1-ilova Asosiy tushunchalar
Download 193.92 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
2-mavzu. Qurilish iqlimshunosligi. Binolar va ularning tashqi to‘siq konstruksiyalarini loyixalashda iqlimning ta’siri. 1-ilova Asosiy tushunchalar: Iqlim, arxitekturaviy iqlimshunoslik, shamol yulduzi, fizikaviy jarayonlar, issiqlik texnikasi, QMQ. 2-ilova Qurilish iklimshunoslik. Binolar va ularning tashqi to‘siq konstruksiyalarini loyixalashda iqlimning ta’siri. Xar qanday bino va inshootlar loyixasini bajarishda qurilish joyini iqlimi birinchi navbatda e’tiborga olinadi. Iqlim, “Klimat”, grek so‘zidan olingan bo‘lib(naklon) “qiyalik”degan ma’noni anglatadi, ya’ni yer satxiga nisbatan quyosh nurlari qanday qiyalikda tushishini ko‘rsatadi. Demak yer satxidagi xavoning xarorati quyoshning yer satxiga nisbatan xolatiga bogliq. Agar quyosh nurlari yer satxiga nisbatan perpendikulyar ravishda tushsa, yer satxidagi xavo xarorati baland bo‘ladi. Bundan tashqari xavo xaroratiga joyning juxrafik o‘rni, rel’efi va okean satxidan balandligi xam ta’sir etadi. Iqlimshunoslik qadimiy fanlardan biri bo‘lib,olimlar, quruvchilar, sayoxatchilar, dengizchilar va tijoratchilar, dexqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan butun insoniyat tomonidan qo‘llanilib kelingan. Arxitekturaviy iklimshunoslik binolar va shaxar kurilish inshootlari arxitekturasi bilan iklim sharoitlari orasidagi bogliklikni urganadi. Bu bogliklar xakida tula tasavvurga ega bulgan arxitektor loyixalash jarayonida yaratiladigan sun’iy muxitni kurilish joyi iklim sharoitlarini mumkin kadar tula inobatga olgan xolda, maksadga muvofik yaratish imkoniga ega buladi. Arxitekturaviy iklimshunoslik arxitektura inshootlar tipologiyasi, umumiy iklimshunoslik, gigiena, kurilish fizikasi, iktisodiyot, estetika fanlari bilan uzviy boglik. Arxitektura inshootlarining iklim tipologiyasi muxitni yaxshilash, inson va uning atrofini issik va sovukdan ximoyalash uchun zarur bilimlar, usullar va vositalar bilan arxitektorni boyitadi, xamda asrlar davomida tuplangan mikroiklimni tartibga solish tajribalari bilan tanishtiradi. Iklimdan ximoyalanish - foydalanish vositalariga kuyidagilar kiradi: joylashtirish usullari (gorizont tomonlari buyicha yunaltirish, xavo almashinuvini tashkil etish yoki muxitni shamoldan ximoyalash, xar xil darajadagi ochik muxitdan foydalanish, kukalamzorlashtirish va x. k.), tashki ximoya kurilmalari (devorlar, deraza, tom yopma), injenerlik jixozlari (isitish, sovutish, xavo almashinuvi va x.k.) Turar joy binolarining iklim tipologiyasi boshka turdagi binolar iklim tipologiyasiga karaganda katta axamiyat kasb etadi. Chunki inson uzining asosiy vaktini turar joy binosida utkazadi. Arxitekturaviy iklimshunoslik arxitektorga loyixalash rayoninining iklimi, iklim omillari, ularning vakt utishi bilan uzgarishi va iklimning taxlil usullari xakida tulik ma’lumot beradi. Maishiy gigiena inson organizmidagi jismoniy va ruxiy funksiyalarning uzgarishini, tashki muxit va binodagi mikro-iklimni me’yorda saklab turishni tushunishga yordam beradi. Iktisodiyot bilimlari (kurilish, foydalanish, ishlatilgan sarf xarajat, sotsial iktisodiy samaradorlik) arxitektorga xar tomon-lama ratsional yechimni tanlashga yordam beradi Estetika bilan boglik bulgan mexanizm, jumladan, arxitektura kompozitsiyasining nazariyasi iklim arxitekturasi bilan birgalikda tulik urganilmagan. Lekin shunday arxitektura kompozitsiya kategoriyalari borki, ularni tanlayotganda arxitektor doimo iklimni xisobga oladi. Bularga arxitekturaviy fazoni yaratish, turli xil darajadagi bulaklanishlarning xajmiy yechimlari, jipslilik va yunaltirilganlik, turli darajadagi bulaklanganlik sirtlarining plastik yechimi, faktura, rang yechimlari va x.k. Shunday kilib, arxitekturaviy iklimshunoslik uz ichiga kuplab ilmiy fanlarni kamrab oladi, lekin bular iklimshunoslikning mustakil arxitekturaviy fan bulishiga xalakit bermaydi. Iklim – biror berilgan joyda kup yillar davomida kuzatilgan ob-xavo sharoiti. Arxitekturaviy loyixalashda eng muxim asosiy iklim omillari kuyidagilar iborat: xavo ochik va bulutli bulgan vaktlarda gorizontal va vertikal sirtlarga turli yunalishlarda tushadigan (tugri va tarkalgan) kuyosh radiatsiyasi; xarorat omillari - oyning eng sovuk va eng issik kuni, yozning eng issik oyi uchun absolyut minimal, maksimal va urtacha maksimal, kishning eng sovuk davrida sutkalik yoki besh sutkalik sovuk kun xaroratlari; namlik omillari - xavo namligi, absolyut, urtacha sutkalik, oylik suv buglarining bosimi, yogingarchiliklar mikdori va x.k.; shamol – shamol yunalishining takrorlanishi, yunalishlar buyicha urtacha tezligi, maksimal va minimal tezliklari (m/s) va x. k. Iklim kuyidagi omillar ta’sirida shakllanadi: yer yuzasiga tushayotgan turli xil mikdordagi kuyosh radiatsiyasi (xavo ochik paytida gorizontal sirtlarga tushadigan tugri radiatsiya mikdori 30 kenglikda 6490 Vt/m 2 , va 60 kenglikda 6332 Vt/m 2 ni tashkil kiladi.) dengiz satxidan baland joylar (xar 100 m balandda 0,5 0 S ga kamayadi) Okean va kuruklik ustidan yirik xavo massalarining utishi natijada ustki katlamining bir tekisda kizishiga tuskinlik vujudga keladi. Arxitekturaviy loyixalashda iklim taxlili umumiylikdan xususiylikga tomon kirib boradi. Arxitektor tayyor iklim kursatkichlaridan foydalanib, iklimni taxlil kiladi, yer shari kenglik belbogi sharoitlarini baxolaydi, kurilish muljallanadigan rayonni aniklaydi, yilning fasllarini va xar bir iklim omillarini baxolaydi. Mikroiklimni baxolashda arxitektor landshaftni, maydon relefini, shamolning esish yunalishlarini, insolyatsiyalarni xisoblashni urganadi. Yukorida berilganlar tulik taxlil kilish uchun yetarli bulmasligi mumkin, shuning uchun kurilish maydonlarida geodeziya asoslaridan xam foydalanish kerak. Arxitekturaviy muxit inson uchun yaratilar ekan, arxitektor inson organizmining muxitga talablarini bilishi zarur. Download 193.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling