1. Iqtisodiy ehtiyoj va iqtisodiy ne`matlar Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan foydalanish


CHekli transformatsiya koeffitsienti


Download 1.12 Mb.
bet5/43
Sana24.03.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1292076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
barcha-mavzular. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

CHekli transformatsiya koeffitsienti oila bir tovardan qo`shimcha bir birlik ishlab chiqarish uchun ikkinchi tovardan qancha hajmda ishlab chiqarishdan voz kechish kerakligini bildiradi. Demak, oila 10 litr vino ishlab chiqarishga sarflaydigan bir ish kunini savat to`qishga sarflasa, u 20 dona ortiqcha savat ishlab chiqarigan bo`ladi.
Tayanch iboralar
Bozor sub`ektlari, iqtisodiy model’, iqtisodiy ne`matlar, noyob ne`matlar, ishlab chiqarish imkoniyatlari, al’ternativ xarajatlar, iqtisodiy ehtiyoj, transaktsion xarajatlar, tadbirkorlik qobiliyati, chekli transformatsiya normasi.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Mikroiqtisodiyot fani nimani o`rganadi?

  2. Iqtisodiyotning markaziy muammosi.

  3. Noyob resurslarni taqsimlashning asosiy tamoyillari.

  4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chiziғi nimani ifodalaydi?

10.CHekli transformatsiya normasi nimani ifodalaydi?

Tavsiya etiladigan adabiyotlar


1. Xamdamov K.S. Mikroiqtisod. -T.: TDIU, 2001.
2. Slavin M.B. Sistemniy podxod v mikroekonimike. - M.: TEIS, 2001.
3. N. I. Bazilev, S. P. Gurko, M. N. Bazileva, A. K. Korol’chuk, M. G. Mutalimov, L. N. Novikova. Mikroekonomika. Izdatel’stvo: BGEU 2000 ISBN: 985-426-183-2.
4. GUP Institut Mikroekonomiki pri Ministerstva ekonomiki Rossii. www.imce.ru


2- MA`RUZA. TALAB VA TAKLIF TAHLILI ASOSLARI.
Reja:



  1. Talab va uning qonuni.

  2. Taklif va uning qonuni.



1. Talab va uning qonuni.
Taklif va talabni iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish, juda ko`p va keng muammolarni hal qilishda universal vosita bo`lib xizmat qiladi. Bunday muammolarga quyidagilar kirishi mumkin: jahondagi iqtisodiy sharoitlar o`zgarishining mahsulot ishlab chiqarishga va uning samaradorligiga ta`siri; narxlarni nazorat qilish bo`yicha davlat tomonidan ko`riladigan chora-tadbirlarni baholash; iqtisodiy rag`batlantirish va minimal ish haqini belgilash; soliqlarning, subsidiyalarning, importga qo`yiladigan poshlinaning, ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar faoliyatining chegaralashlarning umumiy iqtisodiyotga ta`siri va hokazo. Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o`rganish, ularning grafiklarini tahlil qilishdan boshlandi. Ma`lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o`rnatiladi hamda muvozanatni ta`minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o`rnatiladi. Lekin, qanday qilib, narx va mahsulot hajmi talab va taklifning ba`zi bir xarakteristikalari bilan bog`langan? Qanday qilib ular vaqt bo`yicha o`zgaradi va qanday qilib ularga umumiy iqtisodiy faollik, ish haqi xarajatlari ta`sir qiladi? Nima uchun talab va taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va boshqa) bo`yicha farq qiladi? Nima uchun ba`zi bir bozorlarda tovarlar tanqis va hokazo savollarga javob berish uchun talab va taklifning diagrammasini qarashdan boshlaymiz (3.1-rasm).




Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling