1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi
-ilova. 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi
Download 1.71 Mb.
|
ИЛМ ЙИЛИ ЛОТИНЧА
12-ilova. 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasiDasturni o‘zlashtirish muvaffaqiyatini baholash protsedurasini optimallashtirish va bolalarni yakka rivojlantirish maqsadida Erta va maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq qayta ishlangan «Putь znaniy» namunaviy dasturi bola rivojlanishini kuzatishni taklif qiladi. Jadvallarda bolalarning yosh diapazoni keltirilgan. Bo‘yalgan kataklar mahorat va malakalar rivojlanishining mo‘ljallangan davrini ko‘rsatadi (boshqacha qilib aytganda, bo‘yalgan katakchalar berilgan yoshdagi kutilayotgan natijani ko‘rsatadi). Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida 3 marta to‘ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi. Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo‘yicha olib boriladi. Agar u yoki bu bilim olish sohasida indikator «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qo‘yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini ajratadi, shuningdek, ta’lim sohalarini o‘zlashtirishning salbiy tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu xarita bo‘yicha yakuniy kuzatuv o‘tkaziladi.
Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling