1-илова O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Mehnatga ishbay haq toʻlashda oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqish
Download 1.3 Mb.
|
zafar xisobot (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatga haq toʻlashning tarifsiz tizimlarida oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqish
- Mehnat taʻtili berilganda uning muddatini aniqlash va pullik kompensatsiyani hisoblash
Mehnatga ishbay haq toʻlashda oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqish
7. Oʻrtacha ish haqi hisob-kitob kuni belgilangan ishlar tarifikatsiyasi boʻyicha hisoblab chiqilgan tarif stavkasidan kelib chiqib: tashkilotda 12 oydan ortiq ishlagan xodimlar uchun — mehnat taʻtili haqi hisob-kitob qilinadigan oydan oldingi 12 oy uchun olingan, ishlar tarifikatsiyasi boʻyicha hisoblab chiqilgan hisob-kitob tarif stavkasidan ortiq boʻlgan barcha toʻlovlarni, shu jumladan ishbay qoʻshimcha haqning oʻn ikkidan bir qismiga; tashkilotda tegishli ravishda 6 oydan 11 oygacha ishlagan xodimlar uchun — mehnat taʻtili haqi hisob-kitob qilinayotgan oydan oldingi 6 oy va undan ortiq oylar uchun olingan ishlar tarifikatsiyasi boʻyicha hisoblab chiqilgan hisob-kitob tarif stavkasidan ortiq boʻlgan barcha toʻlovlarning, shu jumladan ishbay qoʻshimcha haqning oltidan bir qismiga (yettidan bir qismiga, sakkizdan bir qismiga, toʻqqizdan bir qismiga, oʻndan bir qismiga, oʻn birdan bir qismiga) oshirilib hisob-kitob qilinadi. 8. Xodimning tarif stavkasi tashkilotda qoʻllaniladigan mehnatga haq toʻlash boʻyicha tarif setkasiga muvofiq xodim tomonidan bajariladigan ishlarning belgilangan razryadidan kelib chiqib belgilanadi. 9. Ishbay qoʻshimcha haq xodim belgilangan mehnat normasini ortigʻi bilan bajarganda hosil boʻladi va xodim mehnat taʻtili haqini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan har oylik davrda olgan amaldagi ish haqidan (mukofotlar, ustamalar va qoʻshimcha haqlarni hisobga olmaganda) ushbu Yoʻriqnomaning 8-bandiga muvofiq belgilangan tarif stavkasini ayirib tashlash orqali aniqlanadi. Mukofotlar, ustamalar va qoʻshimcha haqlar ular hisoblangan davrdan qatʻi nazar hisoblangan oy boʻyicha hisobga olinadi. 4-misol. 4-razryadli xodimiga 2017-yil 3-dekabrdan boshlab taʻtil berilgan. Hisob-kitob kuni tarif stavkasi 1 mln. 200 ming soʻmni tashkil etadi.
Mehnat taʻtili haqini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan xodimning oʻrtacha ish haqi 1 mln. 200 ming soʻmni tashkil etadi: (hisob-kitob kuni tarif stavkasi) + (3 mln. 400 ming + 1 mln. 650 ming)/12 = 1 mln. 620 ming 833 soʻm. Mehnatga haq toʻlashning tarifsiz tizimlarida oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqish 10. Mehnat taʻtili haqi miqdorini hisoblab chiqish uchun mehnatga haq toʻlashning tarifsiz tizimlarida (agar mehnat haqining umumiy miqdoridagi ish haqining tarif qismini aniqlash mumkin boʻlmasa, masalan, agar daromad sotiladigan mahsulotlar ulushi sifatida aniqlansa) oʻrtacha ish haqi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi boʻyicha belgilangan birinchi razryad tarif stavkasi miqdoridan kelib chiqib, hisob-kitob tarif stavkasidan ortiq boʻlgan barcha toʻlovlarning oʻn ikkidan bir qismiga (oltidan bir qismiga, yettidan bir qismiga va hokazo) oshirilgan holda aniqlanadi. 5-misol. Xodimga 2018-yil 10-yanvardan boshlab toʻliq kalendar yili uchun taʻtil beriladi. Xodimning ish haqi mehnat shartnomasida belgilangan realizatsiya qilingan mahsulotdan ajratmalar hisobiga shakllanadi va doimiy hisoblanadi.
Mehnat taʻtili haqini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan xodimning oʻrtacha ish haqi quyidagilarni tashkil etadi: 172 ming 240 + (12 mln. 880 ming 235 + 1 mln. 650 ming) / 12 = 1 mln. 383 ming 093 soʻm. Mehnat taʻtili berilganda uning muddatini aniqlash va pullik kompensatsiyani hisoblash 11. Mehnat kodeksining 134-moddasiga muvofiq xodimga beriladigan yillik mehnat taʻtilining muddati 15 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak. Bunda qonun hujjatlarida yoxud jamoa va/yoki mehnat shartnomalarida yillik asosiy mehnat taʻtilining muddati belgilanishi mumkin. 12. Taʻtildan foydalanish davri boshlanishi mehnat shartnomasi boʻyicha ish boshlangan kundan boshlab, oxiri esa, qonun hujjatlariga va ichki lokal hujjatlarga muvofiq mehnat taʻtili muddatini aniqlash uchun ish stajiga kiritiladigan oʻn ikki oylik davrning oxirgi kalendar sanasi boʻyicha belgilanadigan ish yilidan kelib chiqib aniqlanadi. 6-misol. Mehnat shartnomasiga muvofiq ish boshlangan birinchi kun (xodim mehnat majburiyatlarini bajarishga kirishishi shart boʻlgan kun) — 2016-yil 5-yanvar. Birinchi ish yilining boshlanishi — 2016-yil 5-yanvar, oxiri — 2017-yil 4-yanvar; ikkinchi ish yilining boshlanishi 2017-yil 5-yanvar, oxiri — 2018-yil 4-yanvar va hokazo. 13. Farmonga muvofiq qonun hujjatlarida yoxud jamoa va/yoki mehnat shartnomalarida belgilangan xodimlar mehnat taʻtilining (shu jumladan, har yilgi qoʻshimcha taʻtilning) muddati: 18 va undan ortiq ish kunini tashkil etsa — uch ish kuniga; 17 ish kunini tashkil etsa — ikki ish kuniga; 16 ish kunini tashkil etsa — bir ish kuniga kamaytiriladi. 7-misol. Davlat muassasasi xodimlariga 24 ish kunidan iborat asosiy mehnat taʻtili belgilangan. Farmon qoidalarini hisobga olganda naturada beriladigan mehnat taʻtilining amaldagi muddati 21 ish kunini tashkil etadi (24 — 3). 8-misol. Tashkilot xodimlariga 16 ish kunidan iborat boʻlgan mehnat taʻtili belgilangan. Farmon qoidalarini hisobga olganda naturada beriladigan mehnat taʻtilining amaldagi muddati 15 ish kunini tashkil etadi (16 — 1). 9-misol. Tashkilot xodimiga 15 ish kunidan iborat mehnat taʻtili belgilangan. Farmonning 3-bandining toʻrtinchi xatboshisiga muvofiq naturada beriladigan mehnat taʻtilining amaldagi muddati 15 ish kunini tashkil etadi. 14. Ushbu Yoʻriqnomaning 13-bandi qoidalarini hisobga olganda 2018-yilda mehnat taʻtilining birinchi kuni: 3-yanvardan 21-martgacha boʻlgan davrga toʻgʻri kelsa xodimlarning mehnat taʻtili muddati — 1 ish kuniga; 21-martdan 1-sentabrgacha boʻlgan davrga toʻgʻri kelsa xodimlarning mehnat taʻtili muddati — 2 ish kuniga; 1-sentabrdan 2018-yilning oxirigacha boʻlgan davrga toʻgʻri kelsa xodimlarning mehnat taʻtili muddati — 3 ish kuniga kamayadi. 10-misol. Xodimning taʻtillar jadvali boʻyicha 24 ish kunidan iborat boʻlgan mehnat taʻtili 2018-yil 4-yanvardan boshlanadi. Mehnat taʻtili beriladigan ish yilida Farmonda belgilangan faqat bitta qoʻshimcha ishlanmaydigan kun boʻlganligini hisobga olib, naturada berilgan uning mehnat taʻtili muddati 23 ish kunini tashkil etadi (24 — 1). Agar ushbu xodimning mehnat taʻtili 2018-yil 1-apreldan berilsa, u holda uning taʻtili naturada 22 ish kunini tashkil etadi (24 — 2). 15. Taʻtil muddati 6 kunlik ish haftasi hisob-kitobidan (tashkilotda 5 kunlik ish haftasi belgilangan boʻlsa ham) kalendar boʻyicha ish kunlarida hisoblab chiqiladi. 16. Taʻtil kunlarini hisob-kitob qilishda mehnat taʻtili davriga toʻgʻri keladigan dam olish (yakshanba), ish kuni boʻlmagan bayram kunlari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar hisobga olinmaydi. 17. Ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqiladigan taʻtil muddati (pullik kompensatsiya miqdorini hisoblab chiqishda va mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat taʻtilidan foydalanishda) ushbu Yoʻriqnomaning 12-bandiga muvofiq belgilangan mehnat taʻtili muddatining miqdorini oʻn ikkiga boʻlish va ushbu ish yilidagi ishlangan toʻliq oylar soniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi. Bunda 15 kalendar kuniga va undan ortiqqa teng boʻlgan ortiqcha kunlar (toʻliq ishlangan oxirgi oydan ortiq kunlar) bir oygacha toʻldiriladi, 15 kalendar kunidan kam boʻlgan ortiqcha kunlar esa chiqarib tashlanadi. 11-misol. Xodim 9 oy 17 kun ishladi. Mehnat shartnomasi boʻyicha uning yillik mehnat taʻtili 15 ish kunini tashkil etadi. Ishlangan vaqtga mutanosib belgilangan mehnat taʻtili muddati 13 ish kunni tashkil etadi (15 * 10 / 12) Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling