15-ameliy. Qayta tashkil qilinadigan qishloq xo‘jalik korxonalari hududida er tuzish ishlari
Download 11.29 Kb.
|
15-ameliy
15-ameliy. Qayta tashkil qilinadigan qishloq xo‘jalik korxonalari hududida er tuzish ishlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan eri va mulki umumiy birgalikdagi yoki umumiy pay mulkchilik turlarida bo‘lgan har qanday korxona qayta tashkil etilishi mumkin, bundan xususiylashtirish va qayta tashkil etish maxsus ruxsatnoma talab etadigan yoki bu ishlar ular uchun mumkin bo‘lmagan xo‘jaliklar mustasno. Qayta tashkil etilayotgan korxonalar asosida yangilarini yaratishda fermer xo‘jaliklari, mazkur korxonani qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganiga qadar ajralgan boshqa xo‘jalik yuritish shakllaridagi qishloq xo‘jalik korxonalari ishtirok etishlari mumkin. Q/x korxonalarini qayta tashkil etishda yangi er egaliklarini (erdan foydalanishlarni) tashkil etish va mavjudlarini tartibga solish XAET loyihalari asosida amalga oshiriladi. Bunday er tuzishning maqsadi er egalari va erdan foydalanishlarning oqilona va turg‘un tizimini shakllantirish; er paylarini birlashtirish uchun sharoitlar yaratish; erlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash; mavjud ishlab chiqarish va ijtimoiy infratizimlar ob’ektlaridan oqilona foydalanish, kooperatsiyani va xo‘jaliklararo aloqalarni rivojlantirish hisoblanadi. Loyihaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: yangi er mulkchiligi ob’ektlarini shakllantirish, erlarni va er egaliklari, erdan foydalanishlar huquqlarini aniqlash, ularga aniqlik kiritish, chegaralash; q/x korxonalari hududlaridagi erlarni har xil maqsadli toifalarga va mulkchilik sub’ektlariga ajratish; mulk payi hisobiga jismoniy va huquqiy shaxslarga beriladigan binolar, qurilishlar, inshootlar va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari ixtiyoriga (balansiga) beriladigan ijtimoiy soha, hamda injenerlik infratizimi ob’ektlari bilan band er uchastkalarining chegaralarini va maydonlarini belgilash; erlardan foydalanishning maxsus tartibini va shartlarini belgilash, foydalanilishi cheklangan va boshqa shaxslar huquqlari bilan majburiyat-langan erlarning joylashgan o‘rinlarini va chegaralarini aniqlash; xo‘jaliklararo ahamiyatga ega, hamda hududni injenerlik jixozlashning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratizimlari ob’ektlarini joylashtirish; erning bahosini aniqlash, er solig‘i va er uchun ijara haqini belgilash, er egalari va erdan foydalanuvchilarning zararlarini va qishloq (o‘rmon) xo‘jaligi ishlab chiqarishining erlarini olishdan ko‘radigan ziyonlarini qoplash uchun erlarning soni, sifati va joylashgan o‘rinlari to‘g‘risida axborot tayyorlash; er munosabatlarini tartibga solishning huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlash. Qayta tashkil etilayotgan korxona asosida tuziladigan yangi er egaliklari va erdan foydalanishlarni shakllantirish bo‘yicha xo‘jaliklar-aro er tuzish loyihasiga qo‘shimcha tarzda quyidagi er tuzish ishlari kiritilishi mumkin: korxona er turlarining qayta tashkil etish davridagi aniqlangan eksplikatsiyasi bilan erlarni inventarizatsiyalash, agar bu ishlar tayyorgarlik ishlarida bajarilishi mumkin bo‘lmasa; erlarni iqtisodiy baholash va korxonaning er kadastri xaritasini tuzish; Qayta tashkil etilayotgan korxonaning ho‘jaliklararo er tuzish loyihasi o‘z ichiga quyida tarkibiy qismlarni oladi: Hududni xo‘jaliklararo qayta tashkil etish va erlarni qayta taqsimlash. Erdan foydalanishning huquqiy tartibi va er munosabatlarini tartibga solish mexanizmi. Er munosabatlarini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmi. Xo‘jalikda hududni ichki tashkil etish chizmasini ishlash. Download 11.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling