1. Investitsiya loyihalari moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning ahamiyati va ob’ektiv zarurligi


Biznes-rejani amalga oshirish uchun investitsiyalar samaradorligini baholash


Download 40.44 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi40.44 Kb.
#1574711
1   2   3   4   5
Bog'liq
Anvar1210

2.Biznes-rejani amalga oshirish uchun investitsiyalar samaradorligini baholash
Investitsiyalar samaradorligini baholash investitsion qarorlar qabul qilish jarayonidagi mas’uliyati eng yuqori bo‘lgan bosqichlardan biridir.
Kompaniyaning rivojlanish sur’ati va kiritilgan kapitalni qaytarish muddatlari baholashning qanchalik ob’ektiv va har tomonlama amalga oshirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Buni ko‘p jihatdan baholashning zamonaviy usullardan foydalanish belgilab beradi.SHuni aytib o‘tish kerakki, hozirgi paytda mamlakatimizda kapital qo‘yilmalar samaradorligini baholash usullarini unchalik sipo deb hisoblash to‘g‘ri emas. Bu maqsadda qo‘llanuvchi ikkala ko‘rsatkich samaradorlik koeffitsienti (o‘rtacha yillik foyda miqdorining kapital qo‘yilmalar hajmiga nisbati) va o‘zini qoplash muddati (unga teskari ko‘rsatkich) bir qator jiddiy kamchiliklarga ega bo‘lib, ular real investitsiyalar samaradorligini baholashda ob’ektiv ma’lumot olishga imkon bermaydi.
Bu kamchiliklar nimalardan iborat? Ulardan biri sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlarning har bittasini hisob-kitob qilishda vaqt omili hisobga olinmasligidadir – na foyda va na investitsiya mablag‘lari hajmi haqiqiy qiymatga keltirilmaydi. Demak, hisob-kitob jarayonida oldindan solishtirib bo‘lmaydigan ko‘rsatkichlar – investitsiyalar summasi hozirgi qiymatda va foyda summasi kelajakdagi qiymatda beriladi. YAna bir kamchilika ko‘ra investitsiya qilingan kapitalni qaytarish ko‘rsatkichi sifatida faqat foyda qabul qilingan. Biroq amalda investitsiyalar sof foyda va amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida ham qaytarib beriladi. Demak, investitsiyalar samaradorligini faqat foyda asosida baholash hisob-kitob natijalarini juda o‘zgartirib yuboradi. Va nihoyat, uchinchi kamchilik shundan iboratki, ko‘rib chiqilayotgan ko‘rsatkichlar investitsiya loyihasi to‘g‘risida faqat bir tomonlama baho olishga imkon beradi, chunki ularning ikkalasi ham bir xil boshlang‘ich ma’lumotlardan foydalanishga asoslanadi.
Real investitsiyalar samaradorligini baholashda xorijda amal qiluvchi, so‘nggi paytlarda O‘zbekistonda ham qo‘llana boshlagan asosiy tamoyil va uslubiy yondashuvlarni ko‘rib chiqamiz.
Bunday tamoyillardan biri investitsiya qilingan kapitalning pul oqimi ko‘rsatkichi (cash flow) asosida qaytarilishiga bog‘liq bo‘lib, investitsiya loyihasini ekspluatatsiya qilish davomida amortizatsiya ajratmalari va sof foyda hisobiga shakllantiriladi. Bunda pul oqimi ko‘rsatkichi investitsiya loyihasining har bir yili bo‘yicha alohida yoki o‘rtacha yillik ko‘rsatkich sifatida baholanishi lozim.
Baholashning ikkinchi tamoyili investitsiya qilinuvchi kapitalni ham, pul oqimlari miqdorini ham pul mablag‘larining hozirgi qiymatiga keltirishdir. Bir qarashda investitsiya qilinuvchi mablag‘lar doimo hozirgi qiymatida aks ettirilgan bo‘ladi, chunki pul oqimlari shaklida ularni qaytarish muddati bo‘yicha ancha ilgarilab ketadi. Haqiqatda esa bunday emas – investitsiyalash jarayoni ko‘p hollarda bir vaqtning o‘zida emas, balki bir nechta bosqichda amalga oshiriladi. SHu sababli birinchi bosqichdan tashqari kelgusida investitsiya qilinuvchi barcha summalar pul mablag‘larining hozirgi qiymatiga keltirilishi lozim bo‘ladi. xuddi shu tarzda puo mablag‘lari oqimi ham hozirgi qiymatga keltiriladi.
Baholashning uchinchi tamoyili turli investitsiya loyihalari uchun pul oqimlarini diskontlash jarayonida differensiyalangan foiz stavkasini (diskont stavkasini) tanlash hisoblanadi. YUqorida aytib o‘tilganidek, investitsiyalardan olinuvchi daromad hajmi (real investitsiyalashda bunday daromad vaztfasini pul oqimlari bajaradi) quyidagi to‘rt omil asosida shakllantiriladi: o‘rtacha real depozit stavkasi; inflyasiya surati (yoki inflyasiya mukofoti); risk mukofoti; past likvidlik uchun mukofot. SHu sababli risk darajasi turlicha bo‘lgan ikkita investitsiya loyihasini taqqoslashda turlicha foiz stavkali diskontlash qo‘llanishi lozim (yuqori foiz stavkasidan risk darajasi yuqori bo‘lgan loyiha bo‘yicha foydalanish lozim). Xuddi shu tarzda umumiy investitsiyalash davri (investitsiyalar likvidligi) har xil bo‘lgan investitsiya loyihalari uchun yuqori foiz stavkasi amalga oshirish muddati uzoqroq bo‘lgan loyiha uchun qo‘llanishi kerak.
Va nihoyat baholashning to‘rtinchi tamoyili baholash maqsadlaridan kelib chiqqan holda diskontlash uchun foydalaniluvchi foiz stavkalari variatsiyasi hisoblanadi. Investitsiyalar samaradorligining turli ko‘rsatkichlarini hisoblashda diskontlash uchun tanlab olinuvchi foiz stavkasi sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin: o‘rtacha depozit yoki kredit stavkasi; inflyasiya darajasi, ris darajasi va investitsiyalar likvidligini hisobga olgan holda investitsiyalar daromadliligining individual normasi; boshqa investitsiya turlari bo‘yicha daromadlilikning muqobil normasi; joriy xo‘jalik faoliyati bo‘yicha daromad normasi.
YUqorida aytib o‘tilgan tamoyillarni inobatga olgan holda turli ko‘rsatkichlar asosida real investitsiyalar samaradorligini baholash uslubiyatini ko‘rib chiqamiz.
Sof keltirilgan daromad investitsiyalash natijalarining eng umumlashgan tavsifnomasini, ya’ni uning yakuniy saaarasini absolyut summada olish imkonini beradi. Sof keltirilgan daromad deganda investitsiya loyihasining ekspluatatsiya davrida hozirgi qiymatga keltirilgan (diskontlash yo‘li bilan) pul oqimlari summasi bilan uni amalga oshirishga investitsiya qilinuvchi mablag‘lar o‘rtasidagi farq tushuniladi. Bu ko‘rsatkich quyidagi formula asosida hisoblanadi:

CHPD=DP-IS,


bu erda
CHPD – sof keltirilgan daromad;
DP – investitsiya loyihasining ekspluatatsiya davridagi (yangi investitsiyalar kiritilmasdan avvalgi) pul mablag‘lari oqimi (hozirgi qiymatda). Agar mazkur ob’ektga yangi investitsiyalar kiritilguncha to‘liq ekspluatatsiya davrini aniqlash mushkul bo‘lsa, hisob-kitoblarda bu ko‘rsatkich 5 yil (bu muddat o‘tgandan so‘ng asbob-uskunalar almashtirilishi lozim bo‘lgan o‘rtacha amortizatsiya davri) deb qabul qilinadi;
IS – investitsiya loyihasini amalga oshirishga yuboriluvchi investitsiya mablag‘lari miqdori.



Download 40.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling