1. Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati. Ijtimoiy tarmoqning axborot maydoniga aylanishi
Internetning axborot, kommunikatsion funksiyalari
Download 88.53 Kb.
|
IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLAR.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet va Intranet
Internetning axborot, kommunikatsion funksiyalari. Internetning ikkita asosiy vazifasi bo`lib, buning birinchisi axborot makoni bo`lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir. Internetning axborot funktsiyasi birinchi navbatda tarmoq foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bo`lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng ommaga, jahon miqyosida nihoyatda tez sur'atda e'lon qilish (nashr qilish) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Internetning yuqori suratlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va nashrchilikda keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, internet yordamida Nyu-Yorkdagi yoki Fransiyadagi eng so`nggi xabarlarni Toshkentga yetkazib berish, gazeta va o`quv darsliklarni tayyorlash, nashr qilish hamda ularni keng o`quvchilar ommasiga tarqatish, hozirgi mavjud usullardan bir necha o`n barobar arzon, tez va samaraliroq bo`ladi. Ma'lumot uchun: Hozirgi kunda 240 sahifali tayyor o`quv qo`llanmani tipografik usulda 100 00 nusxada chop etish va uni tarqatish 9-10 million so`m mablag` talab qilsa, uning elektron nusxasini tayyorlash va internet sahifasiga joylashtirish uchun esa 7-8 yuz ming so`m mablag` zarur bo`ladi, binobarin undan foydalanuvchilar sonining chegarasi bo`lmaydi. Internetning kommunikatsion funktsiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o`zaro muloqot qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida internet elektron pochtasi, internet-telefon va real vaqt oralig`idagi bevosita xabar almashish, chat-konferentsiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqotlarni keltirishimiz mumkin
Internet va Intranet Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog`idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborotlashgan tizim bo`lib, o`zining alohida axborot maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi. Internet, unga ulangan tarmoqqa kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O`zining kompyuteri orqali internetning har bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muammolalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan kompyuter o`yinlarini o`ynashi mumkin. Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona axborotlashgan muhitga biriktirish imkoniyati tug`ildi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo`lsak, internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma'lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi "axborotlashgan magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo`lgan ma'lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Unga asosan internetga bog`lanish va undan foydalanishning asosiy texnik vositasini shaxsiy kompyuterlar tashkil etadi. Uning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga mikrofon, videokamera, ovoz chiqargich (audiokolonka) va boshqa qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Internet xizmati "internet provayderlari" yordamida aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Aloqa kanallari sifatida telefon tarmog`i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet tarmog`ining asosiy yacheykalari bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o`zaro bog`lovchi lokal tarmoqlardir. Internet alohida kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o`zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar biron-bir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan bo`lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stantsiyasi internetga ulanishi mumkin. Shuningdek, internetga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud. Ularni xost-kompyuterlar (host - rahbar) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter takrorlanmaydigan raqamli o`z adresiga ega va uning yordamida jahonning istalgan nuqtasidagi istalgan mijoz uni topa olishi mumkin. Download 88.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling