1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Download 1.12 Mb.
bet19/291
Sana23.12.2022
Hajmi1.12 Mb.
#1049654
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   291
Bog'liq
Ilm yo‘li

Yillik mavzuiy reja.
Yillik mavzui rejada oy mavzulari, hafta mavzulari aks etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘zlarining yillik mavzuiy rejalarini mintaqaviy yoki boshqa o‘ziga xosliklarning hisobga olib tuzib chiqishlari ham mumkin. Mazkur mavzuiy reja maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengashida tasdiqlanadi9.
8 “Ilm yo‘li” variativ dasturiga 8-ilova, «Namunaviy yillik mavzuiy reja»
9 “Ilm yo‘li” variativ dasturiga 10-ilova, «Namunaviy mavzuiy rejalashtirish»
Ish rejasi quyidagilarga imkon beradi:

  • ta’lim-tarbiyaning faoliyatining maqsadi, strategik va taktik vazifalarini aniq ifoda etish;

  • ta’lim-tarbiya ishining mazmunini maqsali belgilash, uning vositalari va tashkiliy shakllanini tanlash;

  • jamoaning va har bir shaxsning ilgarilanma harakatini rejalashtirib hamda tegishli o‘zgartirishlar kiritib borish jarayonida o‘z faoliyatning istiqboldagi natijalarini belgilash imkoniyatini yaratadi.

Ilmiy jihatdan asoslangan aniq-tiniq pedagogik rejaning mavjudligi pedagog ishni yengillashtirib, uning ijodiy imkoniyatilarini oshiradi.
Ta’lim-tarbiya ishini rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota-onalarning o‘zara hamkorligiga, ular tomonidan birgalikdagi faoliyat maqsad va vazifalari tahlil etishga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari, bolalarni majburiy bir yillik ta’limga tayyorlash guruhlarda maktabga tayyorlash «Ilm yo‘li» variativ dasturi pedagoglar uchun yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradi, maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda qo‘llanayotgan eski shakl va uslublarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi, pedagogik tashabbus, tajriba va ijodga keng yo‘l ochadi.
Haftalik reja.
Haftalik reja yillik mavzuiy rejaga tayanadi va o‘z ichiga haftaning kichik mavzularini, shu jumladan, shu mavzu bo‘yicha mazkur haftada o‘tkaziladigan chora-tadbirlarni oladi.
Haftalik reja hafta mavzusiga mos holda rivojlanishning barcha sohalari bo‘yicha maqsadlarning belgilanishiga, mos holdagi markazlarning tayyorlanishiga, mashg‘ulotlarning tasmilanishiga yo‘naltiriladi. Hafta mavzusi erkin faoliyatning barcha markazlari orqali o‘tishi lozimdir. Haftalik rejada ham guruhdagi, ham tashqarida sayr qilish vaqtidagi didaktik o‘yinlar, harakatli o‘yinlar rejalashtiriladi.
Bolalar bilan ishlashning mazmuni va ketma-ketligi faoliyat turini (fal faoliyat/passiv faoliyat; individual (kichik guruhda yoki katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostidagi) faoliyat, bola rahbarligi ostidagi faoliyat) va uni amalga oshirish joyini (xona ichidagi faoliyat/tashqaridagi faoliyat) hisobga olish bian rejalashtirilishi zarur.
Haftalik ish rejasi turli-tuman va moslashuvchan bo‘lib hisoblanadi, ya’ni, bolaning qiziqishlarini va ob-havo o‘zgarishlarini e’tiborga olgan holda rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasi bilan almashtirilishi mumkin yoki faollik vaqti korreksiyalanishi mumkin bo‘ladi. Masalan, tarbiyachi bahorgi gullayotgan boqqa bolalarni olib borishni rejalashtirgan, lekin ob-havo yomg‘irli bo‘lsa, u holda bu tadbir xona ichida o‘tkaziladigan boshqa tadbir bilan almashtirilishi mumkin.
Haftalik reja – bu tarbiyachining ishchi jurnali va mashg‘ulotlarning konspektidir.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling