1. Ijtimoiy xo’jalik shakllari Natural xo’jalik tasnifi
Download 20.4 Kb.
|
1 2
Bog'liqkurs ishi uchun
iste’mol qiymati, deb ataladi. Har bir tovarning nafligi, foydaligi uchun insonlar uni sotib oladilar, ayirbosh qiladilar. Tovarning yana bir xossasi almashuv qiymatidir. Har qanday tovarga mehnat va harajatlar sarflanadi va shu asosida tovar o’z qiymatiga ega bo’ladi. Demak, tovar ikki xususiyatga, ya’ni iste’mol qiymati va almashuv qiymatga ega.
ikki yoqlama xususiyatga ega bo’lishi tovar Bu tovar xususiyatlari bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Tovarning ishlab chiqaruvchi mehnatining ikki tomonligi bilan bog’liq. Ishlab chiqaruvchi o’ziga xos mehnat quroli va predmetlarini qo’llanishi natijasida tovarni yaratishi iste’mol qiymatini tashkil qilgan mehnat aniq (konkret) mehnat bo’ladi. Ishlab chiqaruvchi mehnat jarayonida o’zining aqliy va jismoniy quvvatini sarf qilishi, ish kuchining fiziologik ma’noda sarf qilishi bilan bog’liq mehnati abstract (mavhum) mehnat bo’lib, tovarning qiymatini yaratadi. Tovar qiymati sarf bo’lgan ish vaqti bilan belgilanadi. Ish vaqtlari ikki xil bo’ladi, ya’ni individual, ya’ni yakka, alohida olinadigan ish vaqti va ijtimoiy zaruriy ish vaqti. Jamiyat miqyosida bir xil tovarlarning asosiy qismini ishlab chiqarishda individual ish vaqti asosida qiymat belgilanmaydi, bu yerda ijtimoiy-zaruriy ish vaqti asosida tovarlarning qiymati belgilanadi. Ijtimoiy-zaruriy ish vaqti o’rtacha ish vaqtidan iborat bo’ladi.Masalan, shartli ravishda biror-bir turdagi mahsulotni olaylik. Stul ishlab chiqariladigan korxonani misol qilsak. Ulardan biri yaxshi, ikkinchisi o’rtacha va uchinchisi yomon ishlaydi. O’rtacha korxona umumiy hajmdagi stullarning 70% ini yaratadi va bir stulga 4 soat vaqt sarf qiladi. Yaxshi korxona 20% mahsulotni ishlab chiqaradi, har bir stul ishlab chiqarish uchun 2 soat sarflaydi. Yomon korxona 10% stullarni ishlab chiqaradi. U har bir stul uchun 6 soat sarf qiladi. Bu holda o’rtacha ish vaqti sarflab ishlab chiqargan korxonaning vaqti ijtimoiy-zaruriy ish vaqti sifatida olinadi. Chunki stullarning asosiy qismini shu korxona yaratib bermoqda. Tovar ishlab chiqarish bo’lgan joyda pul bo’lishi lozim. Pul uzoq tarixiy rivojlanish natijasida paydo bo’lgan. Dastlab tovarlar pulsiz bir-biriga bevosita ayirboshlangan. Bu ayirboshlash dastlab tasodifiy bo’lgan. Oddiy yoki tasodifiy ayirboshlashda bir tovarning qiymati boshqa tovar qiymati bilan tenglashtirilgan va o’zaro ayirbosh qilingan. Tovar ayirboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengaygan shaklga o’tilgan, bunday ayirboshlashda ko’p tovarlar qatnashadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ayirboshlanadigan mahsulotlar soni ham ortib boradi, binobarin, ayirboshlashda qiyinchilik ham ko’payadi. Asta-sekin tovarlar orasidagi hamma tovarlarga ayirboshlanadigan maxsus tovar ajralib chiqadi va u pul vazifasini bajarib beradi.Tovar ishlab chiqarishning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida pul vujudga keladi. Ayirboshlash shakllari Tovar uchun xos bo’lib,ular oddiy yoki kengaygan,to’la yoki kengaygan,umimiy shakl va pul shaklida bo’lishi mumkin. Qiymat qonuniga binoan Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi Download 20.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling