1. Inson resurslarining hayot sifati kursatkichi Inson taraqqiyoti ziddiyatlari


Inson salohiyati taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichlari


Download 100 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi100 Kb.
#1502159
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ma\'ruza. Inson resurslari

11.3. Inson salohiyati taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichlari
Inson resurslari taraqqiyoti iqtisodiy jihatdan rivojlanib borishi uni aniqlash va o‘lchash uslubiyatining ham rivojlanib borishiga ta’sir ko‘rsatdi. BMTning 1912 yili Rio-de-Janeyrodagi konferensiyasi atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlandi. Unda mo‘’tadil rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiyada, hozirgi avlod vakillarining ehtiyoji kelgusi avlod ehtiyojlari hisobiga qondirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak, deb ta’kidlab o‘tildi.
Mafkura tubdan o‘zgarishi natijasida inson resurslarining sifat ko‘rsatkichlari ham o‘zgarib bordi. O‘tgan asrning 50-60-yillariga kelib «hayot sifati» tushunchasi iqtisodiy atama sifatida yuzaga chiqdi. Dastlab bu ko‘rsatkich faqatgina YAMM miqdori, ya’ni YAMMning aholi jon boshiga qancha miqdorda tug‘ri kelishi bilan belgilana boshlandi. Keyinchalik esa bunda inson va uning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlar inobatga olinadigan bo‘ldi. 80-yillarning ikkinchi yarmiga kelib esa, «Inson salohiyati taraqqiyoti indeksi» (ISTI) tushunchasi shaklllandi, bu ko‘rsatkichni nafaqat moddiy ne’matlarning iste’moli, balki insonlar rivojlanishining barcha imkoniyatlari, ya’ni ta’lim tizimi va sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlari orqali hisob-kitob qilish yo‘lga qo‘yildi.
1990 yildan boshlab esa, ISTI BMT safidagi barcha davlatlar orasida nashr etila boshladi. O‘zbekistonda ilk bor 1999 yildan ISTI 3 tilda muntazam yillik hisobot shaklida nashr etilmoqda. Ushbu hisobatida ISTI 3 ta ko‘rsatkich asosida, o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichlarning yig‘indisi shaklida aniqlanadi. Umumiy xolda ushbu ko‘rsatkichlarning formula shakli qo‘yidagicha:

Df - Dmin


I q --------------------- (10.1)
Dmax - Dmin

1. O‘rtacha kutiladigan umr kechirish darajasi. O‘tgan asrning 90-yillari boshida o‘rtacha umr ko‘rish darajasi asosida (Yaponiyada – 79 yosh, Shvesiyada – 78 yosh, Kanada va Fransiyada – 77 yosh, AQSH va Kanadada – 76 yosh, Chilida – 72, Meksikada – 70 yosh) 1994 yildagi hisob bo‘yicha ushbu yosh maksimum darajada, ya’ni 85 yil, minimum darajada yosh esa 25 yil qilib olindi. O‘zbekistonda o‘rtacha umr kechirishni o‘sha yili 69 yil desak, unda bu ko‘rsatkich quyidagi ko‘rinishni oladi:

Ta’lim darajasi indeksi amal qilinadigan uslubga binoan, ikkita indeksning o‘rtacha tortilgan usuli bilan aniqlanadi. Shunga binoan ma’lumotlilik darajasi aniqlanadi. To‘la ma’lumotlilik 2/3 og‘irlikda va 24 yoshgacha bo‘lganlarning ma’lumotlilik darajasi 1/3 og‘irlikda. 1994 yilda O‘zbekistondagi yuqori yoshdagi aholining savodxonlik darajasi 98,4%, 24 yoshgacha bulgan aholining savodxonlik darajasi esa 49,1. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida va normativ diapazon (100%-0%) da savodxonlik indeksi va o‘qiyotganlar darajasi indeksi qo‘yidagicha:






Ushbu ikkita ko‘rsatkich asosida O‘zbekiston miqyosida ma’lumotlilik darajasini aniqlaymiz:


2. Eng murakkab va munozarali IRSI ko‘rsatkichlaridan biri – bu, YAMM miqdorini jon boshiga aniqlashdir. Ushbu ko‘rsatkichni BMT ekspertlari usuliga asosan YAMM diapazoni maksimum 40 000, minimum esa 100 AQSH dollar o‘rtasida, deb hisoblashadi. Ularning uslubi bo‘yicha 1 AQSH dollarining ayrim davlatlarda «foydalilik» darajasi ham aniqlanadi. IRSI hisob-kitobida jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAMMning maksimum miqdori 5448 dollar, minimum miqdori esa 100 dollar, deb qabul qilindi. O‘zbekistonda YAMMning jon boshiga ulushi 1994 yilda 1044, 5 dollar desak, uning miqdori qo‘yidagicha bo‘ladi:

Ushbu 3 ta ko‘rsatkich asosida Inson saloxiyati taraqqiyoti indeksini aniqlab olamiz:

O‘zbekiston miqyosida bu ko‘rsatkich quyidagi ko‘rininshni oladi:



Ushbu ko‘rsatkichga asosan jahon miqyosida inson salohiyati indeksi orqali mamlakatlar reytingi aniqlanadi. ISTI buyicha biz davlatlarni 3 guruhga ajratamiz.


1-guruh: 0,907 atrofida. Bu guruhga kiruvchi Kanada 0,960, AQSH 0,942 ko‘rsatkichiga ega.
2-guruh: 0,667 atrofida bo‘lib, unga rivojlanayotgan davlatlar kiradi. Masalan, Xitoy 0, 626, Rossiya 0,792.
3-guruh: yoki quyi guruh 0,403 atrofida bo‘lib (rivojlanayotgan davlatlar ), unga Indoneziya (0,446), Keniya (0,463) kiradi.
IRSIni hisoblash uslubini kelgusida yanada takomillashtirish borasida ishlar olib borilmoqda. Bu ko‘rsatkichda YAMMning jon boshidagi ulushi o‘rniga sog‘liqni saqlash, ta’lim, xavfsizlik, ijtimioy munosobatlar, ekologik muhit kabi ko‘rsatkichlarni inobatga olish ustuvor yo‘nalish, deb qaralishi kutilmoqda. Oxir-oqibatda hayot sifati ko‘rsatkichini ne’matlar iste’moli miqdori bilan o‘lchash noto‘g‘riligini hayotning o‘zi isbotlamoqda.



Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling