevosita davolash-profilaktika muassasasi kassasiga va haq pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘langanda — taqdim etilgan schyotlar bo‘yicha alohida depozit schyotiga to‘lanadi. Ovqatlanish haqini to‘lagan shaxslarga har bir to‘lovdan so‘ng darhol amalda to‘langan to‘lov miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar beriladi. Davolash-profilaktika muassasasi tomonidan pul mablag‘larini qabul qilib olish va topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Xalq xo‘jaligida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu tartibga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklanadi. 3.6. Ovqatlantirish davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tashkil etiladigan barcha bemorlarga har kuni ularning ovqatlanishi huquqini tasdiqlovchi talonlar beriladi. Talonlar ovqatning har bir turi (tushlik, ikkinchi tushlik, kechki ovqat) uchun beriladi, ularda tibbiy muassasaning muhri bo‘ladi hamda ular davolash-profilaktika muassasasi yoki taomlar tayyorlash uchun jalb qilingan ixtisoslashtirilgan korxona uchun moliyaviy hisobot hujjati hisoblanadi. 4. MABLAG‘ VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLASh TARTIBI 4.1. Pulli asosda ovqatlantirishni tashkil etish uchun barcha davolash-profilaktika muassasalariga budjetdan belgilangan normativlarga muvofiq bir yilga hisoblangan aylanma mablag‘lar ajratiladi. 4.2. Imtiyozlarga ega bo‘lgan kontingentlarni ovqatlantirishni mablag‘ bilan ta’minlash uchun budjet mablag‘lari ilgari belgilangan tartibda ajratiladi. 4.3. Davolash-profilaktika muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash davlat tomonidan ta’minlanadigan muassasalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. (4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda) Download 38.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling