1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruhlardagi 6-7 yoshli bolalarning o‘qitish samaradorligini va rivojlanishi taraqqiyotining baholanishini o‘tkazish muddat


Download 1.12 Mb.
bet29/291
Sana23.12.2022
Hajmi1.12 Mb.
#1049654
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   291
Bog'liq
Ilm yo‘li

8.5. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruhlardagi 6-7 yoshli bolalarning o‘qitish samaradorligini va rivojlanishi taraqqiyotining baholanishini o‘tkazish muddatlari


Bola rivojlanishi xaritasini to‘ldirish uchun o‘z ichiga uchta siklni – dastlabki (o‘quv yili boshidagi), oraliq va yakuniy kuzatishlarni oluvchi kuzatish amalga oshiriladi.
Dastlabki kuzatish o‘quv yili boshida – taxminan sentyabr oyi davomida o‘tkaziladi. Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, shu vaqtga kelib uning yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi o‘z diqqatini ta’lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud muammolarga qaratadi, bolaning qaysi sifatlarini qo‘llab-quvvatlash kerakligini, har bir bola uchun qaysi vazifalar dolzarb ekanligini aniqlaydi. Bundan so‘ng berilgan vaqt davomida bolaning yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanishi xaritasini to‘ldiradi.
3 “Ilm yo‘li” Variativ dasturiga 13-ilova, «Bolaning maktabga tayyorlik xaritasi».
Oraliq kuzatish yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar oylari) o‘tkaziladi. Bu kuzatishning maqsadi bo‘lib bolaga nisbatan tanlab olingan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilash sanaladi. Mazkur kuzatish natijalari bo‘yicha tarbiyachi boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda zarur vaziyatlarda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatishni o‘tkazadi. Yakuniy kuzatish asosida belgilangan vazifalar qanchalik bajarilganiligi baholanadi, mazkur bolaning rivojlanishida kutilayotgan natijalarni hisobga olish bilan pedagogik jarayonning kelgusi maqsadlari belgilanadi/to‘liq kunlik qatnash guruhida ishtirok etishni hisobga oilsh bilan yozgi davr uchun individual ishni olib borish belgilanadi.
Kuzatishni o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga rioya qilish tavsiya qilinadi:

  • kuzatish bola uchun odatiy vaziyatlarda amalga oshiriladi va bolaga yordam ko‘rstishga yo‘naltiriladi;

  • kuzatish bolaning rivojlanishi haqida yanada ob’yektiv tasavvur yuzaga kelishi uchun ikki haftadan kam bo‘lmagan (yoki bir oy davomida) tarzda o‘tkaziladi;

  • tarbiyachi bola haqidagi axborotlarni ota-onalar va tashkilotining boshqa xodimlari bilan bo‘lgan suhbatlardan ham olishi mumkin;

  • tarbiyachi bolaning moyilliklariga, qiziqishlariga, uning muloqotdagi va bilishdagi o‘ziga xosliklariga o‘z diqqatini qaratishi lozim.

O‘quv yili yakunida tarbiyachi bolalar tomonidan o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasi haqida yakuniy pedagogik kengashga hisobot yozdai va bolalar bilan kerakli natijaga erishilmagan ko‘rsatkichlarda to‘xtalib o‘tadi, buning bajarilmasligi sabablarini (ayrim metodikalarni egallamaganlik, adabiyotlar va tarqatma materiallarning kamligi, guruh texnik vositalar bilan kerakli darajada ta’minlanmagan, bolaning kasalligi va kelmasligi bo‘yicha, ota-onalarning faol emasliklari va h.k.) ko‘rsatadi.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling