Glossariy agrar (lot agrarius) – sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy o‘rinda turishini ifodalovchi so‘z. Agregat


Download 471.98 Kb.
bet12/16
Sana08.01.2023
Hajmi471.98 Kb.
#1083921
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
GLOSSARIY

PROFESSIONAL TA’LIM – ta’lim oluvchilarda ma’lum bir mutaxassislik va kasblar bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan uzluksiz ta’lim tizimi.
PSIXODIAGNOSTIKA – shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlovchi va o‘lchashni ishlab chiquvchi psixologiya usuli.
PSIXOGRAMMA – faoliyatning psixologik xarakteristikalarining tasnifi.
PSIXOKORREKSIYA– shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini qo‘llash jarayoni.
PSIXOLOGIK MASLAHAT– shaxsning turli darajadagi o‘z muammolarini yakka tartibda psixolog bilan tahlil etishiga qaratilgan psixologik xizmat turi.
PSIXOLOGIK XIZMAT – psixologiyani amaliyotda qo‘llash tizimi. U turli sohalarda diagnostika, konsultasiya, ekspertiza vazifalarini bajaradi.
QISHLOQ XO‘JALIGI – moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini ko‘paytirish bilan shug‘ullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xo‘jaligining bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan ta’minlaydi.
QIZIQISH – shaxsning o‘zi uchun qimmatli va yoqimli narsa yoki hodisalarga munosabati.
QOBILIYAT – shaxsning ma’lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biror faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyat.
REJA – 1) biror ishni yoki muayyan dasturni tartibi bilan o‘z vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy mo‘ljal; 2) muayyan narsani ko‘rib chiqish, yondashish usuli, nuqtai nazar, belgili tartib.
ROBOT (chexcha robota – erksiz mehnat, rob – qul) – insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar (kuchli radiatsiya, yuqori temperatura va b.)da, odam borishi qiyin bo‘lgan obyektlarda (suv ostida, kosmosda) kishi funksiyasini qisman yoki to‘la bajaruvchi mashina.
SANGVINIK – temperament turlaridan bo‘lib, chaqqon, harakatchan, taassurotlari tez o‘zgaradigan, boshqalarga nisbatan dilkashlik, mehribonlik xislatlari bilan xarakterlanadi.
SANOAT, industriya – xalq xo‘jaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan yetakchi tarmog‘i; sanoatning o‘zi uchun hamda xalq xo‘jaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va b. mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilg‘i qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yog‘och tayyorlash, sanoatda yoki q.x.da olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostantsiyalar, shaxtalar, konlar va b.) majmui.
SERVIS (ing. service – xizmat) – jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholiga xizmat ko‘rsatish; ishlab chiqarish texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni, madaniy, maishiy, xo‘jalik va b. sanoat mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sohalari. Servis texnika vositalari, maishiy ro‘zg‘or apparaturasi, kommunal texnikani sozlash va ta’mirlashga nisbatan ham qo‘llanadi.

Download 471.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling