1-ilova. O'Zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Download 56.87 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar
- II-BOB 2.1. 2.2. 2.3. 2.4. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI Kirish
1-ilova. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI "MIKROIQTISODIYOT" FANIDAN K U R S I S H I MAVZU: Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish. Bajardi:Umarov Asadbek Nodir o’g’li(QBF, Iqtisodiyot, 2-kurs, 45-21) Ilmiy rahbar:M.R.Elbaeva(katta o’qituvchi) TOSHKENT-2023 Mundarija KIRISH I- BOB 1.1. Mehnat bozorining mohiyati va shakllanishi 1.2. Mehnat resurslaridan foydalanishning nazariy jihatlari. 1.3. Mehnat resurslarini boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. 1.4. 1.5. II-BOB 2.1. 2.2. 2.3. 2.4. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI Kirish Jahon amaliyotidan ma‘lumki, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida har qanday mamalakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida turli xil ko’rinishdagi nobarqarorlik, yani aholini rasmiy ish bilan bandlik darajasining qisqarishi, ochiq va yashirin ishsizlik darajasining yuqoriligi, iqtisodiy faol aholini barcha guruhlarida norasmiy ish bilan bandlik darajasining o’sishi, ishchi kuchi sifatini pasayishi kabi tendensiyalar namoyon bo’ladi. Mutaxasislarning fikricha, ushbu holatda ishlab chiqarish sohasida ishlovchi malakali mutaxassislar soni keskin qisqarish jarayoni sodir bo’ladi. Bundan tashqari mamlakat iqtisodiy rivojlashining davriyligi, ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash hamda qayta shakllantirilishi doimiy tarzda ishchi kuchini miqdor va sifat jihatidan yangilanib borishini taqozo etadi. Amaliyotda har qanday korxona va tashkilotlar doimo kadrlarga bo’lgan ehtiyojni boshidan kechiradi. Unga turli omillar ta‘sir ko’rsatadi: bozor, texnologik, malaka, tashkiliy, ish bilan bandlik sohasida davlat siyosati va boshqalar. Bugungi kunda g’arb firmalarida nomzodlar nafaqat ish joyiga bo’lgan talablarni, balki butun tashkilotni, uning an‘analariga, madaniyati bilan bog’liq predmetlarga fikrlarini qaratmoqdalar. Shuning uchun ularga asosiy e‘tibor sifatida atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda bo’lishi, komandada ishlash mahorati va boshqa xislatlari nazarda tutilmoqda. Bu esa ishchi kuchining raqobatbardoshligini oshirish asosida mehnat bozorida ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ish bilan bandlikni ta‘minlash bo’yicha sifat ko’rsatkichlarni takomillashtirishni talab etadi. O’zbekistonda keng ko’lamli va chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning dastlabki natijalari aholi hayoti va kundalik turmushida o’zining yaqqol ifodasini topmoqda va buning natijasida el-yurtning ijtimoiy faolligi ertangi kunga ishonchi tobora ortib bormoqda. Bunday ijtimoiy faollikka ijtimoiy-mehnat munosabatlarini muttasil takomillashtirib borish mehnatni makroiqtisodiyot, tarmoq va korxonalar miqyosida samarali tashkil qilish, ya‘ni har qanday mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan mehnat omilidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog`langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo`lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo`lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o`z iste’mol sifatlarini yo`qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o`zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko`rsatkichlarini ham yaxshilanishini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo`q qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab - investisiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi. Mehnat resurslari yalpi aholining bir qismi sifatida aholining takror ishlab chiqarishi (ya’ni uning doimiy ravishda tiklanib turishi) ni aks ettiradi. SHuning uchun mehnat resurslari sonining dinamikasi, pirovard natijada, aholi soni dinamikasini aks ettiradi. O`smirlar va pensionerlarning mehnat bilan bandlik darajasidagi o`zgarishlar fakat mehnat resurslariga emas, balki aholining soniga xam daxldor. Tug`ilishdagi farqlar darxol axoli sonining oshishiga ta’sir qiladi, mehnat resurslarida esa fakat 16 yildan keyin aks etadi. Qancha kishi pensiya yoshiga yetishi fakat mehnat resurslariga ta’sir kiladi, butun axolining soniga daxldor bo`lmaydi. Mehnat resurslarining aksariyat qismini mehnat qilishga layokatli yoshdagi mehnatga kobiliyatli axoli tashkil etadi. SHuning uchun xam mehnat resurslarining dinamikasiga xos xususiyatlar ko`prok darajada mehnatga layokatli yoshdagi axoli bilan bog`liqdir. Mehnat resurslarini shakllantirishning mintaqaviy xususiyatlari, avvalo, demografik va sosial-iqtisodiy omillarning ta’siri bilan bog`liqdir. Demografik omillarga aholining takror ishlab chiqarilishidagi jadallik kiradi, u hal qiluvchi darajada tug`ilish darajasi bilan bog`liqdir. Bu daraja qanchalik yuqori bo`lsa, mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi, demak mehnat resurslari shunchalik tez o`sadi. Ijtimoiy-iqtisodiy omillardan mehnat resurslarini shakllantirish uchun ancha ahamiyatlisi mintaqadagi ishlab chiqarish va iqtisodiy konyunktura tuzilmasining xususiyatlari (mehnat unumdorligining o`sishi) ni aytib o`tish mumkin. Bu hol ishlovchi o`smirlar va ishlovchi pensionerlar soniga ta’sir qiladi. Ish o`rinlarining ayniqsa, o`smirlar va katta yoshdagi ishlovchilarning mehnatdan foydalanishga mos keladigan ish o`rinlarining mavjudligi ishlab chiqarish tuzilmasi bilan bog`liqdir. Mintaqaning ijtismoiy-iqtisodiy rivojlanishini strategik rejalashtirishning pirovard maqsadi ushbu mintaqa aholisining farovonligini oshirish hisoblanadi. Bunday maqsadga avvalambor mintaqa aholisining oqilona bandligini ta’minlash orqali erishish mumkin. Binobarin, mintaqa rivojlanishi strategiyasida aholi bandligi bo`limiga asosiy e’tibor qaratilishi kerak bo`ladi. Albatta, aholi bandligini ta’minlash strategiyasi (yoki strategik hujjatning aholi bandligi bo`limi) mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasi va sharoitlari, uning mehnat va iqtisodiy salohiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Ushbu hujjatning tarkibi ham ushbu sharoitlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Mintaqada bandlik muammosi ayniqsa qishloq aholisi uchun juda dolzarbdir. Mehnat resurslari balansiga ko`ra qishloq joylaridagi ishsizlarning ulushi iqtisodiy faol aholi tarkibidagi qishloq aholisi ulushidan kattadir. Bunday vaziyat, avvalambor, agrar sektordan bo`shab qolganlarni qishloq joylaridagi iqtisodiyotning boshqa sohalariga ishga joylashtirishning cheklanganligi bilan izohlanadi. Natijada yashirin ishsizlik va ro`yxatga olinmagan bandlik miqyoslarining oshib ketishiga olib keladi. Download 56.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling