Pedagog qabul qiladigan qarorlar
Katta yoshdagi bolalar pedagoglari har kuni bolalar qanday kitoblarni o‘qishlari, kichik guruhlarga qancha kishini kiritish kerakligi, qanaqa savollarni berish, boshqalar bilan o‘yinga kirishib keta olmayotgan bolaga qanday qilib yordam berish bo‘yicha ko‘plab qarorlarni qabul qiladilar.
Boshqa qarorlar – pedagoglar rivojlantiruvchi muhitga, materillarni joylashtirishga, kichik guruhlarda ishlash uchun bolalarni qanday qilib taqsimlashga nisbatan qabul qiladigan qarorlardir.
Barcha vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlar sinchiklab ko‘rib chiqish va rejalashtirish natijasi bo‘lib sanalishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |