1. Ilmiy aspekt
Download 26.98 Kb.
|
ped tex aspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Umumiy pedagogik daraja
- 2. Qisman pedagogik daraja
- Texnologik xarita
- Qo’llanilishiga ko’ra texnologiyalarni 3 sinfga ajratish mumkin
- Psixik rivojlanish omili bo’yicha
- Ilmiy tajribani o’rganish bo’yicha
- Pedagogik texnologiyalar pedagogning talabaga nisbatan munosabatiga qarab bir qancha turlarga bo’linadi
- Pedagogik texnologiyaning o’ziga xos hususiyati.
- Pedagogik texnologiyalar va ularning tavsifi
- «Fikrlar hujumi»
Pedagogik texnologiya aspektlari. Pedagogik texnologiya tushunchasi 3 aspektda namoyon bo’lishi mumkin: 1. Ilmiy aspekt-pedagogik texnologiya pedagogik fanning qismi sifatida ta’lim uslublari, tarkibi va maqsadlarini ishlab chiqadi va o’rganadi, hamda shu bilan birga pedagogik jarayonlarini loyihalashtiradi. 2. Protsessual-tavsifiy aspekt - ta’limda rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun jarayonni tasvirlash, maqsad, tarkib, uslub va vositalar majmuidir. 3. Protsessual-amaliy aspekt - pedagogik (texnologik) jarayonning amalga oshishi, barcha pedagogik metodologik (uslubiy), instrumental vositalarning amal qilish. Shunday qilib, pedagogik texnologiya fan sifatida amal qilib, ta’limning yanada ratsional yo’llarini tadqiq etadi. Bu esa ta’limda qo’llaniladigan usullar, tamoyillar va regulyativlar tizimi sifatida hamda ta’limning real jarayoni sifatida bajaradi. «Pedagogik texnologiya» tushunchasi ta’lim tajribasida 3 darajada qo’llaniladi: 1. Umumiy pedagogik daraja: Umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiya) texnologiya berilgan hududdagi ta’lim maskanida ta’limning ma’lum darajasidagi to’liq umumta’lim jarayonini tavsiflaydi. Bunda pedagogik texnologiyaning pedagogik tizimida farqlar mavjud: unga ta’lim maqsadlari, tarkibi, vositalari va uslublarining majmui, jarayonda sub’ekt va ob’ektlarning faoliyat algoritmi kiradi.
Qisman predmetli pedagogik texnologiya «qisman metodika» tushunchasini beradi, ya’ni bir fan doirasida tarbiya va ta’lim, uslub va vositalar majmuidir. 3. CHegaralangan daraja: CHegaralangan texnologiya-ta’lim-tarbiya jarayonning alohida qismlarini ifodalab, xususiy didaktik va tarbiya masalalarini echadi. (faoliyatning alohida turlarini texnologiyasi, tushunchalarning shakllanishi, yangi bilimlarni o’zlashtirish, materialni nazorat qilish va qaytarish texnologiyasi) Shuningdek texnologik tarkiblar farqlanadi: Usullar texnologik zanjirga birikib yaxlit pedagogik texnologiya (texnik jarayon)ni tashkil etadi.
a) umumiy pedagogik texnologiyalar; b) xususiy pedagogik texnologiyalar; v) kichik pedagogik texnologiyalar, modellar; Falsafiy jihatdan texnologiyalar: a) materialistik; b) idealistik; v) ilmiy; g) diniy; d) gumanistik; e) majburiy.
a) biogen, ya’ni insonning jipslangan rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi texnologiya; bu texnologiya asosan jismoniy tarbiya kabi fanlarda qo’laniladi. b)sotsiogen, ya’ni shaxsning sotsiologik ongini rivojlantirishga qaratilgan texnologiya, bular qatorida jamiyatshunoslik, huquqshunoslik, sotsiologiya, siyosatshunoslik kabi fanlarni sanab o’tish mumkin. v) psixogen, ya’ni insoning psixologik rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi texnologiya; bular jumlasiga psixologiya, etika, estetika, ma’naviyat, ruhiyat, dinshunoslik kabi fanlarni kiritishimiz mumkin. Ilmiy tajribani o’rganish bo’yicha: a) refleksiv, ya’ni ayrim tajribalarning shartli refleks tarzida yoki odatiy holda bir avloddan ikkinchisiga o’tishi; b) rivojlantiruvchi, ya’ni oldingilar tajribalarini umumlashtirib, o’z tajribalaridan kelib chiqqan holda mavjud texnologiya bilan uyg’unlashtirish; v) geshtal’t, ya’ni ushbu texnologiya talabaning his tuyg’ularini qamrab oladi; g) bixevioristik, bu texnologiya talabalarning tashqi hatti-harakatlariga asoslangan bo’ladi. a) axborot texnologiyalar (bilim, malaka, ko’nikmani shakllantirishga qaratilgan texnologiya); b) operatsion texnologiya (fikrlash malakasini shakllantirishga qaratilgan texnologiya); v) estetik-ahloqiy texnologiya. g) boshqaruvchilik hususiyatini shakllantiruvchi texnologiya; d) evristik texnologiya (ijodiy yondashuvni shakllantiruvchi texnologiya); e) amaliy hatti-harakatlarni shakllantiruvchi texnologiya.
1) avtoritar texnologiya; bunda pedagog asosiy sub’ekt sifatida boshqaruvchi, tekshiruvchi, talab qiluvchi bo’lib maydonga chiqadi, talaba esa tobe sifatida tan olinadi. 2) didaktik texnologiya, bunda pedagogning o’rni ma’lum yuqori bo’lib, bu texnologiya markazida ta’lim jarayoni turadi va tarbiyadan ustunlik qiladi. 3) shaxsga yo’naltirilgan texnologiya, bunda tizimning markazida talaba shaxsi turadi, talabaning rivojlanishida sog’lom psixologik hususiyatni tashkil qilish, imkoniyat va qobiliyatlarni o’stirish asosiy bo’lib hisoblanadi. Bu yo’nalish ham o’z navbatida 3 guruhga bo’linadi: a) insoniy (shaxsiy) texnologiya, bu texnologiya o’zining psixoteraptik hususiyati bilan ajralib turadi. b) hamkorlik, bu o’zaro tenglik, demokratizmga asoslangan texnologiya; v) erkin tarbiya, talabaga bunda tanlash, erkinlik, mustaqillik beriladi; g) ekzoterik, ongdan tashqari bilimlarni o’rganishga qaratilgan texnologiyadir. Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda ta’limda zamonaviy didaktika va ta’lim tarkiblarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari, yangi g’oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy asoslanishi qo’llanilmoqda. Zamonaviy texnologik mutaxassis bo’lish uchun ta’lim texnologiyalarining barchasini, shu jumladan pedagogik komponentlarini chuqur o’rganib, tahlil qilish lozim. Pedagogik lug’atda pedagogik texnologiya tushunchasiga turli xil yo’llar bilan yondashilgan, shuning uchun bizning tushunchada pedagogik texnologiyalar har xil mualliflarning ta’riflarini umumlashtiruvchi sermazmun yig’imdir. Pedagogik texnologiya ko’proq sifatli natijaga erishishga qaratilgan. Qo’llanadigan pedagogik texnologiya natijasi esa, birinchi navbatda, pedagogning mahoratiga, pedagogik klassifikatsiya turlaridan mohir foydalana olishiga, ilmiy-kasbiy tajribasiga, shaxsiy hususiyat hamda insoniy fazilatlariga bog’liq. Pedagogik texnologiyaning o’ziga xos hususiyati. Pedagogik texnologiya paydo bo’lguncha qadar ta’lim tizimi doirasida ta’lim jarayonini etarli samarali loyihalash qoidasi ishlab chiqilmadi. Pedagogik texnologiyanin o’ziga xos hususiyati shundan iboratki, unda o’quv maqsadlariga kafolati erishishda o’quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, yuzalikda emas, balki rejalashtirilgan natijasi olish imkonini beruvchi konstruktiv, ko’rsatmali sxemada o’z ifodasini topadi. Maqsadga yo’naltirilganlik, jarayon natijalarini tashhisli tekshirish, ta’limni alohida o’rgatuvchi qismlarga bo’lib tashlash o’quv jarayonining qirralarini bugungi kunda ta’limni qayta ishlab chiqish tsikli g’oyasiga birlashtirish imkonini beradi. U asosan o’z ichiga quyidagilarni oladi.
ta’limda umumiy maqsadning qo’yilishi; tuzilgan umumiy maqsaddan aniq maqsadga o’tish; pedagoglarning bilim darajalarini dastlabki baholash; bajariladigan o’quv ishlarni majmuasi; natijani baholash. Bundan ko’rinadiki, o’quv jarayoni «modulli» ko’rinishga kelib, turli mazmun bilan to’ldirilgan, umumiy tizimga mos holda ishlab chiqariladigan bloklar qismlardan iborat. O’quv jarayoni pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning rejalashtirishda pedagogdan yuksak malaka talab etadi, materiallar tayyor bo’lgach, pedagog asosan tashkili va konsul’tativ vazifalarni bajaradi. Umumiy ko’rinishda pedagogik texnologiya tarkibiga quyidagilar kiradi: fanning identifikatsiyalashgan o’quv maqsadlarini ishlab chiqish; o’quv maqsadli shajarasi; o’quv maqsadlarini nazorat topshiriqlariga aylantirish; maqsadga erishish usullari; erishilgan o’quv maqsadlarini baholash. Bu tarkibiy qismlarning har biri ma’lum yo’nalishdagi pedagogik operatsiyalar tizimini tashkil etadi. (Sxemaga qarang) Pedagogik texnologiyalar va ularning tavsifi Zamonaviy ta’limni tashkil etishga kuyiladigan muxim talablardan biri ortikcha ruxiy va jismoniy kuch sarf etmay, kiska vakt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qiska vakt orasida muayyan nazariy bilimlarni O’quvchilarga etkazib berish, ular da ma’lum faoliyat yuzasidan kunikma va malakalarni xosil kilish, shuningdek, O’quvchilar faoliyatini nazorat kilish, ular tomonidan egallangan bilim, kunikma xamda malakalar darajasini baxolash O’qituvchidan yuksak pedagogik maxorat xamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. Bugungi kunda bir kator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba tuplangan bulib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmokda. 1huyida ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mox.iyati va ulardan foydalanish borasida suz yuritamiz «Fikrlar hujumi» texnologiyasi Mazkur metod O’quvchilarning mashgulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga ragbatlantirish xamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mavzu yuzasidan rang — barang goyalarni tuplash, shuningdek, ijodiy vazifalarni xal etish echish jarayonining dastlabki boskichida paydo bulgan fikrlarni engishga urgatish uchun xizmat kiladi. «Fikriy hujum» metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bulib, uning asosiy tamoyili va sharti Mashg’ulot (baxs)ning xar bir ishtirokchisi tomonidan urtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanki dni mutlako ta’kiklash, xar kanday lukma va xazil — mutoyibalarni rarbatlantirishdan iboratdir. Bundan kuzlangan maksad O’quvchilarning Mashg’ulot (baxs) jaraenidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metodldn samarali va muvaffakiyatli foydalanish O’qituvchining pedagogik maxorati va tafakkur kulamining kengligiga boglik buladi. «Fikriy hujum» texnologiyasidan foydalanish chogida O’quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maksadga muvofikdir. Ushbu metodga asoslangan Mashg’ulot bir soatga kadar tashkil etilishi mumkin. Download 26.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling