1. Inflyasiyaning iqtisodiy ma’nosi va vujudga kelish sabablari
Download 10.4 Kb.
|
Bobga oid savol-WPS Office
Bobga oid savollar 1.Inflyasiyaning iqtisodiy ma’nosi va vujudga kelish sabablari. 2. Inflyasiyaning turlarini yoriting . 3. Talab va taklif inflyasiyasi mohiyatini yoriting. 4.Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi omillar. 5. Inflyasiyaning ijtimoiy – iqtisodiy omillari sanab o’ting 6. Inflyasiya va ishsizlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik. 7. Inflyasiyaning baholarni oshishi bilan qanday qanday bog‘liqlik mavjud? 8.Baholarning oshishi doimo ham inflyasiya mavjudligidan dalolat beradimi? 9.Inflyasiya jarayoni milliy iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 10. YUqori inflyasiya sharoitida ishlab chiqarish jarayonida qanday holat vujudga keladi? 11.Inflyasiyaga qarshi qanday siyosat olib boriladi? Javoblar: 1. Inflyasiya – pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar massasi hamda pul massasi o‘rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. Inflyasiyani vujudga kelishiga qator omillar ta’sir qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin.
Inflyasiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi, shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar ham sabab bo‘ladi. Inflyasiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda chiqarilgan pullar, iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat pul – kredit siyosatiga aholi ishonchining pasayishi va boshqalar sabab bo‘ladi. 2. Inflyasiya juda ko‘p qirrali bo‘lib, u asosan quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin:
sudraluvchan inflyasiya; shiddatli inflyasiya; giperinflyasiya; kutilgan va kutilmagan inflyasiya; ochiq inflyasiya; yopiq inflyasiya; talab xarajatlar inflyasiyasi; taklif (xarajatlar) inflyasiyasi 3. Talab inflyasiyasi sharoitida yalpi talab hajmi real ishlab chiqarish hajmiga nisbatan tez su’ratlar bilan o‘sib boradi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosi ortib ketadi. Taklif (xarajatlar) inflyasiyasi ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan samarali foydalanilmaslik oqibatida ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketadi, tovar va xizmatlar bahosi ko‘tariladi. Natijada aholining real daromadlariga nisbatan tovarlar va xizmatlarning bahosi nomutanosib ravishda tez ko‘tarilib ketadi. Dastlabki bosqichda muomaladagi ortiqcha pul massasi mamlakatda ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarini tezlashtirish hamda ishsizlik darajasini pasaytirish hisobiga baholarning muvozanatligini ta’minlaydi. 4.Inflyasiya – pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar massasi hamda pul massasi o‘rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. Inflyasiyani vujudga kelishiga qator omillar ta’sir qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin.
Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, milliy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning nomutanosib to‘lov balansi kabilarni kiritish mumkin. Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtisodiy inqirozlar, moliya va fond bozorlarida indekslarning o‘zgarishi kabilarni keltirish mumkin. Ta’kidlash joizki, oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda inflyasiya muammosi mavjud bo‘lmagan. Metall pullar o‘rnini qog‘oz va tanga pullar egallagandan so‘ng iqtisodiyotda inflyasiya bilan bog‘liq ziddiyatli holatlar vujudga kela boshladi. CHunki, qog‘oz va tanga pullar o‘zida haqiqiy qiymatni aks ettirmaydi. Dastlabki davrda ushbu pullar oltin va kumush metallar hamda tovarlar bilan ta’minlangan edi. Inflyasiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi, shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar ham sabab bo‘ladi. Inflyasiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda chiqarilgan pullar, iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat pul – kredit siyosatiga aholi ishonchining pasayishi va boshqalar sabab bo‘ladi. 5.Iqtisodiyotda inflyasiyaning vujudga kelishi mamlakatning barcha jabhalarida ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikricha, mamlakatda sudraluvchan inflyasiya iqtisodiyot rivojiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Odatda iqtisodiyotda inflyasiya darajasi yillik 12 – 14 foizdan ortgandan so‘ng uning salbiy ta’siri seziladi. Inflyasiyaning salbiy ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq. 6. Ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan samarali foydalanilmaslik oqibatida ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketadi, tovar va xizmatlar bahosi ko‘tariladi. Natijada aholining real daromadlariga nisbatan tovarlar va xizmatlarning bahosi nomutanosib ravishda tez ko‘tarilib ketadi. Dastlabki bosqichda muomaladagi ortiqcha pul massasi mamlakatda ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarini tezlashtirish hamda ishsizlik darajasini pasaytirish hisobiga baholarning muvozanatligini taminlaydi. hsizlik darajasi pasayishi natijasida mamlakatda tovarlar hajmi ortishi talabni qondirish bilan birga, undan ortib ketadi. Bu o‘z navbatida, ishlab chiqarishning samarasizligi va ishsizlik darajasini oshishiga sabab bo‘ladi. 7. Asossiz ravishda ish haqi va boshqa to‘lovlarning oshirilishi, ushbu to‘lovlar davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, muomalaga qo‘shimcha emissiya hisobiga amalga oshiriladi. Buning natijasida iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarning bahosi oshadi va inflyasiya darajasi ortib boradi. 8.Doim ham emas. 9.Milliy iqtisodiyotda inflyasiyaga qarshi siyosatni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, inflyasiya mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 10. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning eksport qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqoriligi bilan ifodalanadi. Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar hisobiga xorijiy valyutalarning chetga oqib ketishi yuz beradi, natijada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar nafaqat tashqi ehtiyojlarni, balki ichki ehtiyojlarni qondirishga ham xizmat qilmay qo‘yadi. Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati taboro salbiylashib, inflyasiya darajasi ortib boradi. 11. Milliy iqtisodiyotda inflyasiyaga qarshi siyosatni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, inflyasiya mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Inflyasiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda, iqtisodchilarning fikricha, uning ikkita yo‘li mavjudligi e’tirof etiladi: – umumiy talabni tartibga solish; – umumiy taklifni tartibga solish. Umumiy talabni tartibga solish orqali inflyasiyaga qarshi kurash keynschilik yo‘nalishi sifatida e’tirof etiladi. Ular inflyasiyaga qarshi kurashda umumiy talabni tartibga solish taklifning oshishiga samarali ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Taklifning oshishiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillar davlat xarajatlarini oshirish va imtiyozli kreditlarning miqdorini ko‘paytirishdir. Ular o‘z navbatida mamlakatda investitsion talabni keltirib chiqaradi, investitsion talab taklifning o‘sishiga olib keladi, taklifning o‘sishi esa baholarning pasayishiga, baholarning pasayishi inflyasiyani oldini olish va giperinflyasiyani bartaraf etish imkoniyatini beradi Download 10.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling