Glossariy agrar (lot agrarius) – sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy o‘rinda turishini ifodalovchi so‘z. Agregat


ISHLAB CHIQARISH, moddiy ishlab chiqarish –


Download 471.98 Kb.
bet6/16
Sana08.01.2023
Hajmi471.98 Kb.
#1083921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
GLOSSARIY

ISHLAB CHIQARISH, moddiy ishlab chiqarish – jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini iste’mol va investitsiyalar uchun mo‘ljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish.
IQTISODIY INTEGRATSIYAturli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular o‘rtasida uzviy iqtisodiy aloqalar o‘rnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xo‘jalikning shakllanishi jarayoni.
IQTISODIYOT – 1) kishilar tomonidan mehnatni qo‘llagan holda inson uchun zaruriy bo‘lgan ne’matlar, hayot sharoitlari va vositalarini yaratish orqali tirikchilikni ta’minlash, ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladigan xo‘jalik, vositalar, obyektlar, jarayonlar majmui.
JAMIYAT – kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui.
JAMOA – 1) kishilarning qadimiy uyushuv shakli; 2) maqsadlari jamiyat maqsadiga mos keladigan umumiy faoliyatbilan birlashgan odamlar guruhi.
KASB – maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turidir.
KASBIY TASHXIS – shaxsning individual psixologik va fiziologik xususiyatlari, yoshi, bilim darajasi, ko‘nikma va malakalarini hisobga olgan holda yakuniy tashxis qo‘yish (tashxis materiallari maxfiy hisoblanib, u faqat o‘quvchi va uning ota-onasi bilan muhokama etiladi), o‘quvchining kasbiy moyilligini aniqlash, shaxsning yo‘nalganlik darajasini baholash.
KASB TANLASH – insonning o‘z jismoniy va psixik kuchini sarf etib, yashash va rivojlanish uchun qanday kasb sohasini tanlash bo‘yicha qabul qiladigan qaroridir.
KASBGA YO‘NALTIRISH – 1) psixologik, psixofiziologik va tibbiy tashxis natijalari asosida shaxsning psixologik, psixo-fiziologik va fiziologik xususiyatlariga mos keladigan kasbiy tayyorlov yo‘nalishlari to‘g‘risida unga tavsiyalar berish; jamiyat ehtiyoji va mehnat bozori talablari asosida ularning o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari va sog‘liqlariga mos bo‘lgan kasb-hunarlarni tanlashlariga ko‘maklashish; o‘rnatilgan me’yoriy talablar asosida shaxsni o‘zi tanlagan aniq bir kasbga loyiqlik darajasini aniqlash; 2) yoshlarni kasblar olami bilan tanishtirish. Bu odamga o‘z individual qobiliyatlari va jamiyat unga taqdim etgan imkoniyatlar asosida kasb tanlashda yordam ko‘rsatishdir.

Download 471.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling