1. Investitsiya loyihasining tushunchasi, maqsadi va strukturasi
Download 0.56 Mb.
|
Документ (5)
Innovatsiya – bu har qanday faoliyat sohasida kiritiluvchi ilmiy yangiliklardir (ilmiy kashfiyotlar, nou-xau, ilmiy ixtirolar va hokazo), xususan:
fan-texnika sohasida bu ilmiy-texnik innovatsiyalar – kompyuter, lazer, mikroto’lqinli yarimo’tkazgich texnologiyalari, elektron pochta, uyali aloqa va Internet global tarmoqlari ishini ta’minlovchi integratsiyalangan aloqa liniyalari va sun’iy yo’ldosh aloqasi, robot texnikasi; energetika sohasida – atom energetikasi, sintetik yoqilg’i va oziq-ovqat mahsulotlari olish; tibbiyot sohasida - gen muhandisligi (DNK). Mehnat, kapital, tabiiy resurslar va tadbirkorlik kabi sanoat ishlab chiqarishidagi muhim omillar qatorida yana bir omil - innovatsion resurs paydo bo’lgan. Biroq bunda ilmiy-texnik loyihalarni tijoratlashtirish, ya’ni ulardan bozor raqobati sharoitlarida foyda olish maqsadida foydalanish borasida ayrim muammolar mavjud. Ko’p sonli empirik ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, iqtisodiy o’sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi texnik taraqqiyot hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kichik biznes va tadbirkorlik innovatsion jarayonda markaziy rol o’ynaydi, innovatsiyalar esa texnik taraqqiyot sur’ati yuqori bo’lgan tarmoqlarda asosiy raqobat quroli hisoblanadi. Bu kuzatuvlar yangi emas. Adam Smit o’zining «Xalqlar boyliklari» asarida texnik taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanishni qo’llabquvvatlovchi institutlarga alohida e’tibor qaratgan. XX asrning birinchi yarmi iqtisodchilari orasida Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950) alohida o’rin egallaydi. Uning zamonaviy iqtisodiy fikrlashga ko’rsatgan ta’siri neoklassik maktab vakillari ta’siridan kam emas. Aynan shu olim innovatsiyalarni olg’a suruvchi va unda normal darajadan katta bo’lgan daromadning asosiy manbasi bo’luvchi raqobat mexanizmini tavsiflab bergan. Innovatsiyalar yoki «yangi kombinatsiyalarni amalga oshirish» tushunchasiga Shumpeter tashkilot, mahsulot yoki ishlab chiqarish jarayonini doimiy takomillashtirish yo’li bilan olinuvchi strategik afzallik va yutuqlarni kiritgan. U quyidagi besh holatni ko’rsatib o’tgan: yangi ne’mat tayyorlash; ishlab chiqarishning yangi usulini joriy qilish; yangi sotuv bozorini o’zlashtirish; xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar yangi manbasiga ega bo’lish; tegishlicha qayta tashkil qilish, masalan, monopol holatni ta’minlash3. Innovatsiyalarni amalga oshirishda pul bozorining roli ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shumpeter uchun kapital «tadbirkorlarga berilishi lozim bo’lgan to’lov vositalari summasi»4 hisoblanadi. Aynan pul bozorida iqtisodiy loyihalar taqqoslanib, rivojlanish moliyalashtiriladi, «kelajakdagi qiymat tizimi paydo bo’ladi5». Iqtisodiyotning «yetakchi sektori» hisoblangan banklar ishlab chiqarishni kengaytirishni yoki yangiliklar kiritishni moliyalashtirishi mumkin. Shumpeterga ko’ra, ular milliy firmalar raqobatbardoshligini oshirishda strategik rol o’ynashi yoki aksincha, vaziyatga sustkashlik bilan javob qaytarishi va «kelajakdagi qiymat»ni izlamasligi mumkin. Sanoat tarmoqlarida innovatsion-texnologik ustuvorliklar texnologiyalar ro’yxatida aks etadi: bu ro’yxatlarni maksimal darajada kichraytirish, har 4-5 yilda qayta ko’rib chiqish hamda mamlakatning maqsadli ilmiy-texnik va innovatsion dasturlari tarkibini belgilashda asos qilib olish lozim. Tanlab olingan ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish bo’yicha samarali tizimni shakllantiruvchi omillar quyidagilarga asosan tasniflanishi lozim: jahon texnologik makoni bo’yicha bo’lgani kabi, O’zbekiston Respublikasi va MDH uchun ham olimlar jamoasi tomonidan muqobil konkursli asosda ishlab chiqiluvchi uzoq muddatli (20-30 yil) ilmiy-texnik va innovatsion-investitsion bashoratlar; eng muhim bazaviy texnologiyalar bo’yicha ilmiy-texnik va innovatsion xarakterga ega maqsadli dasturlar; sanoat tarmoqlarida bazaviy texnologiyalarning ayrim bo’g’inlarini amalga oshiruvchi davlat ahamiyatiga molik eng muhim innovatsion loyihalar. Shuni qayd etish kerakki, iqtisodiy o’sishning tanlab olingan ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishni resurslar bilan to’liq ta’minlash ko’p kanalli asosda bajariladi: noishlab chiqarish sohasida innovatsion loyiha va dasturlarni, shuningdek, eng muhim innovatsion loyihalar, maqsadli dasturlar, strategik rejalar va bashoratlarni ishlab chiqishni byudjetdan moliyalashtirish, byudjet mablag’larini dastur va loyihalar amalga oshiriluvchi butun muddat bo’yicha taqsimlash; tanlab olingan ustuvor sanoat tarmoqlariga yo’naltirilgan innovatsion dastur va loyihalar uchun soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etish; bunday dastur va loyihalarga xususiy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun sharoitlar yaratish; investitsiyalarga innovatsion mazmun bag’ishlash uchun sanoat tarmoqlarida investitsion dastur va loyihalarning innovatsion-texnologik ekspertizasini tashkil qilish. Agar tadbirkorlardan «Nima uchun yangi texnologiyalarni o’zlashtirishga shoshilmaysiz?» deb so’ralsa, ulardan deyarli har biri «Agar soliqlar kamroq, kreditlar arzonroq bo’lib, import bojlari unchalik bo’g’maganda edi, innovatsiyalarni joriy qilish haqida o’ylab ko’rish va hatto buni amalga oshirishga kirishish ham mumkin bo’lar edi» deb javob berar edi. Quloqqa qanchalik erish tuyo’lmasin, lekin, bu bor haqiqat. Tadbirkor kerakli axborot va intellektual resurslarga ega bo’lgan va qaysi innovatsiyani ishlab chiqish yoki ishlab chiqarishga tatbiq etish lozimligini bilgan taqdirda ham u moliyalashtirish muammosiga duch keladi. Bu muammoni uchta tarkibiy qismga ajratish mumkin: korxonaning o’z mablag’lari yetishmasligi, banklarning kredit resurslariga ega bo’lishning qiyinligi hamda innovatsion jarayonlarni qo’llab-quvvatlash mexanizmlarining mukammal emasligi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling