1-илова O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


I.Tijorat banklarida hisob-kitob opyeratsiyalari hisobi


Download 1.3 Mb.
bet2/10
Sana09.05.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1449480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
zafar xisobot (3)

I.Tijorat banklarida hisob-kitob opyeratsiyalari hisobi.
1.1. Mijozlarga bank hisobvaraqlarini ochish va amalga oshiriladigan opyeratsiyalar hisobi.
Tijorat banklari tomonidan mijozlarga milliy va xorijiy valutada bank hisobvaraqlarini ochishi, ularni qayta rasmiylashtirishi hamda yopishi mumkin1. Bank hisobvaragʻi deganda, bu bank va mijoz oʻrtasida tuziladigan maxsus shartnoma (xizmat koʻrsatish) ga muvofiq, mijozning pul mablagʻlarini saqlash uchun ochilgan hisobvaragʻi tuchuniladi. Bank hisobvaraqlari quyidagi: talab qilib olinguncha saqlanadigan dyepozit hisobvaraqlar; jamgʻarma dyepozit hisobvaraqlar; muddatli dyepozit hisobvaraqlar; dyepozit hisobvaraqlarning boshqa turlari; kryedit hisobvaraqlari kabi turlarga boʻlinadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini koʻrsatish uchun xohlagan banklarida milliy va xorijiy valutadagi talab qilib olinguncha saqlanadigan dyepozit hisobvaraqlari hamda dyepozit hisobvaraqlarning boshqa turlarini ochishlari mumkin. Bunda, mijoz va bank oʻrtasida tuzilgan hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida rasmiylashtiradi. Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka ariza bilan birgalikda boshqa zaruriy (hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza, davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi, imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha) hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab, banklar ikki bank ish kuni mobaynida ularga hisobvaraqlar ochishlari va kyeyingi ish kunidan kyechiktirmay, hisobvaraqlar ochilganligi toʻgʻrisida tegishli soliq organiga yozma ravishda xabar byeradi. Mijozlar tomonidan xorijiy valutada talab qilib olinguncha dyepozit hisobvaraqlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamgʻarma, muddatli va dyepozit hisobvaraqlarning xorijiy va boshqa milliy valutadagi turlarini ochish uchun bankka yuqoridagi hujjatlar taqdim qilinadi. Bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan hisobvaraq mavjud boʻlsa, faqat hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza taqdim qilinadi.
Shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subʻyektlar oʻzlariga xohlagan banklard hisobvaraqalar ochishlari uchun tegishli hujjatlar bilan birga, imzo namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar ikki nusxada taqdim qilinadi. Varaqchaning bir nusxasi buxgalterda, ikkinchisi esa pul cheklarini rasmiylashtiruvchi nazoratchida turadi. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha notarial yoki yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Agar bank operatsiya qismlarini joylashtirish shartlari boʻyicha zarur boʻlsa, ushbu bankda bittadan koʻp hisobvaraqqa ega boʻlgan hisobvaraq egalaridan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchaning qoʻshimcha nusxalari talab qilinishi mumkin. Bunda qoʻshimcha nusxalar bank bosh buxgalteri yoki uning oʻrinbosari tomonidan varaqchaning asosiy nusxasi bilan solishtirgandan keyin tasdiqlanadi. Varaqchalarning bunday nusxalarini qoʻshimcha tasdiqlash talab qilinmaydi. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalarda hisobvaraqlarning raqamlari koʻrsatiladi. Imzo namunalari varaqchasiga yuridik shaxsning rahbari va bosh buxgalteri imzolari yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslarning imzolari kiritiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Dehqon xoʻjaligi rahbari va yakka tartibdagi tadbirkorning asosiy muhri boʻlmagan holda ular faqat oʻzlarining imzolari namunalarini taqdim qiladilar.
Mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning hisobi har bir turdagi mablagʻlar va qimmatliklar boʻyicha ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jurnallarda) yuritiladi. Bunda ularning maqsadi, shuningdek, hisobvaraq egalari koʻrsatiladi. Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari birlamchi hujjatlar asosida dasturiy yoʻl bilan ikki nusxada tayyorlanadi. Ikkinchi nusxa shaxsiy hisobvaraqdan koʻchirma boʻlib xizmat qiladi va mijozga berish yoki joʻnatish uchun moʻljallanadi. Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat tegishlicha rasmiylashtirilgan hisob-kitob-pul hujjatlari asosida kiritiladi. Shaxsiy hisobvaraqlardan koʻchirmalar kompyuter yordamida tayyorlansa, ular mijozlarga berilayotganda imzolar va bank shtamplari bilan rasmiylashtirilmaydi. Kredit boʻyicha oʻtkazilgan summalar yuzasidan, shaxsiy hisobvaraqlardan koʻchirmalarga hisobvaraq boʻyicha yozuvlar kiritishda asos boʻlgan ilovalar qoʻshiladi.
Koʻchirmalarga ilova qilinadigan hujjatlarga shtamp, shuningdek, hujjat shaxsiy hisobvaraq boʻyicha oʻtkazilgan sana kalendar shtempeli bosilishi kerak (agar bu sana hujjat yozilgan sanaga mos kelmasa). Shtamp faqat koʻchirmaning asosiy ilovasiga qoʻyiladi. Asosiy ilovada qayd etilgan operatsiyalarning mundarijasi va umumiy summasini tuchuntiruvchi hamda talqin etuvchi qoʻshimcha hujjatlarga shtamp qoʻyilmaydi.
Bank ikki ish kuni oʻtganidan keyin mijoz hisobvaragʻi kreditida notoʻgʻri yozuvlar borligini aniqlasa, mijoz kechiktirilgan har bir kun uchun hisobvaraq kreditidagi umumiy summaning bank xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻzda tutilgan foizi miqdorida bankka jarima toʻlaydi. Mijoz shaxsiy hisobvaraqdan koʻchirmani yoʻqotib qoʻygan taqdirda, uning dublikati mijoz arizasiga koʻra, bank rahbari yoki uning muovini beradigan yozma ruxsatnoma asosidagina mijozga berilishi mumkin.
Agar mijozning asosiy hisobvaragʻini boshqa bankka oʻtkazish uning arizasiga asosan hisobvaraqning qoldigʻi tasdiqlanishi va chek daftarchalari qaytarilishi bilan amalga oshiriladi. Bunda ushbu mijozning ikkilamchi hisobvaraqlari yopilmaydi. Mijozni qabul qilayotgan bank uning arizasiga asosan oʻzida “Mijozlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisob-kitobi” ichki bank hisobvaragʻini ochadi va bu toʻgʻrida mijozga xabar beradi. Asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank mijozning farmoyishiga asosan unga asosiy hisobvaraq ochayotgan bankka uning hisobvaragʻi qoldigʻini oʻtkazishi, shuningdek roʻyxat boʻyicha yuridik yigʻmajildini, kartotekasidagi hisob-kitob hujjatlari va boshqa hujjatlari beriladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling