1. Ionlovchi nurlarning turlari va ularning xossalari Radiaktiv nurlarning inson organizida ta’siri


Download 53.86 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi53.86 Kb.
#1480282
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu. Hayot


4 (12) -MAVZU. Ishlab chiqarish zararli nurlalanishlar va ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta`siri.
Reja:
1. Ionlovchi nurlarning turlari va ularning xossalari
2. Radiaktiv nurlarning inson organizida ta’siri
3. Nurlanish normalari
4. Radiaktiv nurlanishlardan ximoyalanish
5. Shaxsiy muhofaza aslaxalari
1. Ionlovchi nurlarning turlari va ularning xossalari
Radioaktiv nurlanishlar ionlovchi nurlanishlar deb ataladi, chunki bu nurlar ta’sir etgan moddalar atom va molekulalarida ionlar hosil bo‘ladi. Bunday ionlovchi nurlanishlarga rentgen nurlari, radio va gamma nurlari, alfa va beta nurlari, shuningdek neytron oqimlari kiradi.
Alfa nurlari katta ionlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan, harakat doirasi katta bo‘lmagan geliy atom yadrosining musbat zaryadlangan zarrachalari hisoblanadi. Harakat doirasi katta bo‘lmaganligi sababli inson teri qavatigagina ta’sir qilib, terini yorib kira olmaydi, shuning uchun ham uncha zararli emas.
Beta nurlari radioaktiv moddalarning atom yadrolari tarqatadigan elektron yoki pozitron oqimidir. Bu nurlarning harakat doirasi ancha keng va yorib kirish qobiliyatiga ega. Shuning uchun inson uchun havfli hisoblanadi.
Gamma nurlari ionlash qobiliyati katta bo‘lmasada katta yorib kirish kuchiga ega bo‘lib, yadro reaksiyalari va radioaktiv parchalanish natijasida vujudga keladigan yuqori chastotadagi elektromagnit nurlari hisoblanadi.
Rentgen nurlari moddalarni elektron oqimlari bilan bombardimon qilganda ajralib chiqadigan elektromagnit nurlari hisoblanadi.
Ularni har qanday elektrovakuum qurilmalarida hosil qilish mumkin. Bu nurlarning ionlanish xususiyatlari oz bo‘lsada, yorib kirish xususiyati nihoyatda katta.
Radioaktiv nurlanishlarning ma’lum muhitdagi ta’sirini aniq belgilash maqsadida “nurlanishlarning yutilgan dozasi” tushunchasi kiritiladi.

Bunda: W - nurlantirilgan modda tomonidan yutilgam ion nurlarining energiyasi, Dj; m - nurlantirilgan moddaning og‘irligi, kg. Yutilgan doza birligi sifatida rad qabul qilingan. 1 rad - 1 kg og‘irlikdagi moddaning 0,01 Dj energiya yutishiga to‘g‘ri keladi. Rentgen va gamma nurlanishlarining miqdoriy tavsifi ekspozitsion doz

Download 53.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling