Glossariy agrar (lot agrarius) – sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy o‘rinda turishini ifodalovchi so‘z. Agregat


Download 471.98 Kb.
bet5/16
Sana08.01.2023
Hajmi471.98 Kb.
#1083921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
GLOSSARIY

IJTIMOIYLASHUV – inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot-faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayoni.
ILMIY TAXMIN – tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan kutilishi mumkin bo‘lgan holatning bashorat qilinishi.
IMKONIYAT – voqelikning kurtak holidagi ko‘rinishi, hali yuzaga chiqmagan voqelik. Imkoniyat voqelikni keltirib chiqaruvchi, rivojlanishning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlaridan iboratdir. Imkoniyat hali amalga oshmagan, lekin yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan, voqelikka aylana oladigan hodisadir. Imkoniyatning voqelikka aylanishi rivojlanish jarayonini ifodalaydi.
INDIVIDUALLIK (lotincha individuum – bo‘linmas) – muayyan narsa va hodisa, shaxs va jonivorning o‘zigagina xos, betakror, xususiy belgilar.
INDIVIDUAL (YAKKA TARTIBDA) O‘QITISH – bu o‘quv jarayonini tashkil etish shakli bo‘lib, bunda pedagog ta’lim oluvchilar bilan yakkama-yakka shug‘ullanadi, ta’lim oluvchi o‘quv vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi.
INDIVIDUAL YONDASHISH – bu pedagogik prinsipga ko‘ra, pedagogik jarayonda pedagogning ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va butun guruh hamda har bir alohida ta’lim oluvchining rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
ISTE’DOD – nihoyatda zo‘r qobiliyat, biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya o‘sganligida, voqea-hodisalarning yangi qirralarini, ularning zamiridagi murakkab aloqadorlikni kashf etishda ko‘rinadi. Kishining bilimlarni o‘zlashtirishi, nazariy va amaliy masalalarni hal etishi, ijodi, o‘z bilimi va malakalarini turmushga tatbiq qila bilishidan uning iste’dodini bilish mumkin.
INVESTITSIYA (lotincha investio – o‘rash) – iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o‘z mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo‘yish). Pulning vaqt(zamon)ga bog‘liq qiymati nazariyasiga ko‘ra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablag‘lar qo‘yishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bog‘lashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki bo‘lmasa kapital qiymatini vaqtda o‘stirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga bo‘lgan huquqlarni aks ettiradi.
ISH – umumiy ma’noda muayyan narsani yasash, tayyorlash yoki biror yumushni bajarish uchun sarf qilinadigan mehnat, faoliyat. U topshiriq, vazifa ma’nolarida ham qo‘llanadi. Mehnat, faoliyat natijasida yaratilgan mahsulot, narsa ham ish deb ataladi.
ISH O‘RNI – muayyan kasbdagi bir xodimning mehnat vazifalarini amalga oshirishi uchun moslashtirilgan va ishni bajarish uchun ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan jihozlangan joy.

Download 471.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling