Glossariy agrar (lot agrarius) – sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy o‘rinda turishini ifodalovchi so‘z. Agregat


Download 471.98 Kb.
bet1/16
Sana08.01.2023
Hajmi471.98 Kb.
#1083921
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
GLOSSARIY


GLOSSARIY
AGRAR (lot. agrarius) – sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy o‘rinda turishini ifodalovchi so‘z.
AGREGAT (lot. aggrego – birlashtiraman, ulayman) – 1) texnikada mashina yoki mashinalar majmuining bir xillashtirilgan, yiriklashtirilgan uzeli.
AGRO... (yun. agros – dala) – qo‘shma so‘zlarning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zi qo‘shilgan so‘z ma’nosi dehqonchilikka oidligini bildiradi, masalan, agrobiologiya, agrotexnika, agrokimyo, agrometeorologiya va h.k.
ANKETA (fransuzcha enquete – surishtirish) – muayyan dastur bo‘yicha tuzilgan savollarga javob olish uchun beriladigan so‘rov varaqasi. Anketa respondent to‘g‘risida aniq ko‘zlangan ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida qo‘llaniladi.
APPARAT (lot. apparatus – asbob, uskuna) – asbob, moslama, jihozlarning umumiy nomi.
ARXITEKTOR (lot. architektor – binokor, bosh usta) – turli imorat va inshootlarni me’morlik qonun va qoidalari asosida ijod etuvchi va loyihalar ishlovchi mutaxassis.
ARXITEKTURA (lot. architektura so‘zidan) – foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik imkoniyatlar va jamiyatning estetik karashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish san’ati.
ASBOB (arab. – sababning ko‘pligi) – biror ish bajarishda ishlatiladigan qurol.
AXBOROT – ish, voqea-hodisalar haqida tushuncha beruvchi xabar, ma’lumot.
AXLOQkishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui.
AVTOMAT (yun. automatos – o‘zi harakatlanuvchi) ma’lum ishdagi barcha jarayonlarni berilgan dastur bo‘yicha kishining ishtirokisiz o‘zi bajaradigan qurilma.
AVTOMAT LINIYA – mahsulot ishlab chiqarishdagi hamma amallarni ma’lum texnologiya jarayonlariga mos tartibda avtomatik tarzda bajaruvchi mashinalar, asosiy va yordamchi jihozlar majmui.
BAHO – ta’lim tizimida o‘quvchilarning bilimni o‘zlashtirishi, axloqi yoki ma’lum yutuqqa erishish darajasiga qarab qo‘yiladigan ball.

Download 471.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling