jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanishi
|
Sog‘lom turmush tarziga odatlanishni shakllantirish, bolalarning harakatlanishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bolalarga salomatlikni asrash va mustahkamlash to‘g‘risida bilimlar berish. Harakatlanishda koordinasiyani, chaqqonlikni, jadallikni rivojlantiramiz; organizmga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni o‘rgatamiz. Bolalarni sport bilan shug‘ullanishga qiziqtiramiz.
|
ijtimoiy-hissiy rivojlanish
|
Bolalarda o‘zini hurmat qilish, ijtimoiy ahamiyat hissini, o‘zining betakrorligiga ishonchini, umumiylar va tengdoshlari oldida yakka ekanligini his etishiga o‘rgatish. Bolalarga sog‘ligi bilan bog‘liq kayfiyati, organizmi haqida qayg‘urish hissini shakllantirish.
|
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari
|
Bolalarning gaplashish nutqini, ta’sirli fikrlashini, qat’iy e’tiborini va eshitish xotirasini rivojlantirish. O‘z salomatligiga ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatish.
|
Bilish jarayonining rivojlanishi
|
Bolalarning sog‘lom turmush tarziga odatlanishlarini shakllantirish. Bolalarga o‘z salomatliklarini mustaqil nazorat qilishni o‘rgatish – qanday mahsulotlar sog‘lik uchun foydali yoki zararli ekanini tushuntirish, ularni chiniqishga, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishga, sport bilan shug‘ullanishga o‘rgatish, tabiiy omillarning inson hayotidagi o‘rni to‘g‘risidagi bilimlarini belgilash.
|
Ijodiy rivojlanish
|
Bilish qobiliyatlarini, ijodiy fikrlash va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish.
|
|