1. Investitsiya loyihasining tushunchasi, maqsadi va strukturasi


Loyiha bo’yicha investitsiyalash maqsadi va strategik yo’nalishlarini (resurslardan foydalanish) aniqlash


Download 0.56 Mb.
bet11/14
Sana19.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1601053
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Документ (5)

2.4. Loyiha bo’yicha investitsiyalash maqsadi va strategik yo’nalishlarini (resurslardan foydalanish) aniqlash
Tashkilot ishlab chiqarish strukturasining shakllanishi asosini mahsulot tayyorlashdagi ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi.
Bu jarayonning asosiy foizlari – tayyorlov, ishlov berish, yig’ish orqali boshlang’ich resurslarini mahsulot yoki xizmatlarga aylantiradi.
Mahsulot tayyorlash jarayonining asosiy operatsiyalarining oqlovchanligidan asosiy ishlab chiqarish yuzaga keladi.
Barcha energetik resurlarini ishlash barcha operatsiyalar texnologik detallarni tayyorlash va ta’mirlash, jihozlar va boshqalar yordamchi ishlab chiqarishga kiradi.
Mahsulotlarni omborlashtirish, taqsimlash, buyurtmachiga yetkazish bo’yicha operatsiyalar turli xizmat ko’rsatuvchi yuklatiladi.
Mahsulot tayyorlash ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi sexlar va xizmatlar tarkibi, shakli va o’zaro aloqalari ishlab chiqarish strukturasini shakllantiradi.
Ishlab chiqarish strukturasining shakllanishida ratsional strukturalarni qurishda talablarni aniqlovchi bir qator omillarni hisobga olish zarur.
Tashqi muhit omillari – iqtisodiy, huquqiy, texnik, ijtimoiy-madaniy, ekologik.
Ichki muhit omillari – korxona maqsadi va rivojlanish strategiyasi, resurlar cheklanganligi, mahsulot, texnologiya, xodimlar soni ishlab chiqarish quvvati va boshqalar.
Lekin, o’rta tuzilmaviy qarorlarni tanlash avvalambor quyidagi omillarga bog’liq:

  1. Bo’linmalarning kooperatsiyalashuvi va maxsuslashishi shakli.

  2. Ishlab chiqarish mo’ljali, quvvati va ko’lami.

  3. Texnika va texnologiya rivoji.

  4. Tashkiliy muhit.

  5. Ishlab chiqarish joylashgan o’rni.

Ishlab chiqarish bo’linmalarining maxsuslashish shakllari. Mahsuslashish shakllari asosiy ikki turga bo’linadi – texnologik va buyumli.
Bo’linmalarning texnologik maxsuslashishi turli buyumlar bilan bir turdagi operatsiyalar bajarish bo’yicha bir turdagi ishchi o’rinlarning guruhiy joylashishi bilan xarakterlanadi.
Texnologik maxsuslashishdan foydalanuvchi strukturaviy bo’linmalarga misol sifatida – temirchilik, quyma, mexanik, qoplash sexi, shuningdek, turli bo’linmalar bo’yicha notejamkor taqsimlangan kapital talab va yuqori samaradorli jihozli alohida guruhlar kiradi.
Buyumni maxsuslashish mahsulotga yakuniy ishlov berishni ta’minlovchi bir turdagi yoki turli turdagi operatsiyalarni turlangan strukturaviy bo’linmalar bilan harakterlanadi.
Bunday maxsuslashishning turli ko’rinishi sifatida buyumli – detalli va buyumli-uzelli mahsulotni tayyorlashning to’liq bo’lmagan siklli mahsuslashtirilgan sexlar qo’llashadi.
Buyumli maxsuslashishni qo’llaydigan strukturaviy bo’linmalar ishlab chiqariladigan mahsulotlar tasnifi belgilari bo’yicha farqlanadi. Masalan, bir turdagi konstruktsiyadagi buyumlar bo’yicha – standart buyumlar bo’linmasi (gayka, bolt, shesterna); mahsulotlar o’lchamli va texnik jihozlarni qo’llash bo’yicha – yirik detallarni shtamplovchi va mayda detallarni shtamplovchi bo’linmalar.
Mahsulot ishlab chiqarishda mahsuslashish va kooperatsiyalashish struktaviy bo’linmalarning qisqarishiga va ularning aloqalarini ko’payishiga olib keladi. Ishlab chiqarish ishlab chiqarish jarayonining biror fazasida maxsuslashish mumkin, masalan mahsulotni yig’ish yoki mexanik ishlov berish. Lekin,, ishlab chiqarish mahsulot ishlab chiqarishning barcha fazalarida - xaridordan buyurtmachiga yetkazib berishgacha maxsuslashishi mumkin.
Hozirgi vaqtda ko’pgina korxonalar intilayotgan keng maxsuslashish harajatlarini minimallashtirish, mahsulotni ishlab chiqarish sikli vaqtini qisqartirish, uning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi.
Biroq korxonani jahon darajasida rivojlantirish istiqboli – bu tor maxsuslashgan zavodlardir.
Buyumli maxsuslashishning murakkablashishi o’z navbatida ilm talab va kapital talab mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha ishlab chiqarish jarayonlari sonining oshishiga olib keladi.
Bunday korxonalarning ishlab chiqarish strukturasi texnologiyaning rivojlanishiga mo’ljallangan bo’lib, ishlab chiqarish bo’linmasini texnologik jarayonga qat’iy bog’liqlikda shakllanishi talab etadi.
Ish bilan bir vaqtda bir necha oddiy bir turdagi mahsulot turlarini tayyorlovchi mahsulotga mo’ljal olgan ishlab chiqarish strukturali ko’pgina korxonalar ham bor.
Mahsulotning murakkabligi va ishlab chiqarishning murakkabligi ishlab chiqarish korxonalari mo’ljalini shakllantiradi va strukturaviy qarorlarni qabul qilishga bevosita ta’sir o’tkazadi.
Ilmiy texnik taraqqiyoti natijasida texnika va texnologiyaning rivojlanishi quyidagi o’zgarishlarga olib keladi:

  • Ishlab chiqarish va ularning struktaralari tashkiliy shakli;  Ishlab chiqarish fazalari (bosqichlari) o’rtasidagi proporsiya;

  • Mahsulotlarni almashtirish darajasi va uning modifikatsiyasi.

Texnika va texnologiyaning rivojlanishi egiluvchan tizimni (guruhiy texnologiya) o’zlashtirishga ham yordam beradiki, bu o’z navbatida mahsulot yaratishning barcha hayotiy sikllari fazalari (davri)ni avtomatlashtirishni birlashtirish asosida ishlab chiqarish strukturasini rivojlantiradi.
Tashkiliy muhit va elementlar, uning shakllantiruvchilari, masalan ishlab chiqarish tashkiliy (boshqaruv) madaniyati ichkaridan ishlab chiqarish strukturasini rivojlantirishning potensial imkoniyatlarini harakterlaydi va yangi strukturaviy bo’linmalarni shakllantirish uchun tayyorlovni yaratadi.
Ishlab chiqarish o’rni va strukturaviy bo’linmasi u yoki bu mamlakatda tayyorlanayotgan mahsulot mijozlari talabi bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarish bazalarining globallashuvi yangi ishlab chiqarish mamlakatlarda joylashtirishda minimum harajatlarni ta’minlash imkoniyatlari, birinchi navbatda arzon resurslar hisobiga va iste’mol bozorlarining yaqinligiga e’tibor qaratiladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling