Glossariy agrar (lot agrarius) – sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy o‘rinda turishini ifodalovchi so‘z. Agregat
Download 471.98 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’LUMOT
- MEHNAT BIRJASI
MASHINASOZLIK – xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun mashinalar va mashina asbob-uskunalari ishlab chiqaradigan og‘ir sanoat sohalari majmui.
MASHINACHI – tikuv mashinasida kiyim-kechak tikuvchi usta, chevar. MASHQ – biror faoliyatni puxta o‘rganish, malaka hosil qilish uchun bajariladigan ish, tayyorgarlik mashg‘uloti. MAQSAD – inson amaliy faoliyatining avvaldan fikran o‘ylangan natijasi. Maqsad insonlarga xos bo‘lib, uni kelajakning loyihasi, deb ta’riflash mumkin. Ehtiyoj, manfaat, motiv individ yoki ijtimoiy guruh xulq-atvori, faoliyatining muhim tarkibiy qismlari bo‘lsa, maqsad faoliyat yo‘nalishini belgilovchi elementdir. Maqsadning shakllanishiga subyektning ehtiyoj va manfaatlari kuchli ta’sir o‘tkazadi. MASLAHAT (arabchadan umum manfaati; foyda) – 1) biror ishni qanday qilish yoki umuman nima qilish kerakligi haqida yo‘l-yo‘riq tarzidagi fikr, mulohaza; 2) tavsiya, taklif tarzidagi gap. MAYL – tirik organizmning biror ehtiyojini qondirishga intilishi. U qo‘msash, noaniq ichki dard, sababsiz zerikish tuyg‘ulari tarzida kechishi mumkin. Intilish, havas, tilak, xohish, ishtiyoq, hatto orzu ko‘rinishlarida ham mujassamlashali. U bajo keltirilgan taqdirda kishiga mamnuniyat bahsh etadi. MA’LUMOT – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosilqilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. MEHNAT – 1) inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat; 2) insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati; eng avvalo tabiat predmetlarini o‘zgartirib, ehtiyojga moslashtirishni bildiradi. Mehnat kishilik jamiyati hayotiningasosiy sharti, chunki u tufayli insoniyatning yashashi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratiladi. Insonning faoliyati tufayli mehnat predmetlari mahsulotga aylanadi. MEHNAT BIRJASI – ishsizlarni, ish joyini o‘zgartirishni istovchi shaxslarni ishga joylashtirish bilan shug‘ullanadigan maxsus davlat muassasasi. Mehnat bozorining tashkil etilgan va tartiblanib turadigan shakli. MEHNAT BOZORI – ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular o‘rtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Download 471.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling