1. Ilmiy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi Ilmiy terminlarning sintaktik usul bilan yasalishi Tayanch so‘z va iboralar


Download 63.59 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi63.59 Kb.
#1579701
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot

Yasama terminlar – tub terminlarga biror yasovchi affiksning qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan terminlar: mebelsozlik, duradgorlik (yog‘ochsozlik); dalolatchi, jinoyatchi (yuridik).
Qo‘shma termin - ikki va undan ortiq sodda terminlarning birikuvidan tuzilgan terminlar.
Qo‘shma terminlar ham qo‘shma so‘zlar kabi o‘z qatlam so‘zlaridan, boshqa til materiallaridan hamda har ikkala manbaning o‘zaro qo‘shilishidan yasaladi. O‘zbek tili materiallari asosida yuzaga kelgan qo‘shma terminlar asosan umumiste’moldagi tayyor qo‘shma so‘zlarning ilmiy termin yoki nomen sifatida terminologik tizimlarga qabul qilinishi mahsulidir. Bunday ikki planda qo‘llanuvchi leksik birliklar ko‘proq xalq tili bilan bog‘liq holda rivojlangan terminologik sistemalarda tez-tez uchraydi. Shuningdek, o‘z tilimiz materiallaridan tuzilgan qo‘shma terminlar ayni ruscha terminlarni to‘liq kalkalash jarayonida ham yuzaga keladi1. Ma’lumki, o‘zbek xalqi qadimdan boshqa xalqlar bilan hamkorlikda, qo‘shnichilikda yashab kelgan. Shunga ko‘ra, tilimizda ayrim komponentlari arabcha, forscha yoki ruscha-baynalmilal bo‘lgan, hatto har ikkala qismi ham muayyan (o‘zbek tilidan boshqa) til materialidan yasalgan qo‘shma so‘zlar va terminlar uchraydi. Demak, qo‘shma terminlarning komponentlari genetik materialiga ko‘ra turlicha. Shunga ko‘ra, ya’ni qo‘shma terminlarni ularni tashkil etgan komponentlarining kelib chiqish materialiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin: 1) bir tildagi qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar; 2) turli tillarga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar. Komponentlari bir leksik qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar. Bunday qo‘shma terminlar ham, o‘z navbatida, ikkiga bo‘linadi:
a) o‘zbek tilida avvaldan qo‘llab kelingan o‘zbekcha, arabcha, forscha so‘zlarning o‘zaro qo‘shilishidan yuzaga kelgan qo‘shma terminlar. Bunday terminlar quyidagi ko‘rinishlarga ega: Ot+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar. Bu model botanika, zoologiya singari tabiiy fanlarda, ularning terminologik tizimida mahsuldor hisoblanadi. Masalan: ayiqtovon, ituzum, tuyaqush (botanika) kabi. Keyingi davrda texnikaning bir qator terminologik tizimlarida ham shu tpidagi qo‘shma terminlar miqdori ortib bormoqda: qismfazo, tagmaxraj, ustmaydon, olovbardoshlik(fizika-matem.); qayin ona, katta buva (qarindoshlik); tintuv qilish, huquqni cheklash (yuridik) kabi.

Download 63.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling