1. Ilmiy texnik jarayon va ta’lim mazmuni. Hozirgi vaqtda ta’lim mazmunini belgilashga doir asosiy g’oyalar


STEAM ta’limi-hozirgi kunda dunyo ta'lim tizimining eng asosiy urf bo‘lgan innovatsion metodlaridan biri hisoblanadi. Bir qaraganda STEAM


Download 1.32 Mb.
bet3/5
Sana12.03.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1262207
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-Mavzu

STEAM ta’limi-hozirgi kunda dunyo ta'lim tizimining eng asosiy urf bo‘lgan innovatsion metodlaridan biri hisoblanadi. Bir qaraganda STEAM abbreviaturasi juda murakkab ko‘rinadi, lekin uni alohida ko‘radigan bo‘lsak sodda va aniq ekanini ko‘rishimiz mumkin, ya'ni: S –science, T – technology, E – engineering, A – art, M – mathematics, yoki tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik san'ati, ijod, matematika. Oddiy so‘z bilan aytganda, zamonaviy dunyoda eng ko‘p talab etilayotgan fanlardir.


4-ilova
Ta’lim metodlari.
Metod sо‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yо‘li, usuli deganidir. Bu sо‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”.
Ta’lim metodlari deyilganda, о‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bо‘yicha о‘qituvchining о‘rgatuvchi ishi va о‘quvchilar о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.
4A-ilova
Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, Metodlar bilan usullar munosabati о‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki о‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bо‘lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli о‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
5-ilova

Pedagogik texnologiya – bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltipilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayoni mazmunidir.


Ta’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch darajada qo’llaniladi:
Umumpedagogik (makro) daraja
Xususiy metodik(mezzo) daraja
Lokal daraja (mikro)
Ta’lim metodlari tasnifi:
1. An’anaviy (manbasiga kо‘ra) ta’lim metodlari (YE.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.)
2. О‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga kо‘ra ta’lim metodlari tasnifi (I.Y.Lerner va M.N.Skatkin).
3. Asosiy didaktik maqsadlariga kо‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va B.P.Yesipov).
4. Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).
5. Yaxlit yondashuv bо‘yicha ta’lim metodlari tasnifi (Y.K.Babanskiy).
6. Ta’limning interfaol metodlari.
8-ilova


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling