Glossariy agrar (lot agrarius) – sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy o‘rinda turishini ifodalovchi so‘z. Agregat


Download 471.98 Kb.
bet14/16
Sana08.01.2023
Hajmi471.98 Kb.
#1083921
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
GLOSSARIY

TABAQALASHTIRILGAN TA’LIM – ta’lim oluvchilarning shaxsiy layoqatlari, qiziqishlari, qobiliyatlarini aniqlash asosida ularga turli o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha, biroq davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi talablaridan kam bo‘lmagan hajmdagi materiallarni berishga yo‘naltiriladigan ta’lim.
TAFAKKUR – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni to‘la va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur – inson miyasining alohida funksiyasi.
TAHLIL – tafakkur qilish usuli, bunda murakkab obyektlar qismlarga bo‘linib o‘rganiladi.
TAJRIBA – voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. Tajriba` keng ma’noda – uquv, malaka va bilimning birligidan iborat.
TAQLID (arabcha – o‘xshatish, ko‘chirish, nusxa olish) – ijtimoiy, ma’naviy hayotda, turmush tarzida, kasb-hunarda, badiiy ijodda o‘zgalarga o‘xshashga intilish, ergashish.
TAQQOSLASH – narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlashga asoslangan fikrlash operatsiyasi.
TARAQQIYOT – rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo‘nalgan shakli, uning yuksalishi. Adabiyotlarda taraqqiyotni ko‘pincha rivojlanish bilan aynanlashtirib qo‘yishadi, aslida u rivojlanishning bir yo‘nalishidir.
TARBIYA – aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
TASAVVUR narsa va hodisalar, holatlarni, voqelik obrazlarini eslash, shuningdek, ijodiy xayol surish jarayoni. Xotira shaklida ham namoyon bo‘ladi.
TASNIF (arabcha – saralash, tartibga solish), klassifikatsiya – ilm yoki inson faoliyatining biror soqasiga oid o‘zaro bir xil tushunchalar tizimi. Tasnif har bir fanga xos muhim mantiqiy amal bo‘lib, uning vositasida shu fan doirasida to‘plangan bilimlar qat’iy tartibga solinadi.
TA’LIM – ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
TA’LIM DASTURI – ta’lim muassasasi bitiruvchisiga muayyan egallagan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatni malakali bajarish imkonini berishga qaratilgan ta’lim tayyorgarligining asosiy mazmunini aniqlovchi davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, o‘quv fanlari (modullar) dasturlari, malaka amaliyot dasturlaridan iborat hujjatlar to‘plami.

Download 471.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling