1. Investitsiya faoliyatiga tegishli huquqiy munosabatlarning


reinvestitsiyalar – investitsiyalardan olingan, tadbirkorlik faoliyati va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan har qanday daromad


Download 17.73 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi17.73 Kb.
#1569950
1   2   3   4
Bog'liq
Keys

reinvestitsiyalar – investitsiyalardan olingan, tadbirkorlik faoliyati va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan har qanday daromad,
shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqlari, texnik yordam, texnik xizmatlar uchun toʻlovlar va haqlarning boshqa turlari;
toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari – chet ellik investorning hukumat kafolatlarisiz, tavakkalchilik sharoitlarida oʻz mablagʻlari yoki qarz mablagʻlari hisobidan investitsiyalari;
chet el investitsiyalari – chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar;
chet ellik investorlar – chet davlatlar, chet davlatlarning maʼmuriy yoki hududiy organlari, davlatlar oʻrtasidagi bitimlarga yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tuzilgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyekti boʻlgan xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat koʻrsatadigan yuridik shaxslar, har qanday boshqa shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar, chet davlat fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar – aksiyalarining (ulushlarining, paylarining) yoki ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn besh foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar.
4-modda. Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari
Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
oshkoralik va ochiqlik;
investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
adolatlilik va investitsiya faoliyati subyektlarining tengligi;
investorlarga nisbatan kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;

Download 17.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling