1. Iqtisodiy ehtiyoj va iqtisodiy ne`matlar Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan foydalanish


Download 1.12 Mb.
bet34/43
Sana24.03.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1292076
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Bog'liq
barcha-mavzular. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

Uzoq muddatli oraliq - bu oraliqda firma ishlab chiqarishda foydalanayotgan barcha ishlab chiqarish omillari hajmini (ishlab chiqarish quvvatini ham) o`zgartiradi. Uzoq muddatli oraliqda barcha ishlab chiqarish resurslari o`zgaradi va bunday resurslarga o`zgaruvchan resurslar deyiladi.
qisqa muddatli oraliqda firma ishlab chiqarish quvvatini o`zgartira olmaydi, lekin undan foydalanishni intensivlashtirishi mumkin.
Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish quvvati ham o`zgaradi. Albatta uzoq va qisqa muddatli oraliqlar har-xil mahsulotlar uchun turlicha bo`lishi mumkin.


2. Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda
Har qanday firma foyda olishga intiladi. Bu quyidagi asosiy tamoyil asosida amalga oshiriladi.
Firma shunday ishlab chiqarish jarayonidan foydalanish kerakki, buning natijasida ishlab chiqarish omillarini sotib olishga sarflanadigan xarajatlar (ishlab chiqarish xarajatlari) eng kam bo`lsin, ya`ni ishlab chiqarish samarali bo`lsin. Demak, eng iqtisodli, eng samarali tovar ishlab chiqarish uslubi - eng kam ishlab chiqarish xarajatlari talab etadigan uslub hisoblanadi.
Firmaning samarali faoliyatini ta`minlash uchun to`nkalgan xarajatlar miqdorini aniqlash lozim. Bu terminni tushunish uchun bir misolni ko`rib o`tamiz. Tadbirkorning 10 ming so`m mablag`i bor, uni ishlab chiqarishga sarflashga qaror qiladi. Yilning oxirida 11 ming so`m kaytib oladi. Agar u shu mablag`ni bankga qœyganida 12% foyda bilan yilning oxirida 11,2 ming so`m olardi. Demak, u ishlab chiqarishni tanlab, o`z mablag`ini al’ternativ foydalanishdan voz kechib, 11,2 ming so`m olish imkoniyatini qo`ldan chiqardi.
Foyda keltirish jihatidan ko`radigan bo`lsak, biron bir resursdan yaxshiroq al’ternativ yo`l bilan foydalanish imkoniyati qo`ldan berilsa, shu resursdan foydalanish xarajatlari to`nkalgan xarajatlar deyiladi. Keltirilgan misolda to`nkalgan xarajatlar 11,2 ming so`mni tashkil etadi va u 1 ming so`m foyda olish o`rniga 0,2 ming so`m zarar ko`rilganligini ko`rsatadi.
Qo`ldan ketgan imkoniyatlar xarajatlari har safar qachon biz cheklangan resurslar biror bir termasidan foydalanishni tanlashimiz zarur bo`lgan paytda namoyon bo`ladi. Agar tadbirkorga cheklangan resurslardan tanlash kerak bo`lmaganda, unda qo`ldan ketgan imkoniyatlar xarajatlari to`g`risida so`z ham bo`lishi mumkin bo`lmasdi. Haqiqatdan ham ishlab chiqarish jarayonida agar almashtirib bo`lmaydigan resurs yoki cheksiz miqdordagi resurs ishlatilsa, unda tadbirkor bu resursni ishlatib, xech qachon foydani qo`ldan bermasdi, chunki unga al’ternativa yœq.
Firmaning to`nkalgan xarajatlarini hisoblash uchun har qaysi hisoblash uchun har qaysi qo`llaniladigan ishlab chiqarish faktorlari uchun eng yaxshi al’ternativ yo`ldan foydalanmasdan, aynan shu resursdan foydalanish natijasida qo`ldan chiqarilgan pul shaklidagi foydani baholash kerak. To`nkalgan xarajatlar firma foydasini aniqlashda asosiy hisoblanadi.
Iqtisodchilar va buxgalterlar "foyda" tushunchasiga turlicha baho beradilar. Buxgalter uchun foyda bu - sotilgan mahsulotdan tushum va xarajatlar o`rtasidagi fark. Iqtisodiy foyda esa - sotilgan tovarlar va xizmatlardan olinadigan daromad, hamda ishlab chiqarishda ishlatilgan resurslarning to`nkalgan xarajatlari o`rtasidagi farq sifatida ko`riladi. Agar to`nkalgan xarajatlar daromaddan yuqori bo`lsa, unda "manfiy" foydani zarar deyishadi. Buxgalteriya foydasi va iqtisodiy foydani hisoblash misoli: sotuvdan kelgan daromad 2000 ming so`m, bevosita xarajatlar (xom-ashyo, ish kuchi) 1200 ming so`m, bilvosita xarajatlar (amortizatsiya, boshqarish xarajatlari) 250 ming so`m. Buxgalteriya foydasi - 550 ming so`m. Firma foydalangan kapital resurslari va tadbirkor tavakkalining bilinmas to`nkalgan xarajatlari (-350 ming so`m). 200 ming so`m iqtisodiy foyda.
Agar firma o`z to`nkalgan xarajatlarini to`la qoplamasa, unda boshqa resursdan unumli foydalanish yo`li bo`lmagan. Daromad xarajatlarga teng bo`lgan holat (iqtisodiy foyda O ga teng) firma uchun qoniqarli, chunki hamma resurslar eng yaxshi al’ternativ uslubda foydalanishdagidan kam bo`lmagan foyda keltirmokda. Demak firma musbat iqtisodiy foydaga ega bo`ladi. Bundan keyin foyda deganda biz faqat iqtisodiy foydani tushunamiz.
"Qaysi ishlab chiqarishda xarajat eng kam", - degan savolga javob berish uchun tadbirkorning bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga sarflagan xarajatlarini aniqlash lozim. Ya`ni qaerda bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga xarajatlar kam sarflansa, œsha joyda ishlab chiqarish faktorlaridan unumli foydalaniladi. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot ishlab chiqarish hajmiga va iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish darajasiga bog`liq.
Tadbirkor o`z faoliyatini tashkil etishda turli qarorlar qabul qiladi. Shartli ravishda ularni uch guruhga bo`lish mumkin:
1. Mavjud bo`lgan ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanib, ishlab chiqarishni qanday qilib samarali uslubda tashkil etish.
2. Fan va texnika rivojlanish darajasini hisobga olgan holda yangi, unumli ishlab chiqarish quvvatlarini va texnologik jarayonlarni qanday tanlash.
3. Texnikaviy taraqqiyotda burilish kiritadigan yangilik va ixtirolarga qanday qilib eng yaxshi uslubda moslashish.
Iqtisodiy fanda birinchi guruh savollarini bajarishga ketadigan vaqtni qisqa muddatli davr, ikkinchi guruh savollarni bajarishga ketadigan vaqtni uzoq muddatli davr, uchinchi guruhga ketadigan vaqtni juda uzoq muddatli davr deb ataydilar. Firma harakati yuqorida ko`rsatilgan davrlar qaysi birida amal qilishidan bog`liq. Qisqa muddatda ayrim ishlab chiqarish omillari o`zgarmaydi va ularni doimiy deb atash mumkin. Ularga binolar, stanoklar, menejerlar xizmati va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida o`zgaradilar iqtisodiy resurslar o`zgaruvchan omillar deyiladi. Uzoq muddatda hamma ishlab chiqarish omillari o`zgaradi, faqat ba`zali texnologiya o`zgarmaydi. U juda uzoq muddat davomida o`zgarishi mumkin.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling