1. Investitsiya loyihasining tushunchasi, maqsadi va strukturasi


-rasm. Strategik rejalashtirish funksiyalari


Download 0.56 Mb.
bet7/14
Sana19.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1601053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Документ (5)

2.3-rasm. Strategik rejalashtirish funksiyalari

    1. Rasurslar taqsimoti. Ushbu jarayon moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot va boshqa rasurslar taqsimotini qamrab oladi. Korxonaning shakllanish strategiyasi nafaqat biznesni kengaytirish, bozor talabini qondirish, balki rasurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini muntazam kamaytirib borish orqali ham mustahkamlanadi. Shu bois biznesning turli sohalari o’rtasida rasurslarni samarali taqsimlash, ulardan ratsional foydalanish yo’llarini axtarish strategik rejalashtirishning muhim funksiyasi hisoblanadi.

    2. Tashqi muhitga moslashish. Moslashishni, umuman olganda, korxonaning o’zgaruvchan bozor sharoitlarida faoliyat olib borishga ko’nikuvi sifatida qabul qilish mumkin. Bozor muhiti xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan doimo maqbul va nomaqbul shart-sharoitlarga (ustunliklar va xavflarga) ega bo’ladi. Bu funksiyaning vazifasi - korxona xo’jalik mexanizmini ushbu shartlarga ko’niktirish, ya’ni raqobat kurashida ustunliklardan foydalanish va turli xavf-xatarlarni bartaraf etishdan iborat. Ushbu funksiyalar korxonalarning joriy boshqaruvi jarayonida bajariladi. Lekin, tezkor boshqaruv, agar raqobatga doir ustunliklar va to’siqlar oldindan ko’rilsa, ya’ni rejalashtirilsa, samaradorlikka erishadi. Strategik rejalashtirishning vazifasi korxonani tashqi muhitga moslashtirish mexanizmini yaratish orqali unga yangi, qulay imkoniyatlar taqdim etishdan iborat.

    3. Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va tartibga solish. Ushbu funksiya firmaning strategik rejasida ko’zda tutilgan maqsadlariga erishishi uchun tarkibiy o’zgarishlarni (korxonalar, ishlab chiqarish, sexlar) kuchaytirishdan iborat. Korxona strategiyasi o’zaro bog’liq maqsad va vazifalarning murakkab tizimini qamrab oladi. Shuning uchun strategik rejaning barcha qismlari resurslar, tarkibiy bo’linmalar va ijrochilar o’rtasida o’zaro bog’liq bo’lishi shart. Bu bog’liqlik rejalashtirish ko’rsatkichlarini shakllantirish tizimi, shuningdak, korxona boshqaruv apparatida uyg’unlikka javob beruvchi bo’linma yoki ijrochining mavjudligi bilan ta’minlanadi. Ichki ishlab chiqarish operatsiyalari muvofiqlashtirish va tartibga solishning ob’ektlari hisoblanadi.


    4. Download 0.56 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling