1. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Download 22.52 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiyalarning tarmoq tarkibi haqida aytib bering.
1. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o’rni beqiyosligi uning aniq mohiyatini o’rganib chiqishni talab qiladi. Iqtisodiy log’atda “Investitsiyalar – kapitalni uzoq muddatli qoyilmalar tariqasida sanoatga, qishloq xo’jaligiga va boshqa tarmoqlarga sarf qilinadigan xarajatlar yig’indisini aks ettiradi”,-deb tariflangan. Ishlab chiqarish nazariyasi va, umuman, maqroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo’shib hisoblaganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olish tushiniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad olishdir. Demak, bizningcha, “Investitsiyalar – bo’sh turgan kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga keltirishdir” Bizga ma’lumki, iqtisodiy o’sish investitsiya resurslarisiz bo’lishi mumkin emas, bu resurslar o’z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan mablag’dir. Pul mablag’lari shaklidagi investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu investitsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga jalb etilgandan so’ng real investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi: • Birlamchi (avaylangan) jamg’arilgan kapitalni ko’paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish; • Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapital. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog’liq bo`lgan aylanma kapitalning o`zgarishiga ketgan harajatlardir. Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog’ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo’yilishi mumkin. Investitsiya jarayoni – bo’sh sarmoyaga ega bo’lganlar bilan sarmoya talab qilayotganlarning uchrashish jarayoni. Ikkala tomon, odatda, moliyaviy institutlarda yoki moliyaviy bozorda uchrashadilar. Ayrim vaqtda, xususan, mulkiy qiymatlar (masalan, ko’chmas mulk) bilan bitim imzolanganda sotuvchi va xaridorlar bevosita muomalaga kirishadilar 2. Kapital qo’yilmalar samaradorligini baholash. Kapital qurilishda nazorat ishlarini olib borish. Zamonaviy sharoitda shunday vaziyat yuzaga keldiki, korxonalar , loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlari, banklar va boshqa tijorat tashkilotlari investitsiyalarni iqtisodiy asoslashning zamonaviy uslubiyoti bilan qurollanmaganligi ulardan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. So’nggi yillarda iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalarni iqtisodiy asoslash uslubiyotiga bag’ishlangan ko’pgina masalalar yoritib kelinmoqda. Shu boisdan tijorat tashkilotlari uchun ma’qul va tushunarli bo’lgan hamda xalqaro amaliyotni hisobga oluvchi investitsiyalarni iqtisodiy asoslashning umumtanolingan uslubiyotini ishlab chiqish nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Sobiq Ittifoq davrida kapital qo’yilmalarning absolyut va taqqoslama samaradorligini aniqlash uslubiyoti amal qilar edi. Mazkur uslubiyot yagona bo’lib, amaliyotda keng qo’llanildi va hozirgi davrgacha ham ushbu uslubiyot o’z kuchini yo’qotgani yo’q. Kapital qo’yilmalarning absolyut va taqqoslama samaradorligini aniqlash uslubiyoti ikki usuldan iborat bo’lib, kapital qo’yilmalarning taqqoslama samaradorligini aniqlash uslubiyotidir. Mazkur uslubiyotning ayrim jihatlariga to’xtalib o’tamiz. Kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorlik koeffitsienti (Ekp). Ushbu ko’rsatkich foydaning kapital qo’yilmalar hajmiga nisbati orqali aniqlanadi: Ekp (umumiy)=P/K
Investitsiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida qator funktsiya va vazifalarni bajaradi-ki ularsiz har qanday mamlakat iqtisodiyoti bir maromda rivojlana olmaydi. Investitsiyalar makrodarajada quyidagilarni ta’minlaydi: – takror ishlab chiqarishni kengaytirish siyosatini amalga oshirish; – ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash,uning sifati va hajminini oshirish; – ijtimoiy sohalarni (sog’liqni saqlash, ta’lim va boshq.) rivojlantirish; – aholi farovonligini ta’minlashda muhim bo’lgan uy-joy qurilishi, ichimlik suvi, gaz, elektr energiya bilan ta’minlash muammolarini hal etish – atrof-muhit va ekologiyaning ifloslanishining oldini olish; – umumjamiyat ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan qayta qurish va barcha iqtisodiyot tarmoqlarini bir maromda rivojlantirish; – iqtisodiyotning real sektori va etakchi tarmoqlarini rivojlantirish; – hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va ixtisoslashuvini mustahkamlash; – investitsiyalar importi va eksporti orqali milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasini kuchaytirish; – sanoat uchun zarur xom ashyo bazasini yaratish; – ishsizlik muammosini yumshatish yoki ma’lum darajada hal etish– mamlakatning harbiy sanoat majmuini mustahkamlash; – davlatning mudofaa imkoniyatlarini ta’minlash; – boshqa qator muammolarni hal etish. O’zbekiston Respublikasi uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish uchun zarurdir. Real investitsiyalarni (bino va inshootlar qurish va modernizatsiya qilish, zamonaviy mashina va asbob-uskunalar sotib olish) jalb qilish iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini oshiradi. Ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni olib kelishga yo’naltirilgan investitsiyalar qattiq raqobat sharoitlarida omon qolishga ko’maklashadi. Investitsiyalar mikrodarajada ham muhim rol o’ynadi. Bunda investitsiyalar, eng avvalo, quyidagi maqsadlarga erishish uchun zarurdir: korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish asosiy fondlarning haddan tashqari jismoniy va ma’naviy eskirishiga yo’l qo’ymaslik; ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasini oshirish; korxona mahsuloti raqobatbardoshligini ta’minlash va uning sifatini oshirish; tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; qimmatli qog’ozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga o’z mablag’ini sarflash. Investitsiyalar mikrodarajada, pirovardida, korxonalarning kelgusida me’yorda faoliyat ko’rsatishi, barqaror moliyaviy holatini va maksimum (yuqori) foyda olishini ta’minlash uchun zarurdir. Shunday qilib, investitsiyalar makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishda katta rol o’ynaydi, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, korxona foydasini ko’paytirish va shu asosda boshqa ko’pgina muammolarni ijobiy hal etish imkoniyatlarini yaratadi. Mamlakatda investitsiya faoliyatining ahvolini (holatini) quyidagi ko’rsatkichlar dinamikasi xarakterlaydi: – investitsiyalarning umumiy hajmi; – YaIMda investitsiyalarning ulushi; – investitsiyalarning umumiy hajmida real investitsiyalarning ulushi; – investitsiyalarning texnologik tarkibi va uning o’zgarishi; – real investitsiyalarning umumiy o’sishi; – investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalarning ulushi; – asosiy kapitalga yo’naltirilgan real investitsiyalarning ulushi; – xorijiy investitsiyalar tarkibida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyaBilvosita, biroq, ob’ektiv holatda, investitsiya faoliyatining holatini quyidagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’sish sur’atlari xarakterlaydi: milliy daromad yalpi milliy mahsulot (YaMM) va YaIM; sanoat ishlab chiqarish hajmi; sanoat mahsulotlarining alohida turini ishlab chiqarish; qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarish hajmi va boshq. Investitsiya faoliyatining holatiga baho berishda ushbu ko’rsatkichlarning ob’ektivligi shundaki, investitsiya qo’yilmalarisiz ushbu ko’rsatkichlarning o’sish sur’atlarini tasavvur etib bo’lmaydi. Ushbu ko’rsatkichlar u yoki bu darajada investitsiyalarning samarali ishlatilishini xarakterlaydi. Agar ushbu ko’rsatkichlarning o’sish sur’atlari investitsiyalarning o’sish sur’atlaridan yuqori bo’lsa, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish zarurligini ko’rsatadi va aksincha. So’nggi yillarda iqtisodiyotda faol amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar va modernizatsiya qilish jarayoni investitsiya faolligini yanada oshirdi. Iqtisodiyotdagi investitsiyalar hajmining yildan-yilga sezilarli ravishda o’sib borishi muqarrar ravishda milliy ishlab chiqarish hajmining o’sishi orqali o’zining ijobiy natijalarini ko’rsatishiga imkon bermoqda. Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini rivojlantirishga berilgan e’tibor va qo’llab-quvvatlash natijasida YaIM hajmi va investitsiyalar miqdori o’sish sur’atlariga ega bo’ldi. Bu holat investitsiyalarning YaIMdagi salmog’ining o’sishiga olib keldi. Fikrimizcha, investitsiyalarning iqtisodiyot rivojlanishiga har tomonlama ijobiy ta’sirini hisobga olib, uning quyidagi vazifalarini belgilash maqsadga muvofiqdir: iqtisodiyotda ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalarini optimal joylashtirish bilan keng tarmoqli bozor infratuzilmalarini shakllantirishga imkon yaratish; iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi barcha yo’nalishlarni va imkoniyatlarni amaliyotga tatbiq etish; mamlakatning milliy xususiyatlarini hisobga olgan holdagi qonuniy kafolatlangan investorlarni qoniqtiruvchi ulushini yaratadigan va moliyaviy o’sishni ta’minlovchi infratuzilmalarni faollashtirish iqtisodiyotning barcha sohalarini faollashtirish orqali mamlakatning barqaror o’sishi va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini tezlashtirish. Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalarning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi: birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida, aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash (farovonligini oshirish) imkonini yaratadi; uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadalashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi; to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi va h.k.Yuqoridagi ta'riflarni tahlil qilar ekanmiz, investitsiyaning juda juda keng mazmun kasb etishi uni talqin qilish mumkinligini e'tirol' etish mumkin. Bu atamaning barcha jihatlarini umumlashtirib, quyidagicha tavsiflash mumkin: foyda yoki ijobiy natijaga erishish maqsadida subyektlar tomonidan xarajatlar tarzida iqtisodiy va boshqa l'aoliyat obyektlariga joylashtiriluvchi turli ega boyliklarga investitsiyalar deyiladi. Ushbu ta'rifda investitsiyalarning xarakterli belgilari aks investitsiyalashning maqsadlari; ko'rillishida bo'lishi, turli ko'rinishdagi boyliklar tarzida joylashtirilishi va h.k. vaqt (zamon)ga bog'liq qiymati ko'ra investitsiya kelajakda nal' olish maqsadida mablag'lar qo'yishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bog'lashni yoki band qilisbni bildiradi.lar ulushi va boshqalar. 4. Xorijiy investitsiyalarni O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi Jahon iqtisodiyoti globallashib, savdo yo`lidagi to`siqlar kamayib, soliq qonunlari va tartibga soluvchi rejimlar erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari tez sur`atlar bilan o`smoqda. Bevosita chet el investitsiyalarining dunyo bo`yicha umumiy hajmi 1980 yildagiga qaraganda 14 baravardan ziyod o`sib, 2007 yil holatiga, jami 11 trln AQSH dollariga etdi. Hozirgi vaqtda butun dunyoda 64 mingga yaqin mamlakatlararo kompaniyalar mavjud bo`lib, ular 870 mingta xorijiy shu`ba korxonalari faoliyatini nazorat qilib turadi. Ushbu korxonalar sotilayotgan mahsulotlar hajmi taxminan 18 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu esa o`z navbatida, butun jahon eksporti hajmidan 2 baravaridan ziyoddir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o`rinni egallashini tasdiqlaydi. SHu bois O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to`liq aks ettirilishini taqozo etadi. O`zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O`zbekiston Respublikasining "CHet el investitsiyalari to`g`risida", "CHet ellik investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`grisida", "Investitsiya faoliyati to`grisida"gi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi bo`lib xizmat qiladi. Mulkchilikning turli shakllari tarkib topishi investitsiyalarning rivojlanishiga katta turtki bo`ldi. Mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan kapitalning sohalardagi o`zgaruvchanligi, uning oqimi, hududlarga taqsimlanishi tezlashdi. CHet el investorlari, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob`ektlariga qo`shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O`zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e`tirof etiladi. "CHet el investitsiyalari to`g`risida"gi Qonunga ko`ra O`zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo`lishi mumkin: chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma`muriy yoki hududiy organlari; davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub`ektlari bo`lgan halqaro tashkilotlar; chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko`rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar; chet el davlati fuqarolari bo`lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari.Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora - tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta`sir ko`rsatadi.2007 yilda davlatimiz rahbari ta`kidlab o`tganidek, 2007 yilgi investitsiya dasturi doirasida 1 millard AQSH dollaridan ko`proq miqdorda xorijiy investitsiyalar jalb etilishi mo`ljallanmoqda. Bu mablag`ning salkam 700 million dollari yoki qariyb 68 foizini to`g`ridan - to`g`ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi.Bunda to`g`ridan - to`g`ri chet el investitsiyalari va kreditlar hajmining oshganligi ijobiy holdir. Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida 2007 yil 20 iyulda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "2007 -2010 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora - tadbirlari to`g`risida" gi qarori e`lon qilindi.Bu qarorga asosan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mablag` va mulk daromad (foyda), ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish hamda qo`shilgan qiymat soliqlariga tortilmaydi, xorijiy valyutadagi qo`yilmalar esa majburiy tarzda sotilmaydi, shuningdek, investitsiya davri mobaynida tuziladigan oldi - sotdi shartnomasiga muvofiq korxonaning oldingi qarzini qoplash hisob - raqamiga majburiy tarzda undirib olinmaydi. Bundan tashqari davlat ulushi potentsial investorlarga sotilayotgan korxonaning byudjetga va davlat maqsadli jamg`armalariga to`lovlar bo`yicha qarzlari restrukturizatsiya qilinishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bu Qarori O`zbekistonning iqtisodiy jihatdan yuksalishi va halqaro jahon xo`jalik munosabatlariga integratsiyalashuvining g`oyat muhim va texnik qayta jihozlashga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish yo`lidagi strategik yo`nalishini ham belgilab beradi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo`lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: - birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo`ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivrjlantiradi; - ikkinchidan, import o`rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo`naltirish va pirovardida aholining me`yordagi turmush darajasini ta`minlash imkonini yaratadi; - uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o`sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta`minlaydi; - to`rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya`ni neft’ va ximiya sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim. Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq miqiyosda jalb qilish, xorijiy investorlarni o`z mablag`larini mamlakat iqtisodiyoti uchun sarflashga qiziqtirish maqsadida qonun asosida ular uchun imtiyozli moliyaviy sharoitlar yaratilgan, jumladan: xorijiy investorlar kapitalini saqlanishi uchun kafolatlar; ko`rilgan zararlarni qoplanishi uchun kafolatlar; soliqqa tortish tizimida ularga oid belgilangan imtiyozlar; foyda va daromadlarni xorijga olib chiqib ketishning erkinligi; milliy so`mda va chet el valyutasida olingan foydalarni o`tkazish va olib chiqib ketish imkoniyati; bojxona imtiyozlarining mavjudligi; xorijiy investorlarning mulklari va ularning o`zlarini xavf-xatarlardan sug`urtaviy muhofaza qilish tizimini yaratilganligi. O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir xuquqiy xujjatlar tizimida xorijiy investitsiyalar masalasiga bevosita taallukdi bo`lgan konunlar muxim urin tutadi. Vakt o`tishi bilan ikgisodiy usishning jadal borishini ta`minlash, respublika iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlarning ilg`or texnologiyalarini jalb qilish va umuman jaxssh andozalariga erishish uchun xorijiy investitsiyalar soxasidagi mavjud konunchilik bazasini kayta kurib chiqish zarurati ob`ektiv ravishda paydo buldi. Xorijiy investorlar bilan kushma korxonalar tashkil kilish mamlakatimizga: — yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb kilish, ularni ishlab chiqarishga joriy kilish esa necha yillar davomida sifatsiz, xaridor talabiga javob bera olmaydigan maxsulotlar ishlab chikaruvchi eski texnikalardan tezrok kugilish imkonini beradi; yangi ish joylari tashkil kilish va axolining ishsiz qismini ish bilan ta`minlash, shu bilan birga, xorijning ilror boshkaruv tajribasini joriy kilish imkonini beradi va shu orkali mexnat unumdorligi oshiriladi; jahon bozorida rakobatlasha oladigan sifatli maxsulotlarni ishlab chiqarish va ularni eksport kilish evaziga mamlakatga kadri baland valyutalarning kuprok kirib kelishini ta`minlaydi. YUkori texnik saviyadagi tayyor maxsulotlar ulushi oshirilishi kuyidagi jixatlarga bog`liq: — xorijiy mamlakatlardagi korxonalar bilan O`zbekistondagi eksport kiluvchi korxonalar urtasida kooperatsiya alokalarining shakllanishiga kumaklashish; yukori texnologiya va ilm talab kiluvchi maxsulotlar ishlab chikarilishi soxa va soxa ichi tizimi yaxshilanishiga xizmat kiladi; eksportning intellektual mulk ob`ektlari litsenziyalarini xamda nou-xau shaklida texnik-tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing soxalarida xizmatlar kursatish kabi turlarini rivojlantirish
ilmiy ishlanmalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti soxasidagi ilmiy ishlanmalarga bozor yunalishini beruvchi shart-sharoit yaratuvchi innovatsiyalarni kullab-kuvvatlashning samarali tizimini ishlab chikish; - innovatsiya jaraenini davlat tomonidan va tijorat usulida kullab-kuvvatlashning eng makbul uygunlashuvi asosiy yullarini belgilab olish xamda ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat ahamiyatiga molik natijalar darajasigacha etkazish; - uzbek olimlari va mutaxassislarining chet eldagi etakchi institutlar, tashkilotlar va firmalar bilan xamkorligini kengaytirish va chukurlashtirish; -yukori darajali marketing tadkikotlari utkazish, tijorat va texnologiya menejmenti soxasidagi yutuklarni urganish, xorijiy bozorlarning kon’yunkturasi, sigimi xamda rakobatchilarning narx siyosati, kooperatsiya, kushma korxonalar tashkil etish bo`yicha xamkorlar kidirish yuzasidan taxliliy ma`lumotlarni urganish. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish strategiyasi bulajak chet ellik investorlarning manfaatlarini xamda milliy iqtisodiyotga zarar keltirmagan xolda ularni krndirish imkoniyatlarini urganishga asoslanadi. Buning uchun bir tomondan, iqtisodiyotni tarkiban kayta kurishga karatilgan bir kator anik, loyixalarni amalga oshirish zarur buladi va ikkinchi tomondan, ichki investitsiya resurslari cheklangan bir sharoitda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda yukori baxolanadi. O`zbekiston amalga oshirayotgan investitsiya siesatining asosiy yunalishlari orasida kuyidagilarni aloxida ta`kidlab kursatish mumkin: investitsiya jalb kilish uchun xalqaro me`yorlar va konventsiyalarga mos keladigan, sanoati rivojlangan mamlakatlar investorlari tomonidan tan olinadigan xuquqiy shart-sharoitlarni yaratishga intilish; respublikaga jahon darajasidagi texnologiyalarni etkazib beradigan va iqtisodiyotning zamonaviy tuzilishini vujudga keltirishga yordam beradigan investorlar uchun ochik eshiklar siyosatini izchillik bilan amalga oshirish; ishlab chiqarish bilan bog`liq loyixalarga karatilgan valyutada uzini-uzi koplashni ta`minlaydigan investitsiyalarga kumaklashish; mamlakatning kredit kobiliyatini, O`zbekistonning birinchi darajali karz oluvchi mamlakat sifatidagi obru-e`tiborini kullab-kuvvatlash; mamlakatning ayrim mintakalarida ijtimoiy va ekologiya muammolarini xal kilishga karatilganinvestitsiyalarga yordam berish.Investitsiya muxitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini takomillashtirish, moliya bozorida rakobatni vujudga keltirish, nakd puldagi va nakd bulmagan puldagi operatsiyalarni amalga oshi-rishni yaxshilash, shuningdek xorijiy investorlarni axborot bilan ta`minlashni yaxshilashdan iboratdir.Investitsiyalarni mamlakatga jalb kilishda xuquqiy asoslarga taallukli xozirgi vazifa — bu xukumatning xorijiy investitsiyalar bo`yicha uzok, muddat-li barkaror pozitsiyalarini shakllantirish va uni potentsial xorijiy investorlarga etkazishdan iboratdir.O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni boshlanish davridan chet el investitsiyalarini jalb qilishga tuzilmaviy qayta qurishning hamda umumjahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirib borishini tezlashtiruvchi omil sifatida asosiy ustuvorlik berildi. Hozirda, Respublikada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo`yicha huquqiy baza yaratildi, investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlarga xizmat ko`rsatuvchi infrastruktura barpo qilindi va bu jarayon takomillashib bormoqda. Bu borada, «Valyutani tartibga solish» to`g`risidagi qonun qabul qilindi, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining vazifalari qayta ko`rib chiqildi, 5. Investitsiyalarning tarmoq tarkibi haqida aytib bering. Download 22.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling