Sifatli pedagogika – bolalarni o‘yin shaklida qiziqarli va zavqlantiruvchi tarzda o‘qitish; bolalarda o‘qishga bo‘lgan xohish-istaklarini qo‘llab-quvvatlaydigan, maktabga borish imkoniyatlarini ta’minlaydigan, ota-onalarga yordam ko‘rsatadigan, bolalarning sog‘ligini (ham psixik, ham jismoniy) saqlashning samarali o‘qitish dasturidir; tarbiyalanuvchilarning o‘qishi, salomatligi va individual rivojlanishining muvaffaqiyatli natijalaridir;
Invariantli qism – istalgan MTT da amalga oshirilishi kerak bo‘lgan maktabgacha ta’lim Davlat dasturining majburiy qismi;
Variativ qism – ta’lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladi, maktabgacha ta’limning xududiy, milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarini, turlari bo‘yicha har- xilligini aks ettiruvchi maktabgacha ta’lim turi;
Do'stlaringiz bilan baham: |