1. Ilk o‘rta asrlar davri Sug‘d tangalari. Ilk o‘rta asrlar davri Choch tangalari


Ilk o‘rta asrlar davri Xorazm tangalari


Download 19.28 Kb.
bet5/6
Sana28.10.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1731252
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu-3

Ilk o‘rta asrlar davri Xorazm tangalari. Ilk oʻrta asrlarda meʼmorchilik yanada rivoj topib, Burgutqalʼa, Uyqalʼa, Qumbosgan singari qalʼa, qasr va koʻshklar kvadrat yoki toʻrtburchak shaklda bino qilinib, burchaklari doirasimon burjlar bilan mustahkamlangan. Bu davrda bunyod etilgan qalʼa va koʻshklar orasida meʼmoriy jihatdan, ayniqsa, Teshikqalʼa va Yakka Porson diqqatga sazovordir.
Xorazmda badiiy sanʼat ham rivoj topgan. Ayniqsa, zargarlik (oltin, kumush va jezdan turli xil taqinchoqlar: uzuk, bilaguzuk, isirgʻa va boshqalar) ohangarlik va sarrojlik, ohanjoma (temir jiba, ot anjomlar) yasalgan, ip va ipakli guldor matolar toʻqilgan. Miloddan avval VI-V asrlarda roʻy bergan yuksalish milodiy III asr oxiri va IV asr boshida tushkunlikka uchrab, xarobaga aylangan qator shaharu qalʼalar V— VI-asrlarda yana jonlangan (Kavat qalʼa, Guldursun qalʼa, Kat), X asr oxirlarida Shimoliy Xorazmda Urganch shahrining ahamiyati ortib, unda qator monumental binolar qad koʻtargan. Binokorlikda paxsa, xom gʻisht bilan bir qatorda pishiq gʻishtdan foydalana boshlangan (Koʻhna Urganch; Sulton Takashning maqbarasi, Faxriddin ar-Roziyning maqbarasi va boshqa shular jumlasidandir).
IV asrda Xorazmda kumush tangalarni zarb etish to‘xtatilgan va faqatgina mis tangalar zarb qilina boshlagan. Tangachilik ishining tanazzulga yuz tutganligini bu yerda mis simlarning bo‘laklaridan gulbarglar shaklidagi tangalar zarb etilganligidan bilib olishimiz mumkin.
VII asrda Xorazmda kumush va bronza tangalarining shakli va vaznida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi kuzatiladi. VII–VIII asrlardagi Xorazm tangachiligining o‘ziga xos xususiyati sifatida kumush tangalar tarzida Sosoniy tangalariga taqlid namunalarining emas, balki old tomonidan toj kiygan hukmdorning va orqa tomonida esa suvoriyning tasviri zarb qilingan mahalliy tangalarning amal qilganligini ko‘rsatish mumkin.


Mavzuga oid tayanch iboralar:
Eftalitlar, Xioniylar, Turk xoqonligi, Girkod, Varaxran V, mehrob, Poykend, Yerqo‘rg‘on, S. K. Kabanov, Allot della Fyui.



Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling